Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abloguz — marketing & kontent marketing

abloguz
Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin
Подписчики
3 400
24 часа
-2
30 дней
-136
Просмотры
307
ER
9,03%
Посты (30д)
72
Символов в посте
282
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
MAМаркетинг
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Маркетинг и продажи
Краткое описание
October 26, 14:40

Olaman desa yoki beraman desa ham…
Bir onda bo’lib ketishi mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qilsak bo’ladi…

October 26, 04:16
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kaspi brendi Djeki Chan bilan reklamani yorvorishdi.
Unga qozoqcha "
Jakejan
" isminiyam berishibdi.
Kaspi Jeki Chan yangi sur'atga olayotgan filmini bosh hamkoriga aylandi.
Djeki Chan esa bankni faxriy mijoziga aylandi.
Siz esa brendingizga tushunarsiz reklamalar olib yuribsiz.
Auditoriyaga o‘zini tilida gapiring.
@abloguz
— eplab bo’lmas daraja sari

October 25, 14:36

Nazarboyev Universiteti

October 25, 05:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SMM menejermisiz?
Ko’zida olovi bor SMM menejerlarni, Krutoy brendlarda INHOUSE ishlashga taklif qilayabmiz…
Qiziq bo’lsa aloqaga chiqing:
@abloguz_admin
@abloguz
— eplab bo’lmas daraja sari

October 24, 14:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Qanday"ni biladigan odamlar "nimaga"ni biladigan odamlarning qo'lida ishlaydi.
Bu qoida Marketingda ham ishlaydi.
Reklama sozlashni, video montajni biluvchilar ko'p.
Lekin "nima uchun aynan shu reklama, aynan shu auditoriyaga?" degan savolga javob beradiganlar kam.
O'zingizga bir savol bering: siz qaysi biri bo'lmoqchisiz?)

October 23, 15:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Smartfonning asosiy vazifalaridan biri vaqtimizni tejash.
Taksini 10 soniyada chaqiramiz, to’lovni bir bosishda qilamiz…
Endi o’z biznesingizga qarang.
Mijoz sizdan buyurtma berishi uchun necha qadam qilishi kerak? Qo’ng’iroq, kutish, qayta qo’ng’iroq, “menejer hozir yo’q”…
Odamlar endi kutishni yoqtirmaydi. Kim mijozning vaqtini tejasa, o’sha sotadi.
Sizda buyurtma necha daqiqada qabul qilinadi?

October 22, 04:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Informatsiya har xil bo'ladi: to'g'ri va noto'g'ri, foydali va foydasiz.
Foydali noto'g'ri — foydasiz to'g'ri.
Marketingda buni har kuni ko'raman. 100 betlik "to'g'ri" hisobot o'qilmay qoladi, bitta foydali raqam esa qaror qabul qildiradi.

October 21, 04:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MVP, ya'ni "minimal yashovchan mahsulot".
Bozorga chiqish uchun kerak bo'lgan eng kam, lekin ishlaydigan narsa.
Ko'p tadbirkor oylab sayt qildiradi, logotip chizdiradi, ofis jihozlaydi…
Keyin bilsa, bozorga bu mahsulot kerak emas ekan.
MVP boshqacha ishlaydi.
Avval eng oddiy variantni chiqarasiz va bitta savolga javob olasiz: odamlar bunga pul to'laydimi?
To'lasa, keyin chiroyli qilasiz.
Mukammal bo'lishi shart emas, tez bo'lishi kerak.

October 20, 03:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hayot har tong qaytadan boshlanadi…
Kecha reklama ishlamadi, lid kam keldi…
Hammasi tugadi degani emas.
Bugun yangi kreativ, yangi test.
Har kuni bitta kichik narsani tuzatib borsangiz, bir oyda natija boshqacha bo'ladi)
Asosiysi kayfiyatni cho’ktirmang)

October 19, 04:33

Instagramga har kuni nimadir chiqarib turish hali marketing degani emas.
Postlarning bitta vazifasi bor:
odamni sotib olishga tayyorlash.
U o'z muammosini ko'rsin, sizga ishonsin, nega aynan sizdan olishi kerakligini tushunsin, "qimmat-ku", "keyinroq" degan shubhalari yo'qolsin.
Buni esa "menimcha shunday yaxshi" deb emas, mijozni o'rganib turib qilinadi.
O'zi sizning sahifangiz odamni sotuvga olib boryaptimi yoki shunchaki to'lib boryaptimi?)
@abloguz
— eplab bo'lmas daraja sari