
Tuxtayev Husan Mirzayevich
📍
Samarqandda ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi
Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasida "Silk Road-Samarkand", "Talaba yugur" va "Inson uchun" shiori ostida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
📑
Tadbirning ochilish marosimida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining ijrochi direktori A. Mursakulov, viloyat hokimi o‘rinbosari H. Tuxtayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J. Nurmanov hamda viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi viloyat boshqarmasi vakillari ishtirok etib, marafon qatnashchilariga omad tiladilar.
Mazkur ommaviy yugurish musobaqalarida 2000 dan ortiq ishtirokchi (sportchilar, talabalar, o‘quvchilar, xorijiy mehmonlar va havaskorlar) qatnashib, o‘z toifalari bo‘yicha belgilangan masofalarni bosib o‘tishdi.
✔️
Silk Road Uzbekistan xalqaro turkumi sport, turizm va madaniyat uyg‘unligi orqali Buyuk Ipak yo‘lining madaniy-tarixiy merosini targ‘ib qilishga qaratilgan. 2026-yilda ushbu turkum mamlakatning sakkizta shahrini qamrab olib, sport turizmining yangi xaritasini shakllantiradi va aholining keng qatlamlarini faol turmush tarziga jalb etadi. Shu maʼnoda mazkur sport tadbirining Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida o‘tkazilgani alohida ahamiyat kasb etdi.
🏆
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
🔹
Shuningdek, musobaqada shijoat va matonati ko‘rsatganligi va maxsus belgilangan mezonlar asosida saralangan faol ishtirokchilar ham rag‘batlantiruvchi pul mukofotlari, maxsus sertifikatlar bilan ham mukofotlandi.
Rasmiy sahifalar:
✅
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|
🔹
You tube
Samarqand shahrida Milliy gvardiya safiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilarning “Vatanga qasamyod qabul qilish” marosimi
bo‘lib o‘tdi.
Samarkand.uz
|Telegram|
Facebook
|
Instagram|
YouTube
🔹
"YOSH CHEGARACHILAR" BELLASHUVI VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
9224-sonli harbiy qismda “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — Toyloq tumanidagi 50-umumta’lim maktabining “Temuriylar” jamoasi
🥈
2-o‘rin — Bulung‘ur tumanidagi 4-umumta’lim maktabining “Sohibqiron” jamoasi
🥉
3-o‘rin — Urgut tumanidagi 16-umumta’lim maktabining “Lochin” jamoasi qo‘lga kiritdi
Shuningdek, Toyloq tumanidagi 50-umumta’lim maktabining “Temuriylar” jamoasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Самарқандда китобхон ёшлар сараланди
“Ёш китобхон” танловининг вилоят босқичида 16 та шаҳар ва туманидан 3 та ёш тоифаси (10–14, 15–19, 20–30 ёш) бўйича ғолибликни қўлга киритган 48 нафар иқтидорли ёшлар беллашди.
Танлов якунига кўра, 10-14 ёш тоифасида Булунғур тумани вакили Диёра Мусурмонова 3-ўринни, иштихонлик Зарнигор Валиева 2-ўринни эгаллади. Пахтачи туманида Темур Фахриддинов 1-ўринни қўлга киритди.
15-19 ёш тоифаси бўйича пастдарғомлик Мехрибон Норпўлатова 3-ўринни, Нурмуҳаммад Мухторов 2-ўринни, Нарпай тумани вакили Шаҳзода Ўктамова 1-ўринни эгаллади.
20-30 ёш тоифасида Нарпай туманидан Ирода Сафоева 3-ўринни, Самарқанд шаҳридан Нозима Халилова 2-ўринни, булунғурлик Маржона Турсунмуродова 1-ўринни қўлга киритди.
Танловда 3-ўринни қўлга киритган иштирокчилар 3-даражали диплом ва планшет билан, 2-ўринни қўлга киритган иштирокчилар 2-даражали диплом ва ноутбук билан, 1-ўринни қўлга киритган иштирокчилар 1-даражали диплом ва Республика босқичига йўлланма билан тақдирланди.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izchil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilmoqda.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
Экологическая дипломатия государств Центральной Азии выходит на качественно новый уровень, приобретая системный и последовательный характер.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
📌
Samarqand yoshlari uchun Germaniya bilan yangi imkoniyatlar
Germaniyada o‘tkazilgan kasbiy ta’lim forumi doirasida Samarqand yoshlari uchun muhim istiqbolli tashabbuslar ilgari surildi:
▪️
Hamshiralik yo‘nalishidagi yoshlar uchun bepul nemis tili kurslari yo‘lga qo‘yiladi;
▪️
Xalqaro ta’lim dasturlari va til sertifikatsiyasi kengaytiriladi;
▪️
Texnikum o‘quvchilari Germaniya korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ladi;
▪️
Haydovchilar uchun bepul malaka oshirish dasturlari joriy etiladi;
▪️
Ilg‘or texnikumlarda Germaniya standartlariga mos ta’lim yo‘lga qo‘yiladi;
▪️
Nemis tilini o‘rganish uchun zamonaviy onlayn platforma ishga tushiriladi.
Ayni paytda Germaniyada 200 ga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar dual ta’lim tizimida tahsil olib, amaliy tajriba orttirmoqda.
💬
Azizbek Nasimov:
“Xalqaro hamkorlik yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va ularning bilim hamda ko‘nikmalarini global darajaga olib chiqadi.”
Samarkand.uz
|Telegram|
Facebook
|
Instagram|
YouTube
Samarqand, 1-qism | 20.04.2026
—
Самарканд, часть 1 | 20.04.2026
Samarqand, 2-qism | 20.04.2026
—
Самарканд, часть 2 | 20.04.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
проекта стратегии «Молодежь Нового Узбекистана – 2030».
#Mirziyoyev
#taqdimot
#yoshlar
#strategiya
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X