Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xushnudbek's blog)

Xushnudbek_kutubxonasi
Men doimo jannat kutubxonaga o‘xshagan joy bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman! ©️ Jorj Luis Borxes - Hammasi adabiyot va kitoblar haqida! Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi
Подписчики
2 250
24 часа
70
30 дней
750
Просмотры
359
ER
16,36%
Посты (30д)
10
Символов в посте
457
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Дизайн и творческие искусства
Краткое описание
February 28, 02:06
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Yangi kitob boshladim.
Bu amerikalik yozuvchi va shoir
Orion Carloto
tomonidan yozilgan kitob boʻlib, romantik va nostaljik hissiyotlarni poetik uslubda ifodalaydi.
Asardan muallifning hayotidan bo‘laklar, xotiralar, fotosuratlar, sevgi va yo‘qotish haqidagi fikrlarning poetik yig‘indisi joy olgan.
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 27, 09:44

​​

The Killer (Netflix film)
"Hamdardlik - zaiflikdir."
Har doim film tomosha qilib, zavqlanadigan insonlarga havasim kelgan. Men bu zavqni ko'pincha kitoblardan olaman. Lekin yaxshi film tomosha qilib nimadir olish yaxshi kitob o'qishday gap. Yaqinda shunday film tomosha qildim.
The killer
triller bo'lib, rejissyori David Fincher, bosh rolni Michael Fassbender ijro qilgan.
Film voqealari asosiy qahramon - nomi aytilmaydigan professional qotil atrofida kechadi. U Parijda bir topshiriq bajarishga chiqadi, ammo bir insonni o‘ldirish o‘rniga boshqa odamga jarohat yetkazadi. Bu xato uni o‘z ish beruvchilari va boshqa qotillar bilan murakkab va oqibatlari og‘ir bo‘lgan nizolarga tortadi.
Film sovuqqon qotilning
ichki psixologik portreti
, shuningdek,
sanoat qotilligi tizimi va uning salbiy oqibatlarini
koʻrsatishga qaratilgan. U qotillikni romantiklashtirmaydi, balki bu kasbning real bahosini berishga intiladi: u yerda tartib, qoidalar bor, ammo barchasi kutilmaganda
kaos va insoniy zaifliklar
bilan o’zgarishi mumkin.
Qahramon o‘zini sovuqqon, tartibli, his-tuyg‘usiz professional deb hisoblaydi. Lekin film shuni ko‘rsatadiki,
inson mukammal mexanizm emas
. Birgina xato butun tizimni buzadi. Demak, uning “men hech qachon xato qilmayman” degan ichki ishonchi aslida yolg‘on. Eng qizig’i shundaki, qahramon o‘zini empatiyasiz deydi, lekin sevgilisi kaltaklangach, u
shaxsiy intiqom yo‘liga o‘tadi
.
Film ataylab hissiy jihatdan “sovuq” ishlangan: emotsiya kam, musiqa minimal, dialoglar qisqa. Bu film hammaga ham yoqavermaydi. U sokin, sovuq va ichki monologlarga boy. Bu “action”ga to‘la film emas. U sabr talab qiladi. Shu sababli, harakatdan ko‘ra
qahramonning ichki fikrlarini, ruhiy ziddiyatini
kuzatishni yoqtiradigan insonlarga tavsiya qilaman.
⭐️
8/10
#kino_taqriz
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 25, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ilm tejamkorlik manbaidir. Elektr quvvati bilan vaqtni, yozuv bilan so’z va harakatlarni, ijtimoiy qonunlar bilan pulni, sog’liqqa oid qonuniyatlar bilan salomatlikni, aqliy qonunlar bilan zehn faoliyatini isrofdan saqlab qolamiz. Psixologik qonunlar haqida gapiradigan bo’lsak, u tufayli biz qo’lga kiritadigan manfaatlarni sanab tugatib bo’lmaydi.
- Charlz Kingsli
#mutolaa
#iroda_tarbiyasi
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 25, 09:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun nimaga ehtiyojimiz bor?
Boylikning katta ahamiyati yo’q, iqtidor, aql va obro’ juda ham zarur emas, hurriyatni ham juda kerak deb bo’lmaydi, hatto sog’lik ham yagona ehtiyoj emas. Lozim bo’lgan yagona ehtiyoj sog’lom xarakter va har tomonlama kuchga to’ldirilgan
baquvvar irodadir.
- Jon Lebbok
#mutolaa
#iroda_tarbiyasi
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 25, 09:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yurtga eng katta xizmatni uylarning shiftini emas, shaxslarning ruhiyatini yuksaltirish orqali ko’rsata olasiz, zero, faqirlarga xos boshpanalarda istiqomat qiladigan yuksak ruhiyatli insonlar baland ko’kshklarda yashiringan tuban asirlardan afzal ko’riladi.
- Epiktet
#mutolaa
#iroda_tarbiyasi
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 20, 18:58
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Ramazon mutolaasi (takroriy mutolaa)
Siz bu muqaddas oyni qaysi kitob bilan boshladingiz?
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 20, 01:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Dear Past, Thanks for all the lessons.
Dear Future, I am ready!
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi

February 11, 02:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Dunyoni tanqid qilishdan oldin o‘z uyingni tartibga sol!
#mutolaa
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

February 09, 07:46

#Nazm
Eshik yopilarkan eng so'nggi so'zing:
Xudoga qoldirib sizni omonat,
Ketyapman!
Ko'nglingiz tortmasmi xira?
Omon bo'l demoqqa yaraydi faqat-
Tilimning uchiga chiqqanday yara.
Bilsang, men o'smaga o'xshardim xuddi,
Sening vujudingni boryotgan siqib.
Mening hayotimdan ketganing yaxshi,
Hayoting izidan ketmasdan chiqib.
Yo'lning oxiriga turibman peshvoz,
Sening qadamlaring yo'lning boshida.
Hali boshingdan baxt sochadi quyosh,
Bir gul undirolsang hayot toshidan..
Bilarman, umrimning qaysidir yili-
Sening nafasingsiz kechadi arang.
Yil emas, yillarga nondek tatiydi,
Menga tatimagan shirin xotirang!
Biroq sen qoldirgan yarim yo'lakda,
Hamon ruhim ichra kezar darbadar.
Har kecha sen kiygan oppoq ko'ylakda-
Tushimda halinchak uchgan parilar!
©
Xushnudbek Hodiyev
21.08.2021.
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

February 09, 00:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

It's never too late to become who you want to be. I hope you live a life that you're proud of, and if you find that you're not, I hope you have the strength to start over!
➡️
@Xushnudbek_kutubxonasi