
Abdikarim Mirzayev
‼️
Sun’iy intellekt orqali shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
@abdikarim_Mirzayev82
Ilm yolg‘iz qolsa — kibrga aylanishi mumkinmi?
Ishq yolg‘iz qolsa — jinnilikka olib boradimi?
Unda ularni to‘g‘ri yo‘lga soladigan nima?
Javobi videoda.
Yaqinlar bilan ulashing
🕊️
@abdikarim_Mirzayev82
🇺🇿
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy yilning mart
oyida bo`lib o‘tgan asosiy tadbir va voqealar xususida
@abdikarim_Mirzayev82
Kechagi fikr bilan yangi tong otmaydi.
Tagi chizilgan jumlalar
🪶
@abdikarim_Mirzayev82
“Xilvat dar anjuman.”
— Shayx Bahovuddin Naqshband hazratlari.
Juda qisqa, lekin chuqur hikmat.
Inson odamlar orasida yashaydi: ishlaydi, gaplashadi, muomala qiladi. Hayot davom etadi.
Lekin qalbi Allohni unutmaydi.
Ya’ni tashqarida —
anjuman
,
ichkarida esa —
xilvat
.
Naqshbandiya yo‘lining mashhur hikmati ham shuni davom ettiradi:
“Dil ba yor, dast ba kor.”
Qalb Alloh bilan, qo‘l esa ish bilan.
Bugungi shovqinli zamonda bu hikmat yanada muhim.
Videoda shu hikmatga doir qiziq bir voqeani bo‘lishganman.
Ko‘rib, yaqinlaringiz bilan ham ulashing.
🕊️
@abdikarim_Mirzayev82
“Pul hamma narsa emas. Vijdon hamma narsa.”
Kechasi hamma narsa sekinlashadi.
Telefon jim. Odamlar yo‘q. Shunda har kim o‘z vijdoni bilan yuzlashadi.
Aynan shu payt eng halol hisobot boshlanadi. Chunki inson avvalo o‘ziga o‘zi guvoh.
Kun davomida turlicha ko‘rinishimiz mumkin. Lekin tunda filtr yo‘q. Ichimizda savol tug‘iladi: bugun qanday yashadim?
Bu og‘ir falsafa emas. Shunchaki o‘zing bilan yuzma-yuz qolish.
↩️
Yaqinlaringizga ham ulashing!
💬
@abdikarim_Mirzayev82
🇺🇿
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy yilning fevral oyida bo`lib o‘tgan asosiy tadbir va voqealar xususida.
#Mirziyoyev
#fevral
↩️
Yaqinlaringizga ham ulashing!
💬
@abdikarim_Mirzayev82
“O‘zimni bilimsiz his qilaman.”
Bu uyat emas.
Ustozlar, olimlar, katta asarlar oldida o‘zini bilimsiz his qilish o‘sishning boshlanishidir.
Muammo bilmaslikda emas.
Muammo bilmasligini tan olmaslikda.
O’zingizga razm solinh, bilimsizlik sizni to‘xtatyaptimi yoki harakatga undayaptimi?
Video shu haqida.
Doim izlanishda yurgan yaqin insoningiz bilan ulashing.
➡️
@abdikarim_Mirzayev82
Doiradan chiqib o‘rganing
🎯
“Muammoning ichida turib, uni to‘liq ko‘rib bo‘lmaydi.”
Ba’zida biz vaziyatni emas, o‘z pozitsiyamizni himoya qilamiz. Va o’zimizni shu bilan haq deb o’ylaymiz. Hissiyot aralashganda esa manzara yanada torayadi.
Bir qadam chetga chiqish — ko‘proq narsani ko‘rish degani.
Video aynan shu haqida.
Betaraf o’rganish va samimiy yondashuv.
Talaba yaqininguz bilan ulashing, zero foydasi tegsa.
➡️
@abdikarim_Mirzayev82