Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
Mehrinoz Abbosovaning telegram kanali http://t.me/M_maktublar_bot Facebookda: https://www.facebook.com/abbasova.mehrinoz Instagramda: Instagram.com/mehrinoz_abbosova
Подписчики
2 150
24 часа
30 дней
Просмотры
16 201
ER
7,54%
Посты (30д)
Символов в посте
553
December 13, 06:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

***
Osmon oq gul sochar, vaʼdalar sochar
sodda daraxtlarning ko‘nglini xushlab.
Zamin ko‘rayotgan oppoq tushlarning
taʼbirin topmoqqa shoshilar qushlar.
Xazina otamning, olim otamning
chiroqsiz tunlarda qalami nishlar.
Shaharning yaltiroq davralarida
jarang sochaverar bo'm-bo'sh "idish"lar.
Hech yo‘q bo‘lsa edim bir o‘tin, bir has,
Yodim zulmatida onam qunishar.
Qishloqda ayollar tug‘ib charchamas,
O‘ylar tugamaydi, bitmas yumushlar.
Oqarib ko‘rinar maysalar nurday–
yorib chiqqan misol yerni sut tishlar.
Garchi qor ustiga qor yog‘ar bunda,
Yuragimda pinhon bir bahor qishlar.
✍️
MehrNoz
@abbosova_mehrinoz

December 12, 06:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌎
Birlashgan millatlar taraqqiyot dasturi bilan birgalikda yangi minimarafon tashkil etyapmiz.
Endi o’zbekcha Vikipediyada ayollar va ularning haq-huquqlari haqida ko’proq ma’lumot bo’ladi. Muhimi, bunga siz ham hissa qo’sha olasiz.
🌎
Marafon shartlari oddiy — siz
20-dekabr
dan
20-yanvar
ga qadar
oʻzbekcha Vikipediyadagi ayollarga oid maqolalar joylashingiz yetarli
!

Oʻz bilimlaringizni barchaga ulashishga shoshiling! Batafsil ma’lumot bilan
loyiha sahifasida
tanishing.
#bilganingni_ulash
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
@abbosova_mehrinoz

December 11, 14:40
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

***
O'zi ko'ksim to'lib turuvdi
Yomg'ir yog'di ustiga-ustak.

MehrNoz
P/s:
Videoni yuborgan
Venerega
rahmat! Shunaqa she’rim borligi umuman esimda yo’q edi, ochig’i.
@abbosova_mehrinoz

December 10, 17:58

#musiqali_yakshanba
Qo’llarni keeeng yozib, qanotga aylantirib, osmonga qarab aytiladigan sharqi….
Bu havaada gidilmez
Güneşli günde gidilmez
Aslında hiç gidilmez
Gidilmez
Son günüme kadar
Kalp durana kadar
Aşk mezara kadar
Beni unutma
Unutama inşallah
Unutursan kahrolurum
Dilerim öyle olmaz
Bu baharda gidilmez
Yağmurlarda gidilmez
Aslında hiç gidilmez
@abbosova_mehrinoz

December 10, 17:35

#musiqali_yakshanba
…Tesadüf gibi her gün yollarıma çıksaydın…
@abbosova_mehrinoz

December 10, 17:02

Men ham referendumdan keyin Konstitutsiya kitobimizga qaramadim, nimalar yozilganini bilmayman.
Yangi Konstitutsiyada nechta modda borligini bilmoqchi bo’lganlar uchun maxsus podkast:
https://youtu.be/Q9nai5oTyZA?si=6EuOqrMK70UHc2oC
P/s:Xushnudbek Xudoyberdiyevni avval “Zakovat”da ko’p ko’rardim, “Lolazor” podkastida ham ko’rayotganimdan xursandman. Hayotda ham uchrashib, suhbatlashish nasib qilsin.
@abbosova_mehrinoz

December 10, 12:25
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Betakror kitob taqdimoti bo’ldi.
07.12.2023-yil
@abbosova_mehrinoz

December 07, 16:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha kutilmaganda xabar yuborishdi. Bir she’rim ikki qardosh tilga chevirilibdi. Turkchaga o’girgan Alp Asli, ozarchalashtirgan Rehmen Ergenchga ko’pdan ko’p tashakkurlarim. O’zbekchasini izohda qoldiraman. Deyarli farq sezmadim men. Siz-chi?
Bakü sokaklarında
bitmiyordur bu yollar kadim
yüreğimde yetişir türkü
ilk kez gördüm, ebedi sevdim.
aradığım, bulduğum Bakü.
Hazar deniz, gir gözlerime,
şimdi bizi özlem ağlatır.
beşiğimiz ulu Turan'da,
Türkistan'ı büyüten derttir.
devam etsem, gitsem her nefes,
gezilere hazırdır çantam.
aşıkların şehiri olmaz
aşıklara her yerdir vatan.
ancak Bakü… başka hikaye,
ondan gönül kesilmiyor hiç.
benim sevgim bulmaz nihaye
bir kez geldim, gitmek imkansız…
————————————
BAKI KÜÇƏLƏRINDƏ
Köhnə yollar heç vaxt bitməyib,
Ürəyimdən cücərtir türkü.
Birdə görüb - əbədi sevdim
Axtardığım, tapdığım - Bakı.
Xəzər dəniz gəl gözlərimə
İndi bizi həsrət ağladır.
Beşiyimiz böyük Turanda
Böyüdəcək Türküstan dərdi.
Addımlayıb, getsəm hər nəfəs,
Səfər üçün hazırdır çantam.
Aşiqlərin şəhəri olmaz,
Aşiqlərə hər addım vətən.
Ancaq Bakı... digər hekayə,
Ondan ürək heç vaxt darıxmır.
Məhəbbətimin yoxdur sonu,
Min də gəldi, heç də getməzdir.
©
Mehrinoz
Ozarbayjon tiliga Rehman Ergench oʻgirmasi.
@abbosova_mehrinoz

December 06, 13:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Men o‘zimni senda suyarman,
goho topib, goho topmayin.
Seni topganimdan kuyarman,
kuyadirman topmagan sayin...
Adabiyot maydonida eng inja hislar va kechinmalarni izlab, haqiqiy sheʼriyat muhiblariga ulashib kelayotgan zabardast shoir va tarjimon— Faxriyorning “Izlam” toʻplami endi lotincha harflarda oʻquvchilarini kutmoqda!
Ertaga. Ushbu kitob taqdimotida kutamiz!
Manzil: Yoshlar ishlari agentligi
Vaqt: 7-dekabr soat 15:00
@abbosova_mehrinoz

December 06, 07:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Jamol Kamol
O‘zbekiston xalq shoiri
EY FALASTINLIK BOLAM...
(“Anvarmirzo hikoyatlari” kitobidan)
Ey falastinlik bolam, ey sen yuraklar nolasi,
Ey G‘azo tuprog‘ining qonlarga botgan lolasi,
O‘t-olovlar ichrasen, yurting jahon vayronasi,
Har tarafdin yer-u osmoningga tashlandi juhud,
Bir quturgan it kabi joningga tashlandi juhud.
Ko‘ylaging qon, ko‘kraging qon, manglaying qondir bu dam,
Mushtipar, sho‘rlik onang boshingda giryondir bu dam,
Yer-u ko‘k ham chorasiz, holingga hayrondir bu dam,
Chun ilon erdi, yovuz ajdarga aylandi juhud,
Sen go‘dakni bir yo‘la yutmoqqa shaylandi juhud...
Yoqdi jonimni o‘shal ma’yus yuzingda iltijo,
Mo‘ltirab, yoshlarga to‘lguvchi ko‘zingda iltijo,
Titraguvchi lablaring, unsiz so‘zingda iltijo,
Gar yiroqdin bo‘lsa ham bag‘rimga bosgaymen seni,
Qahramonim deb ko‘zim oqiga yozgaymen seni.
Jim turar qavming, agarchi necha milyondir ular,
Sen bani Odam dema, olifta hayvondir ular,
Garchi muslimdir og‘izda, nomusulmondir ular,
Ko‘rmagaylarmu yovuzlarning jafo-yu jabrini,
Necha yuzlab yosh go‘daklarning G‘azoda qabrini?
Qolmadi senga, bolam, jabr-u jafodin o‘zgasi,
Erta-kech ohu fig‘on-u iltijodin o‘zgasi,
Yo‘q magar, bo‘lmas panoh yolg‘iz Xudodin o‘zgasi,
Sen Xudoyim de, najotingni yuborgaydir Xudo,
Ul kasofat xaylini kulfatga qorgaydir Xudo!
Ey jahon ahli, bu ishning chorasin qilmoq kerak,
Haq jazosin ahli zolim bo‘yniga ilmoq kerak,
Lek juhud boshqa, yahudiy boshqadir, bilmoq kerak,
Qavmi Musodir yahudiy, or-nomus qavmidir,
Qavmi iblisdir juhud, makr-u tajovuz qavmidir...
02.09.2014-yil
@abbosova_mehrinoz