Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti |Rasmiy kanali

UzNIM
"O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat muassasasining telegram kanali Veb-sayt: Facebook: Instagram: Youtube: Korrupsiyaga qarshi bot: @UzNIM_korrupsiya_bot
Подписчики
2 530
24 часа
10
30 дней
840
Просмотры
294
ER
13,72%
Посты (30д)
150
Символов в посте
1 622
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
April 30, 07:20
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish
marosimi
boʻlib oʻtdi.

В резиденции «Куксарой» прошла
церемония
официальной встречи Премьер-министра Чешской Республики Андрея Бабиша, прибывшего нашу страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Chexiya
#marosim
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 30, 06:01
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇿
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida “O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum doirasida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot tashkil etildi, amaliy tajriba almashish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyatlari yaratildi. Tadbir ikki tomonlama uzoq muddatli va barqaror hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda Chexiya metrologiya instituti o‘rtasida metrologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjat imzolandi.
Ushbu hamkorlik savdo va investitsiyalarni oshirish — Chexiyadan zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalar jalb qilinib, mahalliy ishlab chiqarish rivojlanishiga, Sanoatni modernizatsiya qilishga yaʼni, qo‘shma loyihalar orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Metrologiya sohasini rivojlantirishga, Eksport salohiyatini kengaytirishga, Biznes muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, mazkur forum va uning doirasidagi kelishuvlar O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
The Uzbekistan-Czech Business Forum was held in Tashkent, attended by business representatives from the Republic of Uzbekistan and the Czech Republic.
The forum facilitated an open and productive dialogue between representatives of two countries, creating opportunities to exchange practical experiences and opinions on current issues. The event contributed to strengthening of long-term and stable bilateral cooperation.
At the event, a document was signed between the Agency for Technical Regulation of Uzbekistan, the Uzbek National Institute of Metrology, and the Czech Institute of Metrology, aimed at developing cooperation in the field of metrology.
This cooperation will facilitate increased trade and investment, attracting modern technologies and investments from the Czech Republic, developing local production, modernizing industry, and expanding opportunities for production of high-added-value products through joint projects.
This will also contribute to development of metrology industry, expanding export potential, and improving business environment.
Overall, this forum and the agreements within its framework will contribute to bringing economic relations between Uzbekistan and the Czech Republic to a new level.
#Uzbekistan
#Czech_Republic
#Business_Forum
#Metrology
#Partnership
#Economic_Growth
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube

April 30, 05:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.
Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.
Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Telegram:
t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram:
instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook:
facebook.com/share/1AznLKkuSx

У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.
Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.
Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:
Telegram:
t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram:
instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook:
facebook.com/share/1AznLKkuSx
Facebook|
Instagram|
X

April 30, 05:01
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇿
O‘zbekiston–Chexiya biznes forumi: imkoniyatlar va strategik hamkorlik sari

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi hamda Chexiya Respublikasi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida “O‘zbekiston–Chexiya” biznes forumi tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida ikki mamlakat vakillari o‘rtasida ochiq va samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, amaliy tajribalar almashildi hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratildi. Forum uzoq muddatli va barqaror hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Forum davomida O‘zbekiston va Chexiyaning iqtisodiy hamda investitsiyaviy salohiyati keng namoyish etildi. Shu bilan birga, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun muhim bo‘lgan ustuvor tarmoqlar va istiqbolli yo‘nalishlar taqdim qilinib, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, xususiy sektor va davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Chexiya metrologiya instituti o‘rtasida metrologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjat imzolandi.
🌐
standart.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 29, 13:06
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

EURAMET TC-IM 31-yig‘ilishida O‘zMMI ishtiroki: xalqaro hamkorlik va raqamli metrologiyada yangi qadamlar
2026 yil 23–24 aprel kunlari Parij shahrida, Fransiya milliy metrologiya instituti (LNE)da EURAMET TC-IM texnik qo‘mitasining 31-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zMMI xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda xalqaro metrologiya hamkorligi, so‘nggi qarorlar va ishchi guruhlar faoliyati muhokama qilindi. O‘zMMI tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda so‘nggi yillardagi natijalar, EURAMET bilan hamkorlik, yangi loyihalar bo‘yicha takliflar hamda kelgusi rejalar yoritildi.
Alohida e’tibor raqamli metrologiyaga qaratildi. Xususan, raqamli kalibrlash sertifikatlari, ma’lumotlar boshqaruvi va sensor tarmoqlari bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi. O‘zbekistonda metrologiya xizmatlarini raqamlashtirish, elektron platformalarni joriy etish va inson omilini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.
Shuningdek, gaz qorishmalari standart namunalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslar ham xalqaro ekspertlarda qiziqish uyg‘otdi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, O‘zMMIning ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, raqamli metrologiyani rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
Participation of UzNIM in the 31st EURAMET TC-IM meeting: international cooperation and new steps in digital metrology
The 31st meeting of the EURAMET TC-IM Technical Committee was held on April 23-24, 2026, in Paris at the French National Institute of Metrology (LNE). UzNIM staff also actively participated.
The meeting discussed international cooperation in metrology, recent decisions, and the activities of working groups. Information provided by UzNIM covered the results of recent years, cooperation with EURAMET, proposals for new projects, and plans for future.
Particular attention was paid to digital metrology. In particular, projects on digital calibration certificates, data management, and sensor networks were discussed. The work being done in Uzbekistan to digitalize metrology services, implement electronic platforms, and reduce human factor was positively assessed.
Initiatives to develop standard gas mixtures also attracted the interest of international experts.
Following the meeting, it was established that UzNIM's participation played a significant role in strengthening international cooperation, developing digital metrology, and launching new joint projects.
#UzNIM
#Metrology
#Digital_Metrology
#EURAMET
#Calibration
#Innovation
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube

April 29, 07:18
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi Qashqadaryo filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Tadbirda O‘zMMI DM Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas‘ullari tomonidan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’ruza qilindi. Shuningdek, seminarda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, amaldagi qonunchilik talablari va javobgarlik masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga sohadagi me‘yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-son Farmoni mazmun-mohiyati batafsil yoritildi. Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, tizimda halollik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga har qanday korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda shaxsiy mas‘uliyatni yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube

April 29, 05:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Metrologiya sohasida o‘lchashlarda hatolik doim mavjud
!
Har qanday o‘lchash jarayonida ma’lum darajada xatolik yuzaga keladi. Bu tabiiy holat bo‘lib, u
o'lchash vositasi
metrologik xususiyatlari
, tashqi muhit (harorat, bosim, namlik
va boshqalash), shuningdek,
inson omiliga bog‘liq. Metrologiyaning asosiy vazifasi — ushbu xatoliklarni aniqlash, tahlil qilish va imkon qadar kamaytirishdir. Shu orqali o‘lchash natijalari ishonchli bo‘ladi.
Metrologik xatoliklar uch turga bo‘linadi:
• tasodifiy
• sistematik
• qo‘pol (inson xatosi yoki nosoz asbob bilan bog‘liq)
Ularni kamaytirish uchun kalibrlash, standartlashtirish va yuqori aniqlikdagi o'lchash vositasi qo‘llaniladi.
Metrologik standartlar davlatlar o‘rtasida kelishilgan.
✔️
Dunyo bo‘ylab o‘lchashlar yagona standartlarga asoslanadi. Masalan, metr, kilogramm va sekund barcha davlatlarda bir xil ta’rifga ega. Bu xalqaro hamkorlik orqali ta’minlanadi.
Bunday yondashuv sanoat, fan va savdoda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mahsulot sifati, xavfsizlik va ishonchlilikni kafolatlaydi.
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube

April 28, 12:03
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Chirchiq_filiali
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Chirchiq filialida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF-25-sonli Farmoni — “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari faol ishtirok etdilar. Seminar doirasida texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zMMI DM Chirchiq filiali rahbari N.Raxmatillayev, “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DM direktori o‘rinbosari N.Ochilov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshqarma boshlig‘i S. Qosimov hamda Markazning sifat bo‘yicha bosh menejeri B. Gʻafurov va ushbu tashkilotlar xodimlari ishtirok etdilar. Ular ishtirokchilarga qabul qilingan farmonning asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Mutaxassislar tomonidan akkreditatsiya jarayonlari, muvofiqlikni baholash, standartlashtirish hamda metrologiya sohalarida yuzaga kelayotgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Mazkur seminar tadbirkorlar va sohaviy tashkilotlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube

April 28, 11:49
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Jizzax_filiali
💠
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Jizzax filiali tomonidan ОАJ “ADM JIZZAKH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida navbatdagi davriy qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayon davomida korxonada foydalanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan standartlarga muvofiqligi har tomonlama sinchkovlik bilan tekshirildi.
Xususan, dinomometrik kalitlar namunaviy “DOTE500N4-G” o‘lchash vositasi yordamida qiyoslovdan o‘tkazilib, ularning texnik ko‘rsatkichlari belgilangan talablar asosida baholandi. Shuningdek, massa o‘lchash vositalari ham alohida e’tibor bilan tekshirilib, ular namunaviy tarozi hamda toshlarni qiyoslash to‘plami yordamida qiyoslashdan o‘tkazildi.
Mazkur qiyoslash ishlari ishlab chiqarish jarayonlarida o‘lchaslarning aniqligini ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish hamda texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishini kafolatlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, o‘lchash vositalarining o‘z vaqtida qiyoslanishi korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va xalqaro standartlarga mos ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
💠
Джизакским филиалом государственного учреждения «Узбекский национальный институт метрологии» проведены очередные работы по периодической поверке и калибровке в обществе с ограниченной ответственностью ООО «ADM JIZZAKH».
В ходе данных работ была всесторонне и тщательно проверена точность, надёжность, а также соответствие применяемых на предприятии средств измерений действующим нормативно-правовым документам и установленным стандартам.
В частности, динамометрические ключи были поверены с использованием образцового средства измерений «DOTE500N4-G», при этом их технические характеристики оценены в соответствии с установленными требованиями. Также особое внимание было уделено средствам измерения массы — они прошли поверку с использованием образцовых весов и набора эталонных гирь.
Данные работы по поверке направлены на обеспечение точности измерений в производственных процессах, повышение качества продукции и соблюдение требований технической безопасности. Кроме того, своевременная поверка средств измерений играет важную роль в повышении эффективности деятельности предприятия и обеспечении его соответствия международным стандартам.
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube

April 28, 11:16
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔬
Laboratoriyadagi tahlillar qanchalik aniq chiqishini bilasizmi?
Bunda bioximik analizatorlardagi yorug‘lik filtrlari muhim rol o‘ynaydi. Ularni kalibrlash qurilmaning rang va yorug‘likni xatosiz “ko‘rishini” sozlash degani. Aynan shu jarayon orqali analizator qon tarkibidagi qand miqdori, gormonlar yoki vitaminlar ko‘rsatkichini aniq o‘lchaydi.

Filtrlar to‘g‘ri sozlangan bo‘lsa:
• tahlil natijalari ishonchli chiqadi
• noto‘g‘ri tashxis xavfi kamayadi
• shifokor davolashni aniq ma’lumot asosida belgilaydi
Ya’ni laboratoriyadagi har bir aniq o‘lchov inson salomatligi uchun muhim qarorlarning poydevori hisoblanadi.
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔬
Do you know how accurate laboratory test results are?
Light filters in biochemical analyzers play an important role in this process. Calibrating them means adjusting the device to “see” color and light accurately. Through this process, the analyzer can precisely measure indicators such as blood glucose levels, hormones, or vitamins.

When the filters are properly calibrated:
• test results are reliable
• the risk of incorrect diagnosis is reduced
• doctors can prescribe treatment based on accurate data
In other words, every precise measurement in a laboratory is the foundation for important decisions related to human health.
📱
nim.uz
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Twitter
📱
Youtube