Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

UzReport.news

UzReport_uz
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Подписчики
24 300
24 часа
100
30 дней
-700
Просмотры
2 486
ER
7,94%
Посты (30д)
427
Символов в посте
586
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 21, 15:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.
Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 13:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi
Muloqot davomida giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish tizimini izchil takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish hamda soha mutaxassislarini tayyorlash yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytirishning ahamiyati qayd etilib, Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 13:15
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Farg‘onada xalqaro velopoyganing ilk bosqichi yakunlandi
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 12:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yer resurslaridan foydalanishda yangicha yondashuvlar koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yer resurslaridan yanada samarali foydalanishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Soʻnggi besh yilda mamlakatimizda yer munosabatlarini isloh qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, yer ajratish vakolati hokimlardan olinib, yer uchastkalarini auksion orqali realizatsiya qilish tartibi joriy etildi.
Shu davrda 616,3 ming gektar yer auksion orqali ajratildi, budjetga 1,4 trillion soʻm tushum taʼminlandi.
Eng muhimi, yerning haqiqiy egasi paydo boʻlishi natijasida har bir gektardan olinayotgan daromad 3 karra oshib, 50-60 million soʻmga yetgan. Bugun ushbu yerlarda har yili 539 trillion soʻmlik mahsulot yetishtirilib, 2,1 milliard dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 12:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Prezidenti JSST bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusni qabul qildi.
Ushbu nufuzli tashkilot bilan milliy sogʻliqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va mustahkamlash borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 11:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
Qarorga koʻra, 2030-yilga qadar viloyat sanoatida mashinasozlik tarmogʻining ulushini 15 foizga, sanoatda qoʻshilgan qiymat ulushini esa 40 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, tashkil etiladigan mashinasozlik sanoat zonasida yiliga 10 ming dona tijorat transport vositalari — yuk avtomobillari, avtobuslar, mikroavtobuslar, pikaplar va maxsus transport vositalari, shu jumladan elektr transportini ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 10:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Telefon raqamni boshqa shaxsning nomiga o‘tkazish – endi onlayn shaklda mumkin
Endi O‘zbekistonda mobil aloqa foydalanuvchilari o‘zlarining mobil telefon raqamlarini boshqa shaxsning nomiga onlayn tarzda o‘tkazishi mumkin. MyGov portalida tegishli xizmat ishga tushirildi.
Avvallari raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon aloqa operatori ofisiga shaxsan borishi, navbat kutishi va hujjatlar imzolashi talab etilardi. Endilikda bu jarayonlar raqamlashdi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 09:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Farg‘onalik 2-sinf o‘quvchisi B2 darajadagi  milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
Ta’limda yana bir yutuq. Farg‘onada 2-sinf o‘quvchisi B2 darajadagi  milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Viloyatning Bag‘dod tumanida joylashgan maktabning 2-sinf o‘quvchisi Husniddin Turdaliyev ingliz tili fanidan multilevel imtihonida 58 ballni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekistondagi eng yosh B2 milliy sertifikat sohibi bo‘lib turibdi. U imtihonda tinglab tushunish bo‘limidan maksimal – 74 ball to‘plab, rekord natijani ham qayd etdi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 09:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
Amerika delegatsiyasi Eron bilan rejalashtirilgan muzokaralar navbati uchun tez orada Pokistonga jo‘naydi. Bu haqda 20 aprel, dushanba kuni — AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushida e’lon qilingan ikki haftalik sulh tugashiga ikki kun qolganida AFP agentligi Vashingtondagi xabardor manbalarga tayanib
xabar berdi.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga vitse-prezident Jyey Di Vens boshchiligidagi amerikalik muzokarachilar allaqachon yo‘lga chiqqanini aytgan. Shuningdek, u Truth Social’dagi yangi postida Eron bilan tuziladigan yangi bitim 2015 yilda Tehron bilan erishilgan xalqaro kelishuvdan “ancha yaxshiroq” bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website

April 21, 08:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
Samarqandda narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Website