Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abdulaziz Muhammad

abdulaziz_muhammadi
Dunyoni o’zgartirmoqchi bo’lgan inson o’zgarishni o’zidan boshlashi kerak. 📚
Подписчики
2 671
24 часа
30 дней
-53
Просмотры
698
ER
26,13%
Посты (30д)
9
Символов в посте
1 068
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 04, 13:37

YANGI VIDEO E’LON QILINDI!
“SIZNI BOY QILADIGAN 10 QADAM”
Boylik faqat ko‘p pul topish emas. To‘g‘ri fikrlash, odatlar va kundalik qarorlar ham moliyaviy kelajagingizni belgilaydi.
🎬
Yangi videomizda
sizni moliyaviy jihatdan kuchliroq qilishga yordam beradigan 10 ta muhim qadam
haqida gaplashdik.
Siz aziz muxlislarimizga video
manzur bo‘ladi degan umiddamiz!
Videoni tomosha qiling va
fikr-mulohazalaringizni kommentariyada yozib qoldiring.
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
🎥
Videoni ko‘rish:
https://youtu.be/0m6TBD_ju1k
YouTube’da tomosha qilish⁠

September 01, 10:23
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

MAHR UCHUN ENG GO‘ZAL TANLOV
Bo‘lajak ayolingizga
mahr sifatida
tilla yoki qimmatbaho buyumdan ham ko‘ra, umr bo‘yi qadri ortib boradigan hadya bering.
📖
Nafis bezakli yog‘och Qur’on qutisi
— Qur’onni asrab-avaylash uchun yaratilgan, ko‘rkam va o‘ziga xos sovg‘a.
Mahr uchun — ma’noli.
Ayolingiz uchun — unutilmas.
Oilaviy hayotingiz uchun — barakali ramz.
Mahr — shunchaki beriladigan narsa emas.
U sizning ayolingizga bergan ilk go‘zal va’dangiz.
Qur’onu Karim:
Yuqori va pastki muqova bezaklari 24 karat mikron oltin qoplama hamda qizil, yashil va feruza aqiq toshlari bilan bezatilgan.
O‘lchami:
12,5 × 16,5 × 4 sm.
Qur’onu Karim qutisi:
Massiv yog‘ochdan tayyorlangan qutining qopqog‘i va yon yuzalari 24 karat mikron oltin qoplama, qizil, yashil va feruza aqiq toshlari bilan bezatilgan.
O‘lchami:
23,5 × 20 × 9 sm.
Qimmatbaho toshlar:
Ushbu asarda turli o‘lchamlardagi jami
136 dona qimmatbaho tosh
ishlatilgan:
100 dona feruza, 36 dona qizil va yashil aqiq toshi
.

August 31, 13:53
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🅰️
2️⃣
0️⃣

0️⃣
0️⃣
🎙
“Ufq” podkastining ilk sonini tomosha qiling!
Birinchi sonimiz mehmoni jurnalist Saidolimxon Turdiboyev bo‘ldi.
Boshlovchilar Muhammad Temur A’zam va Sanjar Shams bilan bo‘lgan suhbatda futbol, jamiyatdagi muammolar, ustozga ehtirom, ilm va ma’rifatni targ‘ib qilish kabi muhim mavzular haqida fikr almashildi.
20:00 dan boshlab tomosha qiling
😊
🎥
To‘liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qiling.
@ufq_podcast

August 26, 11:00

FAQAT 10 KUN! 10 TA BUYURTMACHI!
Reklama berishni rejalashtirganlar uchun maxsus taklif!
🚀
💥
Barcha reklama narxlariga — 50% CHEGIRMA!
📅
Faqat 10 kun
👥
Faqat 10 ta buyurtmachi
💰
50% chegirma
Mahsulotingiz, xizmatingiz yoki loyihangizni mening
Instagram sahifam va Telegram kanalim
orqali auditoriyaga taniting.
⚠️
10 ta buyurtmachi to‘lgach, 50% chegirma yakunlanadi.
📩
Reklama buyurtma qilish uchun
shu yerga yozing:
👉
@abdulazizmuhammadiyy
10 kun. 10 ta joy. 50% chegirma.

August 26, 11:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

August 19, 11:53

ERKAK HAYOTDA BILISHI KERAK BO‘LGAN 12 KO‘NIKMA
Erkaklik faqat kuchli bo‘lish yoki pul topish emas. Hayotda o‘zini, oilasini va qarorlarini boshqara olish ham erkakning mas’uliyatidir.
1. Hissiyotlarini boshqarish
G‘azablanganida baqirmaslik, xafa bo‘lganida noto‘g‘ri qaror qilmaslik. Hissiyotini his qilish, lekin uning quliga aylanmaslik.
2. Og‘ir vaziyatda sovuqqon qolish
Muammo paytida vahima emas, yechim izlash. Hamma sarosimaga tushganda vaziyatni xotirjam tahlil qila olish.
3. Moliyaviy savodxonlik
Pul topishning o‘zi yetarli emas. Byudjet tuzish, xarajatni nazorat qilish, jamg‘arish, investitsiya va qarzlarning mohiyatini tushunish kerak.
4. “Yo‘q” deyishni bilish
Hamma odamni rozi qilishga urinish — kuch emas. O‘z vaqti, qadriyati va chegaralarini himoya qila olish muhim.
5. So‘zida turish
Va’da berish oson. Aytilgan gapni bajarish esa xarakter masalasi. Ishonch aynan shu narsadan quriladi.
6. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqmaslik
Doim kimningdir e’tiboriga, tasdig‘iga yoki hamrohligiga muhtoj bo‘lmaslik. O‘zi bilan yolg‘iz qolib, fikrlarini tartibga sola olish.
7. Sog‘lig‘iga qarash
Sport, to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu va muntazam tibbiy tekshiruvlarni e’tiborsiz qoldirmaslik.
8. Biror hunarni chuqur bilish
Qo‘li bilan biror narsani tuzata olish, texnikani tushunish, muzokara qilish, savdo qilish yoki kasbiy mahoratga ega bo‘lish — hayotda juda kerak.
9. Vaqtini boshqarish
Kunini telefon, bekorchi suhbat va behuda kontentga berib yubormaslik. Muhim ishni muhimligicha ko‘ra olish.
10. Konfliktni to‘g‘ri boshqarish
Har bir tortishuvni urushga aylantirmaslik. Qachon gapirish, qachon jim qolish va qachon ketish kerakligini bilish.
11. Mustaqil qaror qabul qilish
Maslahat olish — zaiflik emas. Ammo oxir-oqibat o‘z hayoti uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish kerak.
12. Oilasi uchun mas’uliyat olish
Erkakning eng katta kuchi — faqat o‘zi uchun emas, yaqinlari uchun ham ishonchli inson bo‘la olishida.
Haqiqiy kuch — boshqalarni boshqarishda emas, avvalo o‘zingni boshqara olishda.
Sizningcha, bu ro‘yxatda yana qaysi ko‘nikma bo‘lishi kerak?
Saqlab qo‘ying. Bir kun kelib bu ko‘nikmalarning har biri kerak bo‘ladi.

August 19, 09:42
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kezdim Halab ila Shomni
Ayladim ilm talab
Magarki ilm bir hichmish
Illo adab illo adab
Kirdim ilm majlisiga
Ayladim qildim talab
Aytdilar ilm ortingda
Illo adab illo adab

August 18, 08:06

DARSDA KO‘P O‘TIRISH — KO‘P NARSA O‘RGANISH DEGANI EMAS.
Ba’zan 2-3 soat dars qilamiz, lekin ertasi kuni kecha o‘qiganlarimizning yarmini eslay olmaymiz.
Kitobni qayta-qayta o‘qiymiz — lekin mavzu yodda qolmaydi.
Dars paytida hammasi tushungandek bo‘ladi, imtihonda esa savol qarshisida xayol bo‘shab qoladi.
Muammo har doim ham
ko‘p o‘qimayotganimizda emas.
Ko‘pincha muammo —
noto‘g‘ri o‘qiyotganimizda.
Sifatli dars qilish uchun ko‘proq vaqt emas,
to‘g‘ri usul
kerak.
Shu sababli yangi videomda dars qilish va o‘rganish jarayonini ancha samarali qilishga yordam beradigan
8 ta ilmiy usul
ni jamladim.
8 usulni bu yerda aytmayman.
😉
🎥
Sifatli Dars Qilishning 8 Ilmiy Usuli
👉
https://youtu.be/92WBpyEXOFE
Agar o‘qishga ko‘p vaqt sarflab, lekin natijangiz bundan kam bo‘layotgan bo‘lsa — bu videoni albatta ko‘ring.

August 14, 09:50
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

“Sening nigohingda yongandek bo‘ldim,
Surating qarshisida so‘ngan bir shamman...”
🌸
Adabiyotshunos Olim Oltinbek qalamiga mansub
“Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi”
deb nomlangan ilmiy-tadqiqot va adabiy-tanqidiy asardir.
🖌
“Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi”
— XX asr oʻzbek she’riyatining eng yorqin, isyonkor va betakror vakillaridan biri boʻlmish Rauf Parfi ijodiga bagʻishlangan mukammal ilmiy-tahliliy asar hisoblanadi.
Kitobda shoirning she’riy dunyosi, uning badiiy-estetik qarashlari va oʻzbek she’riyatiga olib kirgan novatorlik tamoyillari chuqur adabiyotshunoslik rakursida tahlil qilinadi.
🩷
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 296 bet;
• Narxi - 60.000 soʻm.
🚗
Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻
@qamar_delivery
🌐
qamar.uz
+998781136913
+998998454400
📌
Manzillar:

Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi
.

Seoul Mun koʻngilochar savdo mar
kazi, 1-qavat.
Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida
.
@qamarbooks

August 12, 10:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

QIYOS: BAХTSIZLIK SABABIMI?
Qiyos haqida doim yomon fikrda bo‘lmaganman.
Chunki ilmda qiyos bor. Kimdir sendan ko‘proq ilmli bo‘lsa, unga qarab o‘rganasan. Qur’on yodlashda qiyos bor — boshqalar ko‘proq yodlaganini ko‘rib, sen ham harakat qilasan. Ibodatda, yaxshilik qilishda, saxovatda ham o‘zingdan yaxshiroqlarga qarab intilish bor.
Bunday qiyos insonni
o‘sishga undaydi.
Ammo qiyosning yana bir turi bor. U esa insonni ichidan yemiradi:
“Nega unda bor, menda yo‘q?”
Iblis Odam alayhissalom bilan o‘zini qiyos qildi va:
“Men undan yaxshiroqman”
, degan kibrga bordi.
Qobil ham Hobil bilan o‘zini qiyosladi. “Nega uniki qabul bo‘ldi-yu, meniki bo‘lmadi?” degan hasad va g‘azab oxir-oqibat uni dahshatli jinoyatga olib bordi.
Bugun esa biz bu qiyosning oqibatlarini oilalarimizda ham ko‘ryapmiz.
Er boshqa ayollarga qarab xotinini baholayapti.
Ayol boshqa erkaklarga qarab eridan norozi bo‘lyapti.
Kimdir qo‘shnisining uyini ko‘rib, o‘z uyini yoqtirmay qo‘yadi.
Kimdir boshqalarning mashinasini ko‘rib, o‘z mashinasidan uyaladi.
Kimdir Instagramdagi “mukammal hayotlar”ni ko‘rib, o‘zining oddiy hayotini baxtsizlik deb qabul qila boshlaydi.
Lekin bir narsani unutamiz:
Biz boshqalarning hayotidagi ko‘rinadigan ne’matlarni o‘zimizning hayotimizdagi ko‘rinadigan kamchiliklar bilan solishtiryapmiz.
Sen uning chiroyli uyini ko‘rding, lekin uydagi muammolarini ko‘rmading.
Sen uning pulini ko‘rding, lekin qanday sinovlardan o‘tayotganini bilmaysan.
Sen uning oilasini ko‘rding, lekin oilasining ichini bilmaysan.
Sen uning Instagramdagi baxtini ko‘rding, lekin kamera o‘chirilgandan keyingi hayotini bilmaysan.
Eng achinarlisi esa, biz boshqalarning ne’matini sanab o‘tirib,
o‘zimizdagi ne’matlarni unutib qo‘yamiz.
“Nega unda bor, menda yo‘q?”
deyishdan oldin:
“Menda bor, unda esa yo‘q narsalar-chi?”
deb o‘ylab ko‘rish kerak.
Balki Alloh unga bergan narsani sizga bermagandir.
Ammo sizga bergan ne’matlarni ham unga bermagandir.
Baxt hamma narsaga ega bo‘lishda emas.
Baxt — qo‘lingizdagi narsaning qadrini bilishda.
Qanoat — orzu qilmaslik yoki rivojlanmaslik degani emas.
Qanoat —
harakat qilayotgan paytingizda ham Alloh bergan ne’matlardan norozi bo‘lmaslik.
Shuning uchun o‘zingizni boshqalar bilan qiyoslayotganingizda bir savol bering:
“Bu qiyos meni yaxshiroq inson qilyaptimi yoki bor narsamdan norozi qilyaptimi?”
Agar u sizni ilmga, ibodatga, yaxshilikka va harakatga undayotgan bo‘lsa — undan foydalaning.
Agar u sizni hasadga, noshukrlikka, oilangizdan norozilikka va qalbingizdagi xotirjamlikning yo‘qolishiga olib kelayotgan bo‘lsa — undan uzoqlashing.
Chunki hayotda sizdan ko‘proq narsaga ega insonlar doim bo‘ladi.
Lekin sizdan kam narsaga ega insonlar ham doim bo‘ladi.
Qaysi tomonga qarashingiz qalbingizdagi qanoatni belgilaydi.
Balki siz bugun kimningdir hayotiga havas bilan qarayotgandirsiz.
Ammo kimdir sizning bugungi hayotingizga havas bilan qarayotgandir.
Shukr qiling. Qanoat qiling. Harakat qiling.
Va eng muhimi:
Boshqalarning ne’matlarini sanab o‘tirib, o‘zingiznikini unutib qo‘ymang.