Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xayrulla Sattarov

XayrullaSattarov
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori . Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Подписчики
40 400
24 часа
300
30 дней
-3 100
Просмотры
12 094
ER
20,88%
Посты (30д)
101
Символов в посте
797
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
April 27, 09:42
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🙋
“Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasining 1-kuni tashkil etildi
🎼
Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Baskerville instituti hamkorligida “Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasining 1-kuni yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Konferensiya doirasida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdi, yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari surildi hamda bir qator muhim tashabbuslar muhokamaga qo‘yildi.
👥
Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi akademiklar, tajribali siyosat arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda istiqbolli yosh yetakchilar ishtirok etdi. Konferensiya turli madaniyat va qarashlarni bir maydonda jamlab, ochiq muloqot va o‘zaro ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
📌
Tadbir davomida:
➡️
zamonaviy diplomatiyada insoniy qadriyatlarning o‘rni;
➡️
global muammolarni hal etishda yoshlarning roli;
➡️
madaniyatlararo muloqot va o‘zaro hurmatni mustahkamlash;
➡️
tinchlik va barqaror rivojlanish yo‘lida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
💬
“Diplomatiya of the Heart (Qalb diplomatiyasi)” tushunchasi bu faqat rasmiy muzokaralar emas, balki yurakdan chiqqan samimiy muloqot, insonlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash va kelajak avlod uchun tinch, adolatli hamda barqaror dunyo barpo etishga qaratilgan muhim yondashuv sifatida e’tirof etildi.
👤
Mazkur xalqaro konferensiya keyingi kunlarda ham o‘z ishini davom ettirib, dolzarb mavzular yuzasidan muhim sessiyalar, panel muhokamalar va uchrashuvlarga boy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 27, 09:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
⚡️
YUNESKO Ijroiya kengashi O‘zbekistonning 19-noyabrni Xalqaro hujjatli meros kuni deb eʼlon qilish tashabbusini bir ovozdan maʼqulladi
YUNESKOning
Parijdagi
bosh qarorgohida Ijroiya kengashining
224-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan 19-noyabrni — Xalqaro hujjatli meros kuni
deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi bir ovozdan maʼqullandi
.
YUNESKOga aʼzo
65 davlat O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan qarorga
hammualliflik qildi
.
🟡
Xalqaro hujjatli meros kunini eʼlon qilish tashabbusi
Hurmatli
Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 30-oktyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida
ilgari surilgan edi.
🟡
Ushbu tashabbus,
YUNESKOning hujjatli merosni asrab-avaylash, axborotdan foydalanish, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish
kabi sohalardagi joriy ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi.
Xalqaro hujjatli meros kunining rasmiy eʼlon qilinishi 2027-yil noyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasining 44-sessiyasida
bo‘lib o‘tadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 27, 05:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#MilliyFashionShow
#Qoraqalpogʻiston
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi
tomonidan milliy liboslarni ommalashtirishga qaratilgan “
Milliy fashion show
” tanlovi tashkil etildi.
🔗
Fotolavhalar
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

April 25, 13:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#JCIUzbekistan
#Networking
🙋
JCI Uzbekistan Tashkent Conference 2026 tashkil etildi
📍
Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida mahalliy va xorijiy ishtirokchilar bir maydonda jam bo‘ldi. Tadbir davomida O‘zbekistonning biznes hamda investitsion imkoniyatlari keng yoritildi. Shuningdek, xalqaro treninglar va tajriba almashuv sessiyalari tashkil etilib, Uzbek–Japan hamkorlik yo‘nalishidagi taqdimotlar ham bo‘lib o‘tdi. Kun davomida ishtirokchilar o‘rtasida samarali networking aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
👥
Konferensiya xalqaro aloqalarni mustahkamlash, investitsion imkoniyatlarni kengaytirish va biznes hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 25, 07:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston ilk bor iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoriga kirdi.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 24, 11:58
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🖋
Bugun Yaponiyadan kelgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, fikr almashdik. Yoshlar ijod saroyidagi samimiy muhitda o‘tgan uchrashuvimiz nafaqat biznes, balki yangi g‘oyalar maydoniga ham aylandi.
Ikki tomonlama taqdimotlardan so

ng uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildik.
🗂
O

ylaymanki, bugungi muloqotimiz natijasida yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadigan yirik loyihalarimiz soni ortadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 24, 08:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 24, 05:37
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#SuvniBirgaAsraymiz
#Qashqadaryo
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti jamoasi —
“Suvni birga asraymiz”
chellenjida faol ishtirok etmoqda!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

April 23, 12:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning
yanvar-fevral
oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida
import
hajmi 8,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
📊
Import hajmi
2025-yilning mos davriga nisbatan
29,8 % ga o‘sgan.
Mazkur davrda
O‘zbekiston 135 dan ortiq davlatdan tovar
va
xizmatlar importini
amalga oshirdi. 2026-yilning dastlabki ikki oyida
O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar
(AQSH dollarida) quyidagilar bo‘ldi:
🇨🇳
Xitoy – 2,8 mlrd;
🇷🇺
Rossiya – 1,4 mlrd;
🇰🇿
Qozog‘iston – 677 mln;
🇰🇷
Koreya Respublikasi – 306,1 mln;
🇹🇷
Turkiya – 259,8 mln;
🇩🇪
Germaniya – 182,6 mln;
🇮🇳
Hindiston – 179,3 mln;
🇧🇾
Belarus – 144,3 mln;
🇹🇲
Turkmaniston – 121,5 mln;
🇺🇸
AQSH – 98,6 mln.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

April 23, 09:22
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Yoshlar2030
#YoshlarSiyosati
#YoshlarBandligi
🎼
Yoshlar ijod saroyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi taqdim etildi
🙋
Davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu strategiya mamlakatimizda yoshlarga oid
birinchi yaxlit tizimli hujjat
bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
🔎
Bugungi kunda aholining
25% (9,5 mln)
qismini 14–30 yoshdagilar tashkil etadi. Shu sababli strategiya uzoq muddatli va aniq maqsadlarga asoslangan.
📌
Asosiy yo‘nalishlar:
➡️
yoshlar bandligi va tadbirkorligi
➡️
sifatli ta’lim va xorijiy tillar
➡️
yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash
➡️
volontyorlikni rivojlantirish
➡️
sog‘liqni mustahkamlash
🇺🇿
Strategiya
8 ustuvor yo‘nalish
,
32 tashabbus
va
44 maqsadli ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi.
👥
Bandlik va kasb:
➡️
“Kelajak kasblari” orqali har yili
20 ming yosh bepul o‘qitiladi
📊
Tadbirkorlik va startaplar:
➡️
yosh tadbirkorlar soni
+30%
ga oshiriladi
➡️
70%
i barqaror daromadga chiqadi
➡️
20 mingdan ortiq ish o‘rni
yaratiladi
👋
Qo‘llab-quvvatlash:
➡️
“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi asosida
20 ming yosh o‘qitiladi
➡️
1 000 tadbirkorga
206 mln so‘mgacha ssuda
➡️
1 000 startap
qo‘llab-quvvatlanadi,
400 tasi xalqaro bozorga chiqadi
➡️
faol kitob sotuvchilarga
1 mlrd so‘mgacha kredit
➡️
infratuzilma ulanish xarajatlari uchun
4 mln so‘mgacha kompensatsiya
🎓
Ta’lim va imkoniyatlar:
➡️
o‘quv markazlari soni
90 mingga yetkaziladi
➡️
450 ming yosh
B2 darajaga chiqadi
➡️
900 ming yosh
volontyorlikka jalb etiladi
💳
Qo‘llab-quvvatlash:
➡️
o‘quv markazlari uchun
300 mln so‘mgacha ssuda
➡️
volontyorlarga
100 mln so‘mgacha grant
➡️
B2 darajadagilarga pasport boji bekor
➡️
C1 va tadbirkorlar uchun ayrim xizmatlar
50% arzon
👤
Yoshlar uchun muhit:
➡️
“Yoshlar ko‘chalari” (book-kafe va kitob do‘konlari)
➡️
namunaviy “Yoshlar tuman-shaharlari” tashkil etiladi
🖋
Xulosa:
➡️
Strategiya yoshlarni
ta’lim, ish, biznes va ijtimoiy hayotda kompleks qo‘llab-quvvatlash
orqali ularning imkoniyatlarini kengaytiradi va mamlakat rivojida asosiy kuchga aylantiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram