Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝐓𝐎𝐒𝐇𝐊𝐄𝐍𝐓 𝐌𝐓𝐔 𝐘𝐎𝐒𝐇𝐋𝐀𝐑

ToshkentMTUyoshlar
''O'zbekiston Temir Yo'llari'' AJ "Temiryo'linfratuzilma" AJ Toshkent Mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali hududiy Yoshlar yetakchilar Kengashining rasmiy kanali. 📩 Taklif va talablar uchun: Sadullayev Shahzod Umar o‘g‘li ☎️ Tel: +99891 1893131 4-7466
Подписчики
2 190
24 часа
10
30 дней
40
Просмотры
183
ER
5,71%
Посты (30д)
54
Символов в посте
1 002
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
April 28, 13:41
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🚉
TEMIR YO‘L HUDUDIDAN O‘TAYOTGANDA OGOH BO‘LING!
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Bugun Sergeli tumanidagi 237-umumta’lim o‘rta maktabida o‘tkazilgan tadbirda, “Toshkent MTU” filiali boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Nurmatov, Toshkent shahar Transport prokurori o‘rinbosari X.Kenjayev, Uzel boshlig‘i o‘rinbosari R.Eshanqulov, Toshkent mintaqasi TYTXTB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi katta inspektori kapitan J.Nomozovlar maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga, ota-onalarga ushbu mavzu bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordilar.
Yoshlarimiz quloqchin taqib temir yo‘ldan o‘tayotganda telefon o‘ynashlari natijasida, poyezdlarning ovozini eshitmasdan turli xil tan jarohatlari olayotganliklari, yosh bolalarning temir yo‘l hududida o‘ynab, vagonlar ustiga chiqishlari natijasida tok urib, og‘ir oqibatlar yuzaga kelayotgan holatlar ko‘paygan. Uchrashuvda videorolik namoyish qilinib, bunday holatlarning oldini olish uchun ogoh bo‘lish zarurligi aytib o‘tildi
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 27, 14:11
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🚉
TEMIR YO‘L HUDUDIDAN O‘TAYOTGANDA OGOH BO‘LING!
👍
👍
👍
👍
👍
👍
“Toshkent MTU” filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanining Oltin vodiy mahalla fuqarolar yig‘inida ushbu mavzuda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda, Uzel boshlig‘ining o‘rinbosari R. Eshanqulov, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i G‘. Mattiyev, Yoshlar yetakchilari raisi Sh.Sadullayevlar, temir yo‘lda bo‘layotgan yangiliklar, ayniqsa, zamonaviy poyezdlar soni ko‘payib borayotgani, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida, shuningdek,  so‘nggi paytlarda temir yo‘l hududida mahalla yoshlarining vagonlar ustiga chiqishi oqibatida, Elektr toki urishi natijasida turli xil holatlar yuz berayotganligi xususida keng ma'lumotlar berildi.
Mahalla fuqarolari, xususan ota-onalarga doimiy ravishda  farzandlariga temir yo‘lda o‘ynamaslik, temir yo‘ldan o‘tganda hushyor bo‘lishlari haqida uqtirib borishlari aytib o‘tildi.
Targ‘ibot tadbirlari temiryo'l hududlari yaqinidagi maktablarda ham davom etmoqda.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 27, 12:57
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-46-sonli qarori, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 2026-yil
4-martdagi 124-N-sonli buyrug‘i, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruvi raisining 2026-yil
6-apreldagi 288-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, milliy o‘zligimizni anglash, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, temiryo‘lchi xodimlar o‘rtasida Amir Temur merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Amir Temur maydoni”, “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” hamda “O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyi”ga tashrif buyurildi.

April 25, 08:12
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi PQ-423-sonli Qarori (“Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”) hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruvi raisining 2026-yil 19-apreldagi 347-JDS-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 24-aprel kuni 203-TYMS korxonasida kibersportning Counter-Strike yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
🎮
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahorat va jamoaviy hamjihatliklarini namoyon etib, murosasiz bellashuvlar olib borishdi. Tadbir kibersportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
🔥
Eng kuchlilar aniqlanib, g‘oliblar munosib taqdirlandi!
"Toshkent
MTU" filiali hududiy Yoshlar yetakchilar Kengashi
🚉
👍
👍
👍
👍
👍
👍

April 23, 15:06
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Temir yo‘llarda yangi bosqich — Sun’iy intellekt yechimi
Oldinlari O‘zbekiston temir yo‘llarida kuniga minglab vagonlar harakatlanardi.
Ularni sanash va raqamlarini yozib olish esa to‘liq inson omili orqali bajarilardi.
Bu jarayon:
🕔
Ko‘p vaqt olardi
💼
Katta mehnat talab qilardi
📉
Va stansiyalar samaradorligini pasaytirardi
Biz bu muammoni hal qilishga qaror qildik.
🎯
Vazifa aniq edi:
🟢
Harakatdagi vagonlarni kamera orqali aniqlash
🟢
Har bir vagon raqamini sun’iy intellekt yordamida o‘qish
🟢
Barcha ma’lumotlarni avtomatik tarzda markaziy tizimga uzatish
📈
Natija:
Endi inson omili kamaydi, jarayon tezlashdi va vagonlarning ortiqcha kutib qolishi bartaraf etildi.
Bu esa:

Ish unumdorligini oshirdi

Xatoliklarni kamaytirdi

Jarayonni to‘liq avtomatlashtirdi
Bu — temir yo‘l tizimida raqamli transformatsiyaning yana bir muhim qadami.
💬
Telegram
|
📷
Instagram

April 23, 12:38
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashmoqda: yosh kadrlar ishlab chiqarishda o‘z o‘rnini topmoqda!
🏢
Toshkent transport texnikumida Askania Bildung kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ombor logistikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan 190 nafar o‘quvchi ishlab chiqarish amaliyotlarini boshladi. Bu jarayon nafaqat bilimni mustahkamlash, balki yoshlarning kelajak kasbiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
🏛
Mazkur amaliyotlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ "Temiryo'linftratuzilma" AJ "Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali tarkibiy bo‘linmalarida tashkil etilib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlari bilan mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🛠
Shu munosabat bilan o‘quvchilar hamda korxona vakillari ishtirokida ishlab chiqarish obyektlariga kirish uchun zarur bo‘lgan kirish yo‘riqnomalari o‘tkazildi. Tadbir Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mutasaddilari hamda rahbariyati ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi.
Yo‘riqnoma davomida:
ishlab chiqarish hududida harakatlanish qoidalari
texnika xavfsizligi talablari
mehnatni muhofaza qilish normalari
bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Toshkent MTU filiali Yoshlar kengashi tomonidan o‘quvchi-yoshlarga motivatsion ruhdagi uchrashuv tashkil etilib, ularga kasbga sadoqat, intizom va doimiy o‘z ustida ishlash zarurligi haqida mazmunli fikrlar bildirildi. Yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi.

Yoshlar kengashi vakillari yoshlarga har qanday sharoitda ham bilim olishdan to‘xtamaslik, yangiliklarga intilish va o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib harakat qilish kerakligini ta’kidlab, ularga kuchli motivatsiya berdi.

Mazkur jarayon dual ta’lim tizimi asosida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni real ish muhiti bilan tanishtirish va kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi.
"Toshkent
MTU" filiali hududiy Yoshlar yetakchilar Kengashi
🚉
👍
👍
👍
👍
👍
👍

April 23, 08:21
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

📢
Jizzaxda muhim davra suhbati o‘tkazildi
🗓
2026-yil 22-aprel kuni "
Toshekent mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali "Jizzax temir yo‘l masofasi" filialida Jizzax viloyati Davlat xavfsizlik xizmati
xodimlari ishtirokida “Kiberxavfsizlik hamda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
👥
Tadbirda temir yo‘l tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar va yoshlar keng jalb etildi. Suhbat davomida bugungi kunda ayniqsa yoshlar orasida dolzarb bo‘lib borayotgan axborot xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💻
Mutaxassislar tomonidan:
internet tarmog‘idan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish
turli zararli saytlar va soxta axborotlardan himoyalanish
ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik
kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘lish
bo‘yicha batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
⚠️
Shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalari, ularning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ayniqsa yoshlar ongiga ko‘rsatadigan tahdidlari haqida keng tushunchalar berildi.
🎯
Tadbir davomida yoshlar:
mustaqil fikrlashga
axborotlarni tanqidiy tahlil qilishga
yot va zararli g‘oyalarga berilmaslikka
Vatanga sadoqat ruhida yashashga chorlandi.
🗣
Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.

Yakunda barcha ishtirokchilarga, ayniqsa yoshlarimizga, hushyorlikni oshirish, ogohlikni kuchaytirish hamda qonunchilikka qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
"Toshkent
MTU" filiali hududiy Yoshlar yetakchilar Kengashi
🚉
👍
👍
👍
👍
👍
👍

April 23, 06:29
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi yoshlarga nima beradi?
⚡️
Davlatimiz rahbari
tomonidan ilgari surilgan
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030”
strategiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid qabul qilinayotgan
birinchi yaxlit strategiya
bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni va salohiyatini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
Bugungi kunda yurtimiz aholisining qariyb
25 foizini
(9,5 million nafar)
14–30 yoshdagi
yigit-qizlar tashkil etadi. Ana shu demografik omil yoshlar siyosatiga
uzoq muddatli va tizimli yondashuvni
talab etmoqda.
Strategiyada
yoshlar bandligini
taʼminlash va
tadbirkorligini
qo‘llab-quvvatlash,
sifatli ta’lim
hamda
xorijiy tillarni
ommalashtirish,
yosh oilalarni
qo‘llab-quvvatlash,
volontyorlikni
keng yoyish, shuningdek, yigit-qizlarning
salomatligini mustahkamlash
kabi eng asosiy ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.
Mazkur strategiya o‘zida
8 ta ustuvor yo‘nalish, 32 ta yangi tashabbus va 44 ta maqsadli ko‘rsatkichni
jamlagan.
Xususan, yoshlar bandligini ta’minlashda
“Kelajak kasblari”
dasturi yo‘lga qo‘yilib, xususiy sektor bilan birgalikda har yili
20 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga bepul
o‘qitiladi.
#Yoshlar2030
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

April 23, 06:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining yirik taqdimoti boshlandi
.
Jonli efirni “Yoshlar” telekanali va YouTube sahifasi orqali kuzatish mumkin
.
📹
https://www.youtube.com/watch?v=0flVFF_cigs

April 23, 03:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2026-yil 23-Apreldagi “Temiryoʻlchi” gazetasining
16-soni.
🌎
railwayinfra.uz
❤️‍🔥
Telegram
❤️‍🔥
Facebook
❤️‍🔥
Instagram