
Umumiy Tarix
Hajarul asvad nima ekanini bilasizmi? Hajarul asvad «qora tosh» degani. Aslida mening nomim hajarul asʼad, yaʼni baxt toshi boʻlgan. Men jannatdan tushganman. U paytda nuqradek shaffof oq tosh edim. Oh... jannat qanday joy-ki! Shu desangiz men yerga tushgandan keyin arab sahrosida yana bitta oy paydo boʻlgandek boʻldi. Osmoni falakda oymoma-yu, yerda esa men. Tahoratsiz, irkit qoʻllari bilan yuzlarimni silab yuzlariga surtishar, onadan tugʻilgandek yalongʻoch xollarida tavof qilishardi. Bu sharmandaliklardan yer yorilsa-yu yerga kirib ketsam. Ammo tushgan joyim – jannatga qayta olmayman. Shunday qilib mendagi nur kundan kunga xira tortib, soʻnib boraverdi. Oxiri hajarul asvad – qop-qora toshga aylanib qoldim.
Ibrohim alayhissalom oʻgʻli Ismoil alayhissalom bilan Allohning uyi boʻlmish Kaʼbani tiklaganlarida meni ham eʼzozlab, poydevorga oʻrnatdilar. Vaqti kelib, Kaʼbatullohni sel bosdi, vayron boʻldi. Men Kaʼbaning devorlari bilan tuproq tagida koʻmilib ketdim. U yerda qancha qolganimni bilmayman.
Tuproq tagida yotgan davrimda bir kuni Kaʼbatullohning qaytadan qurilishi haqida qandaydir xabarlarni eshitib qoldim. Quruvchilar binoning Ibrohim alayhissalom qurgan qadim poydevorini qidirishar edi. Ishqilib Allohning marhamati bilan meni topishsin-da, yangi qurilajak Kaʼbatullohdan men ham joy olayin-da deb ichki hayajonda yorugʻlikka chiqadigan kunlarimni kutib yotardim. Voh, ana meni topishdi! Quruvchilar shunaqangi sevinib ketishdiki... Ulardan koʻra mening xursandchiligimning chek-chegarasi yoʻq edi.
Lekin shu payt bir muammo paydo boʻldi. Hajarul asvadni eski oʻrniga men qoʻyaman, yoʻq uni qoʻyishga bizning qabila haqli, deguvchilar koʻpaydi. Oʻrtada janjal chiqdi. Qon toʻkilishi aniqqa oʻxshab qoldi. Yo Allohim, meni deb bandalaringni qoni toʻkilmasin, deb Yaratganga iltijo qilardim. Bunday xunrezlikka sabab boʻlgandan koʻra tuproqqa qorishib, jimgina yotganim ming marta yaxshi edi. Ana shunday tang bir paytda Alloh taolo odamlar orasida bir kishining diliga soldi. U yigʻilganlarga yuzlanib:
– Bunday qilsak, mana bu eshikdan biz tomon kim kirib kelsa, bu sharafli ishni oʻshanga topshiramiz. Shunda hech kimning bir-biridan gina qilishga haqqi qolmaydi, – dedi.
Bu taklif hammaga maʼqul tushdi. Hammaning koʻzi eshikka qaratilgan edi. Baxti chopgan odam kim boʻlar ekan-a? Shuayb avlodlari qurgan eshikdan bir zot koʻrindi. Toʻplanib turgan olomon behad xursand boʻlib ketdi.
– Ana Muhammad amin kelyapti!..
– U amin rostgoʻydir...
– Ha, oramizdagi eng halol, pok inson.
– Uni bizga Xudoning oʻzi yubordi, axir u Ibrohim paygʻambarning naslidan-da.
– U bu ishga hammadan ham haqliroq!
Bu gaplarni eshitib, Muhammad amin kim ekan deb men ham qiziqa boshladim. U kishi mening yonimga keldilar. Qani endi men Muhammad aminning oʻrnida boʻlib qolsam, degandek u zotga havas bilan qarab turganlardan rido berishni soʻradilar. Ridoni qoʻllariga olgach, ohista uni yerga toʻshadilar, keyin meni koʻtardilar va haligi ridoning ustiga qoʻydilar. Ibrohim alayhissalomdan keyin menga inson qoʻli tegmagan edi. Muhammad aminning qoʻllari shunaqayam yoqimli, shunaqayam muloyim ediki... Bu qoʻllarda bitmas-tuganmas barokat borligini sezdim. Men oʻshanda bu kishining oxirgi zamon paygʻambari boʻlib dunyoga tanilishlarini hali bilmasidim. Chunki paygʻambarlik vahiyi qirq yoshlarida kelgan-da. Kaʼbatulloh qayta qurilayotganda u kishi oʻttiz besh yoshlarda edilar.
Shunday qilib desangiz, hammalari u zotga qarab qolishdi. U kishi har bir qabiladan bittadan vakil chaqirdilar va hammalari baravar ridoni ushlab, meni koʻtarib borib, Baytullohga oʻrnatishdi. Bu tadbir hozirgina urush holatida turgan qabilalar uchun bamisoli bir moʻjiza boʻldi. Ham janjalning oldi olindi, ham bu qutlugʻ ishda Makkada nechta qabila boʻlsa hammasi baravar qatnashdi. Ana shunaqa gaplar...
Mabodo haj yoki umra ibodatini ado etishga kelib qolsangiz, meni Kaʼbutullohning burchagiga oʻrnatilgan kumush gardish ichidan topasiz.
«Hilol» jurnali 4 (61) son
@Umumiy_tarix_uzb
Jozeff Goebbels
Natsistik Germaniya, Uchinchi reyxning propoganda vaziri, butun axborot tizimini, mamlakatdagi deyarli barcha sohani nazorat qilgan. 1943-yil Berlinda, Olipmiaplatz da qilgan nutqi, tarixdagi eng kuchli manipulyaptiv nutqlardan biri. Hatto Adolf Hitler ham Goebbels nutqining tasirida bu namoyishda gapira olmagan. Goebbels, Hitlerning oʻz joniga qasd qilgandan soʻngra, 1945-yil 30-apreldan, Natsistik Germaniyaning reyxkansleri boʻladi. 2 kun Natsistik Germaniyaga boshchilik qilib, 1- may kuni rafiqasi, Natsistik Germaniyaning iqtisodiy asosi boʻlgan milliy sotsializmning asoschilaridan biri Magda Goebbels va olti nafar farzandi bilan oʻz jonlariga qasd qilishadi.
(Video Jozeff Goebbelsning 1933- yildagi Myunxendagi nutqi)
@Umumiy_tarix_uzb
“Ritsarlik sha’ni kodeksi” va Ritsarlar haqida....
Ritsarlar — O‘rta asrlarning “Harbiy elitasi” — hozirgi kunda Yevropada juda ko‘p afsona va mubolag‘alar bilan o‘ralib qolganki, ularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Temir zirh kiygan bu jangchilar haqida odamlar shunday gaplar tarqatgan: go‘yoki ular butun kun zirhda yurishgan (hatto zirh ichiga “hojat” ham qilishgan), shuning uchun yuvinmasdan yurgan, badbo‘y va iflos bo‘lishgan; yiqilgan ritsar esa ag‘darilgan toshbaqadek o‘zini tiklay olmagan (aslida toshbaqalar o‘zini o‘girib ololadi) Qisqasi, juda ko‘p qiziqarli va g‘aroyib hikoyalar bor.
Ammo bular bilan bir qatorda, ritsarlar hayotining turli jihatlarini tasdiqlovchi yoki rad etuvchi jiddiy tadqiqotlar ham mavjud.
Sir emas, ritsarlar faqat harbiy elita emas, balki ijtimoiy elita ham bo‘lishgan. Ular, ma’lum ma’noda, madaniyat ustuni hisoblangan. Masalan, O‘rta asr Yevropa adabiyotiga nazar tashlasak, uning katta qismi cherkovga yoki ritsarlarga oid ekanini ko‘ramiz — Krétyen de Truá ning sir Lanselot va malika Gvinevra o‘rtasidagi “ideal munosabatlar”ni madh etuvchi she’riy asarlari yoki askar va shoir Joffrua I de Sharni ning asarlari bunga misoldir. U Yuz yillik urush zamonasida yashab, o‘sha davr haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.
Aynan shu Joffruaning asarlarida “Ritsarlik sha’ni kodeksi”ning asosiy tamoyillari bayon etilgan. Ha, gap o‘sha ayollarning orzusidagi “oq otli shahzoda”dan kutilgan “ideal ritsar” belgilari haqida ketmoqda.
Birinchi navbatda bu — sharaf va jasoratga intilish: ritsar jasorat ko‘rsatishi, urushlar va turnirlarda qatnashishi, zaif va ezilganlarni himoya qilishi, dushmanga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, do‘st va xizmatkorlariga saxovatli bo‘lishi lozim edi. Ammo muammo shundaki, ritsarlar soni har doim oz bo‘lgan va ular, har qanday elita kabi, e’tibor markazida bo‘lgan. Natijada “sharaf” va “obro” birinchi o‘ringa qo‘yilgan, mehr-shafqat esa faqat oʻzidan boshqa ritsarlarga nisbatan qo‘llanilgan.
Ikkinchi jihat — diniga sadoqat va cherkovga cheksiz itoat. Albatta, bu yaxshi narsa edi, lekin aynan shu jihat salib yurishlariga turtki bo‘ldi.
Ritsar kodeksining yana bir muhim qismi — go‘zal ayolga bo‘lgan muhabbat edi. Temir zirhli ritsardan nafislik, sadoqat va beqiyos muhabbat kutilgan. Bu sevgi ritsarni jasoratga ilhomlantirishi kerak edi. Qizig‘i shundaki, ritsar aslida hech qachon go‘zal ayolni ko‘rmagan ham bo‘lishi mumkin ammo muhim bo‘lgan narsa faqat jasoratga undovchi shu yuksak timsol edi. Jinsiy ehtiyojlar esa xotini yoki qishloq ayollari bilan qondirilaverardi. Ularga nisbatan esa na sevgi, na nafislik talab qilingan.
@Umumiy_tarix_uzb
https://t.me/Umumiy_tarix_uzb/s/3
Mashhur Bolsheviklar
https://t.me/Umumiy_tarix_uzb/s/2
⚪️
Rossiyaning birinchi prezidenti Kremlni tark etib, uni Vladimir Putinga topshiryapdi. Rossiya Federatsiyasi, 1999-yil, 31-dekabr.
@Umumiy_tarix_uzb
Yopiq jamiyat ya'ni Masonlar qirg'ini 1934-yil.
✍
1934-yilda prezident Plutarco Elias Calles hukmronligi davrida Meksikada diniy guruhlar va maxfiy jamiyatlarga qarshi bosim kuchayadi. E'tibor ko'proq katolik Cristero qo'zg'oloniga qaratilgan bo'lsa-da, aslida masonlar ham nishonga olingan edi. Bir necha shtatlarda o'nlab yuqori lavozimli masonlar, siyosatchilar, o'qituvchilar, ziyolilar qamoqqa olinadi, yo'qoladi yoki qatl etiladi.
📌
Masonlarga tegishli ibodatxonalar «lojalar» bosib olinadi. Arxivlar, marosim matnlari va a'zolik ro'yxatlari yo‘q qilinadi yoki musodara qilinadi. Rasmiy hujjatlarda bu harakatlar xavfsizlik tahdidlari va chet el ta'siri bilan izohlangan, lekin hech qanday rasmiy ayblovlar qo'yilmagan. Bu hodisa shunchaki siyosiy tozalash emas, balki Meksika markazida tashkil etilgan masonlik tarmog'ini qasddan yo'q qilish harakati edi.
@Umumiy_tarix_uzb
🔊
1945-yil 2-sentyabrda Taslim bo'lish to'g'risidagi akt imzolanishi. Yaponiya tomonidan AQShning Missuri harbiy kemasida taslim bo'lish to'g'risidagi aktni imzolashdi. Mikrofonda - general D. Makartur, Yaponiyadagi ittifoqchi ishg'ol kuchlarining oliy qo'mondoni.
@Umumiy_tarix_uzb
🔊
Natsizim otasi Adolf Gitlerning idorasi, Germaniya 1940-yillar.
@Umumiy_tarix_uzb