Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Xorazm_MMTB
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Подписчики
9 610
24 часа
100
30 дней
-110
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
1 102
ER
8,49%
Посты (30д)
246
Символов в посте
786
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 15, 04:26
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

❇️
HASHAR ELGA YARASHAR
🌴
Yangibozor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli yangidan  faoliyat boshlagan 34-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida seminar tashkil qilindi. Seminarda tumandagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari vakillari ishtirok qilib, yangi boʻgʻ yaratildi.
🌳
Yangidan tashkil qilingan bogʻga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib parvarishi yoʻlga qoʻyildi.
🍀
Nuroniylar tomonidan yurt tinchligi va faravonligi, farzandlar kelajagi yoʻlida duoga qoʻl ochildi.
🌱
Hashar ishlari tumandagi barcha taʼlim muassasalarida davom qilmoqda

March 15, 04:10
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

PIRLS–2026 xalqaro tadqiqotlariga bag‘ishlangan navbatdagi trening mashg‘uloti tashkil etildi.
🤔
Treningni
Polvonnazirov Sardorbek Xamrayevich
olib bordi.
Tadbir Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tkazilib, unda maktab rahbarlari va mas’ul o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar.
✍️
Seminar davomida
PIRLS–2026 xalqaro tadqiqotlari doirasida
o‘tkazilgan sinov jarayonlari hamda ularning tahlili muhokama qilindi. Shuningdek, jarayon davomida aniqlangan kamchiliklar va ularni samarali bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
👉
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, PIRLS–2026 tadqiqotlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting
▶️
Youtube
📱
Facebook
📱
INSTAGRAM
📱
Web sayt
📱
Telegram

March 14, 18:26
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

“Kelajak markazi” — iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar maskani
Bugun Xorazm viloyatidagi “Kelajak markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, yoshlarimizning g‘ayrati va yuksak intilishidan katta taassurot oldim. Markazda tashkil etilgan zamonaviy to‘garaklar va o‘quv jarayonlari o‘g‘il-qizlarimizning nafaqat bilim olishi, balki aniq maqsadlar sari qat’iy qadam tashlashi uchun haqiqiy imkoniyat maydoniga aylanganiga guvoh bo‘ldim.
Iqtidorli yoshlarimiz bilan kechgan samimiy muloqotda ularning kelajak rejalari va yangi g‘oyalarini tinglab, tizimdagi islohotlarimiz o‘z mevasini berayotganini yana bir bor his qildim. Bunday izlanuvchan va bilimga tashna yoshlar bor ekan, oldimizga qo‘ygan marralarimizga albatta erishamiz — biz ularning har bir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook

March 14, 15:01
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#sayyor_qabul

Xabar qilinganidek,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimovaning Urganch shahridagi 5-umumtaʼlim maktabda “Sayyor qabuli” boʻlib oʻtdi.

Unda viloyatdagi taʼlim sohasi masʼul xodimlari, ota-onalar, taʼlim maskanlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning soha faoliyatiga doir tegishli murojaatlari mutasaddilar ishtirokida koʻrib chiqildi.
🔹
Xususan, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, pedagoglarning mehnat munosabatlari hamda kasbiy faoliyatini rivojlantirish, taʼlim maskanlarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha masalalar atroflicha oʻrganil
di
.
👉
Shu bilan birga fuqarolarning taʼlim sohasiga doir murojaatlari va takliflari tinglandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

March 14, 10:26
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❇️
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI XORAZM AKADEMIK LITSEYIGA O‘QISHGA QABUL QILISH BO‘YICHA NOMZODLAR TANLOVI BOSHLANDI
Tanlovda o‘qish istagini bildirgan, umumta’lim maktablarining 9-sinfida o‘qiyotgan nomzodlar ishtirok etadi. O‘qish muddati 2 yilni tashkil qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 5-fevral kunidan 15-aprel kunigacha qabul qilinadi.
Manzil: Urganch shahar, Egam Rahim ko‘chasi, 77-uy
Murojaat uchun telefon: 62-224-77-48
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
👉
https://t.me/IIVXorazmAL/1300

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish

Telegram
📹
Youtube

Facebook
🌐
Instagram

March 14, 09:55
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram





#Xorazm
🔴
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xorazm viloyatida bo‘lib, ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Vazir dastlab viloyat "Kelajak markazi"da bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, o‘quv mashg‘ulotlari jarayoni hamda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
🔰
To‘garak a’zolari bilan samimiy suhbatlashdi hamda kelgusi rejalar va erishayotgan natijalari haqida fikr almashdi.

Shu kuni vazir E‘zoza Karimova viloyat
Pedagogik mahorat markazida
bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi va mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, Xiva shahridagi 56-maktabda bo‘lib, Bolalar sayyohlik markazi faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda kelgusi rejalar yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Jarayonlarda Xiva shahri hokimi Temur Davletov ham qatnashdi.

Shuningdek, hududdagi yangi qurilgan 8-maktabda ham mas'ullar bilan uchrashib, ularga tegishli topshiriqlar berildi. Vazir E'zoza Karimova bu yerda "Yashil makon" loyihasi doirasida maktab hovlisiga ko‘chat ekish tadbirida ham qatnashdi.
🔴
Jarayonlar davom etmoqda.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

March 14, 08:56
Файлы недоступны
4
3
Открыть в Telegram

🟢
Xorazm viloyati Urganch tumani "Kelajak" markazida toʻgaraklar o‘z faoliyatini qizgʻin tarzda olib bormoqda
📌
"Maktabga tayyorlov" yo'nalishi bòyicha 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni jamlagan "Maktabga tayyorlov" to‘garagi oʻz faoliyatini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan shinam sinfxonalarida yangicha metodlar bilan olib bormoqda.
➡️
"Maktabga tayyorlov" to'garagi mashg'ulot jarayonidan foto- video lavhalar.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish

Telegram
📹
Youtube

Facebook
🌐
Instagram

March 14, 08:40
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🟢
HASHAR – ELGA YARASHAR
⭐️
Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam.
🟢
Shu munosabat bilan Yangiariq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va   umumta'lim maktablarida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Shu bilan birga, tuman MMTB boshlig'i D. Kuvakov boshchiligida barcha maktab direktorlari 13-son umumta'lim maktabi hududida tashkil etilgan hasharda faol qatnashdilar
🌴
Hashar davomida maktab bog'iga turli mevali va manzarali ko'chatlar ekildi, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi.
➡️
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida barcha ta'lim tashkiloti hududlari ozoda, shinam va obod holga keltirildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish

Telegram
📹
Youtube

Facebook
🌐
Instagram

March 14, 06:34
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Yashil_makon
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari Shovot tumanidagi 49-son umumta’lim maktabi hududida tashkil etilgan umumxalq hashari jarayonida faol qatnashdilar.
Hashar davomida maktab hududidagi bog‘da daraxt ko‘chatlari ekilib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jamoa a’zolarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida maktab atrofi yanada fayzli va yashil maskanga aylantirildi.
Bunday xayrli tadbirlar atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish hamda kelajak avlod uchun yanada qulay va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim sohasi vakillari ham ana shunday ezgu ishlarda faol ishtirok etib, hududlar obodligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish

Telegram
📹
Youtube

Facebook
🌐
Instagram

March 14, 06:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Vazir_kubogi

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun o‘quvchi-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan futbol musobaqasining Respublika bosqichi boshlanishiga atigi 10 kun qoldi. Musobaqa 24–30-mart kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.
➡️
Mazkur futbol musobaqasi maktab o‘quvchi-qizlari o‘rtasida
ilk marotaba
joriy yilda o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin