
KIMYO π ABDIYEV
π¬
Fanga yangi birikma qoβshildi!
Bugun katta quvonch bilan shuni maβlum qilmoqchiman: fanda ilgari maβlum boβlmagan yangi organik birikmani sintez qildik. Yangi birikmamiz Cambridge Crystallographic Data Centre (CCDC) bazasida CCDC 2528498 depozit raqami ostida saqlandi. Bu men uchun alohida quvonch β oβzbek olimi sifatida CCDC bazasiga yana bir yangi kristall tuzilmaning kiritilgani katta natija.
π
Yangi birikma haqidagi ilmiy maqolamiz xalqaro Journal of Molecular Structure jurnalida (Elsevier, Scopus) chop etildi.
π
ScienceDirect:
https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0022286026024130
Tadqiqot davomida ilgari fanga maβlum boβlmagan furan-pirazolin gibrid birikmasi β
methyl 1-(furan-2-carbonyl)-5-hydroxy-5-phenyl-4,5-dihydro-1H-pyrazole-3-carboxylate
sintez qilindi. Uning molekulyar formulasi CββHββNβOβ
.
Bu natijaga kelish esa oson boβlmadi. Uyqusiz tunlar, laboratoriyada oβtgan kunlar, qayta-qayta bajarilgan tajribalar, kerakli kristallni olish uchun qilingan koβplab urinishlar, hisob-kitoblar, tahlillar va, albatta, taqrizchilarning talablariga javob berish jarayonlari β bularning barchasi ushbu ishning bir qismi boβldi.
Yangi birikmaning tuzilishi FT-IR, ΒΉH NMR, ΒΉΒ³C NMR va single-crystal X-ray diffraction (SC-XRD) usullari yordamida kompleks ravishda oβrganildi. X-ray tahlili birikmaning kristall holatda yopiq halqali pyrazoline shaklida mavjudligini va kristall tuzilmasida Zβ² = 2 ekanini koβrsatdi. Molekula ichidagi va molekulalar orasidagi OβHΒ·Β·Β·O=C vodorod bogβlari kristall packing jarayonida muhim rol oβynashi aniqlandi.
Tadqiqotning eng qiziqarli jihatlaridan yana biri β ringβchain tautomerism. DFT hisob-kitoblari gaz fazasida ochiq zanjirli hydrazone shaklining energetik jihatdan qulayroq ekanini koβrsatdi. Biroq real kristall tuzilmasida yopiq halqali pyrazoline shakli kuzatildi. Ushbu farq vodorod bogβlari va kristall packing taβsiri bilan izohlandi.
Bundan tashqari, birikmaning Hirshfeld surface analysis, DFT, HOMOβLUMO, MEP, ADMET va molecular docking tadqiqotlari ham amalga oshirildi.
Ayniqsa, in silico molecular docking natijalari yangi birikmaning EGFR va HER2 kabi onkologiyada muhim boβlgan tirozin kinaza nishonlari bilan oβzaro taβsirlashish imkoniyatini koβrsatdi. ADMET va docking natijalari ushbu molekulani rakka qarshi dori vositalarini izlashda potensial nomzod sifatida keyingi tadqiqotlar uchun qiziqarli birikma ekanligini koβrsatdi.
π
Maqola:
B. Abdiev, M.A. Tursunov, B.B. Umarov, F. Tilavova, K. Ibrohimov.
Ringβchain tautomerism of a novel furan-pyrazoline hybrid: crystal structure, DFT, and in silico studies.
Journal of Molecular Structure, 1381 (2027), 147661.
π
DOI:
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2026.147661
π
CCDC: 2528498
Bu hali boshlanishi. Yana bir nechta yangi birikmalarimiz borβ¦
π¬
π§ͺ
Ilm yoβlida yangi moddalar, yangi kristallar, yangi strukturalar va yangi natijalar sari davom etamiz.
π
Mehnat davom etadi. Ilm davom etadi.
β€οΈ
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
189 ball
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram
Sarvar
π
#natijalar
β
Telegram
πΊ
YouTube
π±
Instagram