
Yozmoqdamiz...
#Atalgan
Men hayotimda yana bir bor bir insonga ko‘ngil qo‘ydim… Men sevgan inson menga begona emas edi u menga juda yaqin hatto qarindoshim edi Balki shu yaqinlik yuragimni battarroq bog‘lab qo‘ygandir. Shu sababli ham sevishimni ayta olmadim
Bilmasdan, asta-sekin unga mehr qo‘yib bordim. Kunlar o‘tgan sari uni yaxshi ko‘rib qolgandim. Bir muddat hech narsa demay kuzatdim — har tong quyosh chiqsa, uni yana bir bor ko‘rish umidi bilan yashardim.
Men uni nafs yo‘lida emas, halolim bo‘lishini niyat qilib sevdim. Yuragimdagi hislar pok edi, orzularim esa jiddiy. Ammo bugun bir qarorga keldim: sevishimni aytmaslikni tanladim. Chunki agar aytsam va u “yo‘q” desa, bugungi yaqinligimiz ham begonalikka aylanib ketishidan qo‘rqdim. Ertaga ko‘z ko‘zga tushganda, bir-birimizdan qochib yurish azobini ko‘tara olmasdim.
U bilan ko‘rishgan lahzalarimda esa ichimdan:
“Bir kun unga sevishimni aytaman”
— derdim. Ammo undan rad javobini olib, uni butunlay yo‘qotishdan qo‘rqardim. Bu qo‘rquv meni cho‘chitar, jim yurishim esa yuragimni ezardi. Hozir ham uning sevgani bormi yuqmi bilmayman bor bo’lsa Ikki kishining baxti uchun bir kishi o‘z baxtidan voz kechishi kerak bo‘lsa, balki bu mening sinovimdir.
Ammo shuni ham bilaman: agar u meni sevganida edi, men u uchun hammasiga tayyor edim. Unga erishish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilardim. Faqat u rozi bo‘lsa bas edi…
Bugun esa bitta qarorga keldim… Arosatda yashash insonni ichidan sindirar ekan. Shuning uchun undan uzoqroq bo‘lishni tanladim. Aytilmagan sevgi uzoq yashaydi, deyishadi — balki shundaydir…
Shu bois men uni qo‘yib yuboryapman — sevmasdan emas, balki chin sevganim uchun.
(Balki u hozir shu satrlarni o‘qiyapti, balki yo‘q…)
Lekin… bir haqiqatni inkor eta olmayman:
Men uni har kuni ko‘rgani shoshardim. U esa ko‘rishishni istamasdi. Uning menga qilgan muomalalaridan meni sevmaganini bilardim. Ammo baribir… uni sevishim o‘zimga yoqardi.
Unga
“sevaman”
desam, “yo‘q” deb ketib qolishidan qo‘rqardim; aytmasam, bir kun turmushga chiqib ketib, uni butunlay yo‘qotishimdan qo‘rqardim.
Sevgi shu — qo‘rquv bilan orzu orasidagi ingichka ipda yurish…
Shu ikki olam orasida qolganimda, ko‘nglimdan shuni his qildim:
sevgimning og‘rig‘i ham, shirinligi ham unga tegishli… ammo buni aytishni foydasiz ekanligini angladim, Yuragimda millionta so‘z bor edi, ammo tilimda faqat sukut qoldi.
Balki men sevaman, lekin aytolmayman. Balki u biladi, lekin sevolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, men uni yuragimdan o‘chira olmadim. Chunki ba’zi odamlar keta turib ham yuragingda qoladi… qolib turib ham seniki bo‘lmaydi.
Bu gaplarni bu yerda aytishim balkim notog’ridir, balkim o’zingga ayta olmaganim uchundir, ammo bu gaplarni senga aytolmaganim bilan yuragimda halol edi, Endi esa masofani hurmat bilan saqlayman, ammo
“Eshikni butunlay yopmadim”
ozgina bo’lsa ham umid uchquni bo’lsa Vallohi baxtim uchun oxirigacha boraman…!
Sening yaqining bo’lib uzoqdan sevuvchi insoning…)
Yozmoqdamiz
🪶
tunda uxlay olmayotganingda anglaysan, charchoq tanangda emas balki seni tinch qoʻymayotgan hayollaringda:
- Bazida hech kim hafa qilmasa ham mayus bo’lib qolasiz..!
Huddi bir honaga hech kim kirmasa ham chang bo’lib qolgani kabi..)
Yozmoqdamiz
🪶
- Oson erishilgan baxtning qadri bo’lmaydi..)
Yozmoqdamiz
🪶
Uning jigarrang ko’zlariga oshiq bo’ldim
👀
❤️
Yozmoqdamiz
🪶