
Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali
📚
JADIDLAR MEROSIGA BAG‘ISHLANGAN KITOBXONLIK TADBIRI
🤔
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot-resurs markazi (ARM) tomonidan tinglovchilar turar joyida, xotin-qizlar ishtirokida markaz kurs tinglovchilariga mazmunli va ma’rifiy ruhdagi jadidlar merosiga bag‘ishlangan kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
✍️
Qizg‘in va mazmunli ruhda o‘tgan ushbu kitobxonlik jarayonida
tinglovchilar bilan jadidlarning hayoti va faoliyati, ularning millat taraqqiyoti, ilm-ma’rifat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi
haqida suhbatlar olib borildi.
✍️
Shuningdek, kitobxonlik orqali tinglovchilarda milliy merosimizga hurmat, kitob mutolaasiga qiziqish hamda ma’rifatparvar ajdodlarimiz qoldirgan bebaho boyliklarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilish yanada kuchaytirildi.
📚
Mazkur kitobxonlik tadbiri tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularni mutolaa madaniyatiga keng jalb etish hamda jadidlar merosini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni kuzatishda davom eting
▶️
Youtube
📱
Facebook
📱
INSTAGRAM
📱
Web sayt
📱
Telegram
Xorazm viloyatida “O‘qish savodxonlari” tanlovi jarayonlariga start berildi
🏢
Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 6-martdagi 93-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan
bo'lib
📚
Tanlovning asosiy maqsad
i — o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat.
💎
Tanlovning birinchi kuni viloyatning Urganch shahri, Xiva shahri hamda Shovot tumanidagi maktablarda bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlar Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining tajribali fan metodistlari tomonidan kuzatilib, metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
💻
Tanlov g‘oliblari
test.avloniy.uz
platformasida o‘tkaziladigan sinov topshiriqlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda aniqlanadi.
🏆
Tanlov yakunida eng faol va bilimdon o‘quvchilar munosib rag‘batlantiriladi.
📹
Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting
▶️
Youtube
📱
Facebook
📱
INSTAGRAM
📱
Web sayt
📱
Telegram
#kun hikmati
📚
Kelajakni o‘ylagan inson yoshlarni tarbiyalaydi
.
🖌
Konfutsiy
Ustoz bu boshlang‘ich sinf ustozi supper natija ko‘rsatgan A+ ni olgan
☺️