Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Özbekistan Büyükelçiliği

Turkiyadagi_elchixona
Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi rasmiy kanali Konsullik bo'limi: @ankaraconsul Veb-sayt: www.uzembassy.org.tr Facebook: @uzembassyturkey Instagram: @uzembassyturkey Twitter: @uzembassyturkey Telegram: @Turkiyadagi_elchixona
Подписчики
4 250
24 часа
30 дней
Просмотры
189
ER
4,4%
Посты (30д)
167
Символов в посте
1 043
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
April 29, 19:01

#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Turkiya
⚡️
Buxoroda turkiyalik sayyohlar oqimi ortib bormoqda
Kuni kecha Turkiyadan 100 nafarga yaqin sayyohlarning Buxoro viloyatiga tashrifi amalga oshirildi. Mehmonlarni Buxoro temir yo'l vokzalidan viloyat turizm boshqarmasi mas'ullari samimiy kutib oldi. Tashrif chog‘ida mehmonlar ko‘hna kentning boy tarixiy-madaniy merosi hamda muqaddas ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayyohlar hududning mashhur tarixiy obidalari, qadimiy masjid va maqbaralarini ziyorat qilish maqsadida Somoniylar maqbarasi, Ark qal'asi, Poyi Kalon ansambli, Labi Hovuz majmuasi, Bahovuddin Naqshband majmuasi hamda Hazrati Sayyid Mir Kulol ziyoratgohlariga tashrif buyurdilar.
Qayd etish joizki, mazkur tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy va ziyorat turizmi salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun:
2026-yilning I choragida Turkiyadan Buxoro shahriga 8 714 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (7,5 ming nafar) nisbatan 1,2 barobarga oshgan.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 29, 18:59
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🇹🇷
TURKIYA | KARAMANOĞLU MEHMETBEY ÜNİVERSİTESİ
- Universitetimiz rahbariyati Turkiyadagi xizmat safari doirasida Karaman shahrida joylashgan Karamanoğlu Mehmetbey Universitetida bo‘lishdi.

Mazkur universitet
170 gektar
maydonda joylashgan bo‘lib, 2
0 ming
dan ortiq talabani o‘z bag‘riga olgan Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Tashrif davomida universitet kampusi, zamonaviy o‘quv xonalari hamda kutubxonalar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish hamda o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borildi.
- Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi binoda yaxshi yangiliklar
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
🌐
Facebook
|
🌐
Web-site

April 29, 18:57
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

💟
💟
💟
Ankara universiteti professori bilan O’rmon xo’jaligi va landshaft dizayn fakulteti talabalariga amaliy muloqot tashkil
etildi
➡️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori
ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim sifatini oshirish maqsadida universitetimizda xalqaro hamkorlik tadbirlari davom etmoqda.
➡️
Shu munosabat bilan,
Turkiyaning nufuzli Ankara universiteti professori Soner Kazaz
oliygohimizga tashrif buyurdi. Tajribali mutaxassis talabalar va soha vakillari uchun
“Manzarali daraxtlar va gullarni ko‘paytirish texnologiyalari”
mavzusida qiziqarli ma’ruza hamda mahorat darslarini o‘tmoqda.
➡️
Darslarning eng muhim qismi universitetimizning
tajriba xo‘jaligida
bo‘lib o‘tdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida professor Soner Kazaz quyidagilar haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Zamonaviy ko‘paytirish usullari m
anzarali o‘simliklarni parvarishlashda Turkiya va jahon tajribasi,
Innovatsion texnologiyalar g
ullarni yetishtirishda resurs tejovchi va samarali usullarni qo‘llash.
Seleksiya sirlari h
ududimiz iqlimiga mos keluvchi manzarali daraxt turlarini tanlash va oziqlantirish. "Bilim amaliyot bilan mustahkamlangandagina haqiqiy natija beradi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti manzarali bog‘dorchilikni yangi bosqichga olib chiqish uchun juda qulay," — deydi professor
Soner Kazaz
.
➡️
Ushbu xalqaro hamkorlik talabalarimizning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayni sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
IN ENGLISH
НА РУССКОМ
✍️
TDAU axborot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube

April 29, 18:53
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

🇺🇿
FAO O‘zbekistonda barqaror chorvachilik tizimlarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida silos tayyorlash bo‘yicha salohiyatni oshirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
🌱
Trening Toshkent viloyati va mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan fermerlarni birlashtirdi hamda ularga silos tayyorlashning barcha bosqichlari — ekin tanlash, hosilni yig‘ib olish, fermentatsiya, saqlash, sifatni baholash va chorva oziqlantirishda foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar taqdim etdi.
🌱
FAO–Turkiya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilgan ushbu tashabbus ozuqa boshqaruvi amaliyotlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish hamda Janub-Janub hamkorligi orqali Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida tajriba almashishga hissa qo‘shdi.
➡️
Batafsil
🌐
Website
💎
Telegram
💎
Facebook

April 29, 18:50
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram





🔴
Ayni damda Turkiyaning Istanbul shahrida “Turk dunyosi bolalar milliy o‘yinlari festivali" boʻlib oʻtmoqda.
📊
Unda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirg’izton, Turkmaniston, Shimoliy Kipr, Vengriya va O'zbekiston jamoalari
ishtirok etmoqda.

Mazkur festivalga oʻzbekistonlik
oʻquvchilar milliy sahna koʻrinishlari hamda taqdimotlar bilan qatnashishmoqda.
Tadbir davomida turli mamlakatlardan kelgan oʻquvchilar milliy o‘yin hamda raqslarini namoyish etishdi, ular ishtirokida madaniy tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi.
🔰
Jarayonlarda
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va hududiy bo‘linmalar mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.

Maʻlumot oʻrnida: festival joriy yilning 30-apreliga qadar davom etadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

April 29, 18:46
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov Turkiya Afad boshqarmasi rahbari Ali Hamza Pehlivan bilan uchrashuv o‘tkazdi
"Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni"ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada otkazilgan uchrashuvda ikki davlat favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari so‘nggi yillarda tajriba almashish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni takomillashtirish hamda ularning amaliy natijalarini amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy muassasalar va amaliy tuzilmalar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professional kadrlarni zamonaviy dual ta'lim tizimi asosida o‘qitish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Фавқулодда вазиятлар вазири Азизбек Икрамов Туркия Афад бошқармаси раҳбари Али Ҳамза Пеҳливан билан учрашув ўтказди
“Халқаро зилзила қурбонларини хотирлаш куни”га бағишланган халқаро конференцияда ўтказилган учрашувда икки давлат фавқулодда вазиятлар идоралари раҳбарлари сўнгги йилларда тажриба алмашиш, фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш ва уларнинг оқибатларини бартараф этиш йўналишларида амалий ҳамкорлик изчил ривожланиб бораётганини мамнуният билан қайд этдилар.
Энг муҳим йўналишлардан бири сифатида малакали кадрлар тайёрлаш тизимини янада ривожлантириш, илмий ва инновацион тадқиқотларни такомиллаштириш ҳамда уларнинг амалий натижаларини амалиётга кенг жорий этиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Бу борада илғор тажрибаларни ўрганиш, илмий муассасалар ва амалий тузилмалар ўртасида узвий ҳамкорликни йўлга қўйиш, профессионал кадрларни замонавий дуал таълим тизими асосида ўқитиш устувор вазифа сифатида белгиланди.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

April 29, 11:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
😄
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida turkiyalik doktor, huquqshunos, sotsiolog professor Kemal Yavuz Ataman tomonidan yozilgan 2 jildlik
"Amir Temur va uning merosi"
nomli kitob taqdimoti o'tkaziladi.
🗓
Sana:
30-aprel, 10:30da
📍
Manzil:
TDSHU ARMda
⭐️
Barcha qizquvchilarni ushbu kitob taqdimotiga taklif etamiz!

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
🌐
Youtube
📹
Instagram|
🌐
Twitter |
🗄
tsuos.uz

April 29, 07:20
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Anqarada turk va o‘zbek olimlari Temuriylar merosini tahlil qildi
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

April 28, 20:03
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
💫
Turkiya Respublikasi delegatsiyasining muzeyga tashrifi
💠
2026-yil 27-aprel kuni Turkiya Respublikasi delegatsiyasi vakillari — Sofiya Chardakchi, Sibel Chirag‘, Mine Ulutash hamda Gurjan Jabbar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
💠
Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga muzey ekspozitsiyasi bo’limi boshlig‘i Ahrarova Azizaxon Nigmanovna tomonidan muzeyning asosiy ekspozitsiyalari batafsil tanishtirildi. Mehmonlarga qatag‘on davrining murakkab tarixiy jarayonlari, ushbu davr qurbonlarining hayoti va taqdiri, shuningdek, ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-ma’rifiy ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
💠
Shuningdek, tashrif chog‘ida muzey fondlarida saqlanayotgan noyob arxiv materiallari, hujjatlar va ekspozitsiyalar orqali qatag‘on davri tarixining muhim jihatlari yoritib berildi.
💠
Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari muzey faoliyati bilan yaqindan tanishganliklarini yuqori baholab, tarixiy xotirani asrash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
✔️
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
muzey-xotira.uz
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
Telegram

April 28, 20:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#KelajakMarkazlari
#MaktabMaslahatchilari
#Xushxabar

🖇
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 169-sonli umumta’lim maktabining 5- “B” sinf o‘quvchisi Zabihullayev Ayyubjon Turkiya davlatida 2026-yil 24–26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan sportning “Shotokan karate” turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
🏆
Ushbu yutuq orqali u yurtimiz bayrog‘ini xalqaro sport arenalarida yuksaklarga ko‘tardi va barchamizga cheksiz faxr bag‘ishladi.
👏
Ayyubjon — Shayxontohur tumani “Kelajak” markazi maktab maslahatchisi Karimov Ozodbekning iqtidorli o‘quvchilaridan biri bo‘lib, uning ushbu muvaffaqiyati yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlarning yana bir yorqin natijasidir.
🌟
Yosh chempionimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Manba
🔗
Telegram|
Instagram|
Facebook