Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Training_institute_for_lawyers
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining rasmiy Telegram kanali. Manzil: Toshkent sh. Mirobod tumani, Xamal koʻchasi 29. ☎️ 55 518 57 77 55 518 47 77 📥 minjusttraining@adliya.uz
Подписчики
3 240
24 часа
-60
30 дней
140
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
1 740
ER
28,18%
Посты (30д)
102
Символов в посте
638
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
April 27, 11:33
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

📣
Notariuslikka talabgorlar uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi!

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasida notariuslik faoliyatiga qiziqish bildirgan talabgorlar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
➡️
Mazkur mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar notarial faoliyatning huquqiy asoslari, amaliyotda uchraydigan muhim holatlar hamda hujjatlar bilan ishlash tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, tajribali mutaxassislar tomonidan real keyslar asosida tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning nazariy bilimlari amaliyot bilan mustahkamlanmoqda.
🔹
Mashg‘ulotlar notariuslik kasbiga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
🔹
Bu kabi tadbirlar orqali kelajakda malakali va raqobatbardosh notarius kadrlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 27, 10:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❗️
Mehnat qonunchiligini bilasizmi?
📘
30 soatlik “Mehnat qonunchiligi” o‘quv dasturi
mehnat munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarni qonuniy va to‘g‘ri hal etishga yordam beradi.
Ushbu dastur orqali siz:

mehnat shartnomasini to‘g‘ri tuzish va bekor qilish

ish vaqti, dam olish vaqti, ta’til masalalari

ish haqi, kompensatsiya va javobgarlik

mehnat nizolarini hal etish tartibi

amaliy misollar va real vaziyatlаr
👨‍🏫
Tajribali mutaxassislar
📚
Qisqa, tushunarli va amaliy
🎯
Kadrlar bo‘limi xodimlari, rahbarlar va yuristlar uchun
Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
📞
Aloqa: +998 55 518-47-77
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 27, 07:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Biz_OAVda
Naqdsiz to'lov afzalliklari nimalardan iborat?

Aksungul Medetbaeva
- Institut oʻqituvchisi
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 27, 04:30
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
6 oylik kurslarga qabul boshlandi!
➡️
Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish
13-apreldan 13-mayga qadar
(shu kuni ham)
qabul.minjusttraining.uz
sayti orqali amalga oshiriladi.
✉️
Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.
♻️
Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun)
;
to‘lov-kontrakt miqdori: 17 003 252 so‘m.
❗️
Bitiruvchilarga diplom berilib,
yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari
v
a fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida
oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
☎️
55 518-57-77 (ichki raqam 9)
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 24, 13:08
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

⚖️
Ko‘chmas mulk sohasida xalqaro tajriba va milliy yondashuv muhokama markazida!
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirayotgan advokatlar guruhi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti Yuridik fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida “Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq huquqiy masalalar: Amerika, Yevropa tajribasi va milliy qonunchilik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida ishtirokchilar ko‘chmas mulk sohasidagi huquqiy munosabatlarning dolzarb jihatlari, xorijiy davlatlar tajribasining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni milliy qonunchilik bilan uyg‘unlashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Shuningdek, trening jarayonida amaliy misollar asosida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq nizolarni hal etish, shartnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va huquqiy xatoliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarning savol-javoblari, fikr almashinuvi va tajriba bo‘lishishlari orqali yanada samarali kechdi.
📚
Mazkur tadbir advokatlar va talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga, shuningdek, xalqaro tajribani chuqur o‘rganishga xizmat qildi.
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 24, 11:04
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

⚖️
Amaliy mashg‘ulot o‘tkazilmoqda
📣
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism komandirlari guruhi uchun muhim o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
📚
“Sudlarda ishga tiklash haqidagi nizolarni ko‘rishning alohida xususiyatlari” mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilarga nizolarni sudlarda ko‘rib chiqish tartibi, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda amaliyotda uchraydigan muammolar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
➡️
Mashg‘ulot Oliy sud sudyasi G. Xudoyberdiyeva tomonidan olib borilmoqda.
🔍
Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar bilan interaktiv muhokamalar tashkil etilib, real holatlar misolida bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 24, 10:45

Ayni damda Institutda bo‘sh ish o‘rinlarga tanlov jarayoni bo‘lib o‘tmoqda
https://www.youtube.com/watch?v=Km5PZELtWwE

April 24, 05:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
6 oylik kurslarga qabul boshlandi!
➡️
Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.

Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish
13-apreldan 13-mayga qadar
(shu kuni ham)
qabul.minjusttraining.uz
sayti orqali amalga oshiriladi.
✉️
Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.
♻️
Qabul kvotasi: 100 nafar (faqat o'zbek guruhi uchun)
;
to‘lov-kontrakt miqdori: 17 003 252 so‘m.
❗️
Bitiruvchilarga diplom berilib,
yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari
v
a fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida
oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
☎️
55 518-57-77 (ichki raqam 9)
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 23, 12:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘tkazilgan o‘quv-seminari tafsiloti
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram

April 23, 11:31
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

⚖️
Institutda yangi o‘quv kurs boshlandi

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Yuridik xizmat xodimlari uchun “Gender-huquqiy ekspertiza va gender siyosati asoslari” o‘quv kursi boshlandi.
➡️
Mazkur kurs Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Xurshida Saidvaliyeva tomonidan olib borilmoqda.
📱
minjusttraining.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Telegram