
Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ
🎉
🇺🇿
QAHRAМONIMIZ TANTANALI KUTIB OLINDI!
🇺🇿
🎉
Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini yuksak darajada himoya qilgan,
IMEC (International Mathematics Excellence Competition)
olimpiadasi g‘olibi —
Furqatov Farruxjon
Vatanga qaytib, tantanali ravishda kutib olindi!
🥇
✈️
U Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli matematika olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz nomini yana bir bor dunyoga tanitdi.
🌟
Uni kutib olish jarayoni chinakam bayramona ruhda o‘tdi — ota-onalar, ustozlar va yaqinlari g‘urur va quvonch bilan qarshi olishdi.
🔥
Bu nafaqat bir o‘quvchining g‘alabasi, balki butun Oʻzbekiston yoshlari uchun katta ilhom va motivatsiya bo‘ldi!
👏
Farruxjonni ushbu ulkan yutuq bilan yana bir bor tabriklaymiz va kelajakda bundan-da yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz!
🇺🇿
Yurtimiz bayrog‘i doimo baland bo‘lsin!
@xurshid_blog
🏆
Xalqaro va Respublika fan olimpiadalariga puxta tayyorgarlik davom etmoqda!
Iqtidorli o‘quvchilarimiz bilan muntazam mashg‘ulotlar olib borilib, ularning bilim va salohiyati yanada rivojlantirilmoqda. Har bir dars — bu katta natijalarga tashlangan muhim qadam!
🎯
Maqsadimiz — yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan bilimli va irodali yoshlarni yetishtirish!
Biz bilan birga harakat qiling, yutuqlar sari dadil qadam tashlang!
🚀
📌
Batafsil:
@xurshid_blog
🇦🇺
Avstraliyaning Sidney shahrida o‘quvchilar bilan 2-kun
🇯🇵
Navbatdagi xalqaro olimpiadaning FINAL manzili — Tokio (Yaponiya).
📅
Saralash bosqichi 26-aprel kuni RESPUBLIKA bo‘ylab OFLAYN o‘tkaziladigan
STEAM SPIRES
xalqaro olimpiadasini o‘tkazib yubormang.
🔎
@xurshid_blog
🏆
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi”
tanlovining Buxoro viloyati bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
👩🏫
Tanlovda o‘z kasbiga fidoyi, zamonaviy yondashuvlarga ega pedagoglar ishtirok etdi.
📊
Tanlov 3 bosqichda tashkil etildi:
🔹
Test sinovi
🔹
Savol-javob
🔹
Taqdimot
🏅
Natijalar:
🥇
1-o‘rin – G‘ijduvon tuman 22-maktab o‘qituvchisi To‘xtayeva Shaxinabonu
🥈
2-o‘rin – Qorako‘l tuman 8-maktab o‘qituvchisi Shaxobiddinova Xursandoy
🥉
3-o‘rin – Peshku tuman 20-maktab o‘qituvchisi Ibodullayev Lazizbek
🎯
G‘oliblar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
✨
Mazkur tanlov pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
@XURSHID_BLOG
📢
DIQQAT! YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI – 2026
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari
kunlari e'lon qilindi.
🔹
9-sinf — majburiy fanlar:
📖
Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1 iyun
📐
Matematika — 4 iyun
🏛
O'zbekiston tarixi — 8 iyun
🏃
Jismoniy tarbiya — 1–6 may
🔹
11-sinf — majburiy fanlar:
📖
Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2 iyun
📐
Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5 iyun
🏛
O'zbekiston tarixi — 9 iyun
🔹
11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):
📚
Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12 iyun va 15 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
(O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15 iyunda o'tkaziladi)
@XURSHID_BLOG
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с шахматистом Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой на Турнире претендентов Международной шахматной федерации.
@XURSHID_BLOG
🏆
🇺🇿
YANA BIR ULKAN YUTUQ!
🇺🇿
🏆
Buxorolik iqtidorli o‘quvchi
Furqatov Farruxjon
xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib,
IMEC (International Mathematics Excellence Competition)
matematika olimpiadasida
oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🥇
🌍
Ushbu nufuzli olimpiada Sidney shahrida bo‘lib o‘tdi va unda dunyoning turli davlatlaridan eng kuchli o‘quvchilar qatnashdi.
🔥
Farruxjonning bu yutug‘i nafaqat Buxoro, balki butun Oʻzbekiston yoshlari uchun katta faxr va motivatsiya manbai bo‘ldi!
👏
Qahramonimizni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelajakda yanada katta zafarlar tilab qolamiz!
🇺🇿
Yurtimiz bayrog‘i yana bir bor xalqaro maydonda baland ko‘tarildi!
@xurshid_blog
Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ
pinned «
⏳
Yakun: 25-aprel, 20:00
🏆
G‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi!
»