Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xorijiy filologiya UrDU

Xorijiy_filologiya_UrDU
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining telegramdagi rasmiy kanali
Подписчики
1 430
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
199
ER
11,4%
Посты (30д)
201
Символов в посте
725
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 28, 12:10
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#davra_suhbati
📌
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
talabalari bilan
ʼʼMilliy qadriyatlar va oʻzlikni anglashʼʼ
mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat davomida qadriyatlar har bir millatning maʼnaviy qiyofasini namoyon etishi, xalqimizning ming asrlik tarixi, urf-odatlari va anʼanalari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning ajralmas qismi boʻlib, ular orqali xalqimizning maʼnaviy qiyofasi va oʻziga xosligi ifodalanishi taʼkidlandi.
@Xorijiy_filologiya_UrDU

April 28, 12:09
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#rektor_kubogi
#sport_musobaqasi
#stol_tennisi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
talabalari oʻrtasida
ʼʼRektor kubogiʼʼ
sport musobaqalarining
stol tennis
sport turi boʻyicha bellashuv oʻtkazildi.

Bu kabi musobaqalar talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sogʻliklarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
@Xorijiy_filologiya_UrDU

April 28, 11:05
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
2501-(koreys) guruhi talabalari bilan birgalikda Urganch shahridagi
Xotira maydoni
ga sayohat tashkil etildi.
🇺🇿
Sayohat davomida talabalar Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan uchun jon fido qilgan o‘zbek askarlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur sayohat talabalarda Vatanga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
@Xorijiy_filologiya_UrDU

April 28, 11:05
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tyutori
M.Kenjayeva
tomonidan Nurli hayot MFY, Obodlik koʻchasi, 23/1-uy, 38-xonadonda ijara asosida istiqomat qiluvchi 2412-(ingliz) guruhi talabasi
Urazmatova Mahliyo
ning ijara xonadoni oʻrganildi.
Tashrif davomida talabaning yashash sharoitlari hamda darsdan bo‘sh vaqtlarini qanday tashkil etayotgani yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat yakunida talabaga vaqtni unumli tashkil etish va tartib-intizomga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
@Xorijiy_filologiya_UrDU

April 28, 11:05
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan
“Milliy qadriyatlar va yashil makon oyligi”
doirasida
“Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar”
mavzusida tadbir tashkil etildi.
✔️
Tadbirning asosiy maqsadi
talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish hamda ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
🌱
Tadbirda
ʼʼYashil makonʼʼ
loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, atrof-muhitni asrash masalalari yuzasidan qizgʻin suhbatlar oʻtkazildi.
@Xorijiy_filologiya_UrDU

April 28, 10:05
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Lazgi_festivali
Kecha ko‘hna Xiva shahrida “Lazgi” III xalqaro raqs festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivada dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan ishtirokchilar, YUNESKO vakillari, diplomatlar, olimlar va raqs san’ati ustalari ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, Davlatimiz rahbarining tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tabrikda “Lazgi” — uch ming yildan ziyod tarixga ega sivilizatsiyamizning yorqin ramzi ekaniga urg‘u berilib, bu raqs bugun dunyoning eng nufuzli sahnalarini zabt etayotgani e’tirof qilingan.
Ochilish marosimida viloyatimizda turli soha rahbarlari hamda fan-ta’lim, madaniyat sohasining fidoyi xodimlari, xususan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ishtirok etdi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 28, 05:24
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Kelajak_muhandislari
#UrDU
🚀
UrDU talabalari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda
Bugun
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali
doirasidagi musobaqalarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli festivalda
Urganch davlat universitetidan iqtidorli talabalar va mas’ul professor-o’qituvchilardan iborat jami 53 nafar ishtirokchi
munosib qatnashmoqda.
Ishtirokchilar
7 ta yo‘nalish bo‘yicha 12 ta loyiha bilan
qatnashib, o‘z bilim va innovatsion g‘oyalarini namoyon etishmoqda.
Xalqaro musoqaba doirasida:
⚙️
“Mexanizmlar estafetasi”
🌾
“Qishloq xo‘jaligi innovatsion texnikalari”
🤖
“Robot-sapyor”
⚔️
“Robo War”
🦾
“Gumanoid robotlar”
🚗
“Yangi avlod avtomobili”
🧠
“AI health”
kabi zamonaviy va dolzarb yo‘nalishlarda bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Universitetimiz jamoasiga omad tilaymiz! Ular ushbu xalqaro maydonda munosib natijalar qayd etib, universitetimiz nufuzini yanada oshirishiga ishonamiz!
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 28, 05:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 27, 18:16
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

📌
Talabalarning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi.
Bugun, 27-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti
ning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
J. Matyoqubov
hamda fakultet tyutori
N. Aqimova
tomonidan talabalarning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbatda quyidagi talabalarning yaqinlari ishtirok etdi:
— 2504-guruh talabasi
Abdirimova Subhidam
ning onasi F. Hayitboyeva;
— 2504-guruh talabasi
Komiljanova Layloxon
ning otasi J. Yaqubov;
— 2504-guruh talabasi
Ikramova Dilnavoz
ning akasi J. Ikramov.
Suhbat davomida talabalarning o‘qish jarayonlari hamda qoldirilgan darslari muhokama qilindi.
Shuningdek, ota-onalarga universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi hamda kredit-modul tizimi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
@Xorijiy_filologiya_UrDU

April 27, 13:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MAQSAD ANIQ

MAVJUD SALOHIYATNI NATIJAGA AYLANTIRISH VA UNIVERSITETNI XALQARO MAYDONDA MUNOSIB O‘RINGA OLIB CHIQISH
Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova
tomonidan ortda qolgan bir oy davomida
universitetning barcha fakultetlari jamoasi
bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu uchrashuvlar oddiy yig‘ilish emas, balki
ochiq muloqot, tahlil va kelajak sari qat’iy tashabbus
bo‘ldi.
Har bir fakultet bilan o‘tkazilgan muloqotlarda professor-o‘qituvchilarning fikr- mulohazalari tinglandi, mavjud muammolar ochiq muhokama qilindi. Eng muhimi,
jamoaning ichki kuchi — ilmiy salohiyati, tajribasi va fidoyiligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bugun zamon shunchaki bilim emas, balki aniq natija, zamonaviy yondashuv va raqobatbardoshlikni talab qilmoqda. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, universitetda yangi bosqich —
tizimli rivojlanish, ochiq va samarali boshqaruv, innovatsion fikrlash sari izchil harakatlar
amalga oshirilmoqda.
Bu uchrashuvlar — jamoani birlashtiruvchi kuch, umumiy maqsad sari yo‘naltiruvchi muhim maydon bo‘ldi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube