Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ulug'nor tuman hokimligi matbuot xizmati

Ulugnorpressa
Подписчики
1 960
24 часа
30 дней
20
Просмотры
344
ER
31,79%
Посты (30д)
367
Символов в посте
629
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 27, 10:04
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Ulugʻnor tuman texnikumida yoshlar oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida “Shunqorlar” harbiy musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi.
Musobaqa yugurish, turnikda tortinish hamda avtomatni qismlarga ajratish va qayta yigʻish kabi bosqichlardan iborat boʻldi. Ishtirokchilar tezlik, kuch va yuqori jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdilar.
Texnikum oʻquvchilari barcha bosqichlarda faollik va jamoaviy hamjihatlik ko‘rsatib, yakunda faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Bu natija ularning puxta tayyorgarligi va ustozlar mehnati samarasi ekanligi ta’kidlandi.
@ulugnorpressa

April 27, 10:03
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

"
Yangi O‘zbekiston yoshlari 2030 strategiyasi
"
doirasida Ulug‘nor tumani Yoshlar ishlari bo‘limida faoliyat yuritayotgan mahalla yetakchilari uchun taqdimot tashkil etildi.
Taqdimot doirasida "Hududlarda kitob infratuzilmasi va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi", "O‘quv markazlari uyushmasi tashkil etilishi", "Xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga o‘quv markazlarining o‘qituvchilari stajirofkaga yuborilishi", har yili dekabr oyida o‘tkaziladigan "O‘quv markazlari forumi", "Volontyorlikka jalb etish", "Yosh tadbirkorlarni rivojlantirish tizimini takomillashtirish 2030 strategiyasi" bo'yicha tegishli tushuncha va xulosalar berildi.
@ulugnorpressa

April 27, 06:36
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Ayni damda Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etmoqda.
Yig‘ilish davomida tumanda aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek og‘ir toifadagi mahallalarda olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berilmoqda.
@ulugnorpressa

April 27, 04:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Eng arzon Dehqon xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalari sotib oling!
➡️
Oltinko'l tumanida (
ko'rish
)
➡️
Andijon tumanida (
ko'rish
)
➡️
Baliqchi tumanida (
ko'rish
)
➡️
Bo'ston tumanida (
ko'rish
)
➡️
Buloqboshi tumanida (
ko'rish
)
➡️
Jalaquduq tumanida (
ko'rish
)
➡️
Izboskan tumanida (
ko'rish
)
➡️
Ulug'nor tumanida (
ko'rish
)
➡️
Qo'rg'ontepa tumanida (
ko'rish
)
➡️
Asaka tumanida (
ko'rish
)
➡️
Marhamat tumanida (
ko'rish
)
➡️
Shahrixon tumanida (
ko'rish
)
➡️
Paxtaobod tumanida (
ko'rish
)
➡️
Xo'jaobod tumanida (
ko'rish
)
☎️
99 207-26-14
☎️
99 207-36-14
___________________________________
Bizning
ijtimoiy tarmoqlarn.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

April 26, 14:04
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Ulug‘nor tumani hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Parmonova boshchiligida tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida ipak qurti parvarishlash ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari mazkur jarayonda faol ishtirok etib, pillachilik sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Mazkur ishlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
@ulugnorpressa

April 26, 09:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ulug‘nor tumanida Gagyo kompaniyasi investorlari tomonidan ko‘p qavatli uylar hamda Janubiy Koreya uslubida zamonaviy turarjoy majmualarini qurish ishlari boshlandi.
Ayni paytda tuman hokimi M.Axmadjonov mazkur qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan ishlar sifatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat darajasida amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
@ulugnorpressa

April 25, 14:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Якунланган медиа ҳафталик воҳаликларга қандай таассурот қолдирди?
Қашқадарё медиа ҳафталик лойиҳасининг тўртинчи нуқтасига айланди. Бу ерда ҳафталик давомида ўтилган ҳар бир медиа дарси ўзининг кулминацион ечимини топди.
Тренингларда фикр, режа, танқид ва хулоса бир хил даражада “ишлади”. Натижада хабарлар бошқача тузилди, кадрлар янгича олинди, ёндашув эса тубдан ўзгарди.

Воҳалик соҳа вакиллари ва қизиқувчилари янгиликлар тезлигини бошқариш, айнан шу тезлик орқали ишончни қандай шакллантириш мумкинлигини англаб етди. Ахборотни етказиш эмас, балки таъсир доирасини кенгайтириш муҳим экани янада аниқроқ тушунилди.
Қашқадарё медиа ҳафталиги ўзига хос жиҳатлари билан воҳа медиа маконига янгича руҳ олиб кирди. Жараёнлар давом этади.
➡️
Навбат Самарқандга: 27 апрел – 1 май кунлари медиа ҳафталик яна бир ҳудудда янгиланиш жараёнларини бошлаб беради.
✈️
Каналга уланиш:
👇
@hudud_inform
|
Instagrma
|
Facebook

April 25, 14:23
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Andijon_sport_kuni
Sport kuni doirasida Ulugʻnor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari hamda Baliqchi tumani soliq inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar sportga boʻlgan qiziqishlari, jamoaviy hamjihatlik va birdamlik namunalarini namoyon etdilar. Bahsli va qiziqarli ruhda kechgan uchrashuv jamoalar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamladi.
Bunday sport tadbirlari sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar oʻrtasida hamjihatlikni kuchaytirishda muhim аҳамият kasb etadi.
@ulugnorpressa

April 25, 11:36
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Andijon_sport_kuni
Ulugʻnor tuman texnikumida Sport kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar doirasida oʻqituvchi ayollar oʻrtasida “Quvnoqlar startlar” musobaqalari yuqori saviyada oʻtkazildi.
Mazkur tadbir nafaqat sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, balki pedagoglar oʻrtasida jamoaviylik, hamjihatlik va ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi. Musobaqada texnikumning turli boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi ayollar jamoalarga boʻlingan holda ishtirok etdilar.
Musobaqa davomida ishtirokchilar turli estafeta oʻyinlari, tezkor yugurish, toʻp bilan mashqlar hamda boshqa qiziqarli shartlarda bellashdilar. Bu esa sportga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.
@ulugnorpressa

April 25, 11:31
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Andijon_sport_kuni
Ulug‘nor tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari o‘rtasida Sport kuni doirasida voleybol va futbol bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazildi.
Musobaqalar ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
@ulugnorpressa