Adpi.uz | Rasmiy kanal
Bobur shaharchasida volontyorlar ishtirokida hashar o‘tkazildi
Bugun, 14-mart kuni
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq xayriya hashari doirasida Andijon davlat pedagogika instituti volontyor yoshlari Bobur shaharchasi hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Volontyorlar hududdagi jamoat joylari, yo‘laklar va yashil maydonlarni tozalash, tartibga keltirish ishlarida faol qatnashdilar.
Shuningdek, hududdagi daraxtlar atrofi tozalanib, atrof-muhitni obod qilishga qaratilgan ishlar bajarildi. Yoshlarning bunday tashabbuskorligi jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish hamda mahalla hududlarining yanada fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
ADPIning Zulfiyaxonim qizlari
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
Rektor Olimpiadasi: haftaning ramziy jamoasi e’lon qilindi
Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor Olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan futbol musobaqasining 1-tur o‘yinlari yakuniga ko‘ra haftaning ramziy jamoasi e’lon qilindi. Maydondagi faolligi, yuqori mahorati va jamoasiga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turgan futbolchilar quyidagi tarkibda qayd etildi:
Nafasov Baxtishod
– “Myunxen” jamoasi darvozaboni
Salaydinov Dilshodbek
– “Universal” jamoasi himoyachisi
Qosimov Xojiakbar –
“Qalqon” jamoasi himoyachisi
Ikromov Samar
– “Sparta” jamoasi hujumchisi
Alijonov Jamshid
– “Amaliy matematika 2-bosqich” jamoasi hujumchisi
Ushbu futbolchilar o‘zlarining samarali o‘yini orqali haftaning eng yaxshi futbolchilari sifatida e’tirof etildi.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
Rektor Olimpiadasi: futbol musobaqasining 1-tur o‘yinlari yakunlandi
Andijon davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan
“Rektor olimpiadasi”
doirasidagi futbol musobaqasining 1-tur uchrashuvlari keskin va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi. Ikki kun davom etgan o‘yinlarda jamoalar hujumkor futbol namoyish etib, muxlislarga qiziqarli bahslar taqdim etdi.
Turning eng sermahsul uchrashuvi
“Koordinatorlar”
hamda
“Amaliy matematika 201”
jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda “Amaliy matematika 201” jamoasi hujumda juda faol o‘yin ko‘rsatib,
5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi
. Shuningdek,
“Pedagogika 3-kurs”
–
“MG’Maht 1-kurs”
(3:0) va
“Qalqon” – “Realchilar”
(3:0) uchrashuvlarida ham yirik hisoblar qayd etildi.
Qiziqarli o'yinlardan biri
“Legenda” – “Tanishlar”
o‘rtasidagi bahs bo‘lib, unda “Legenda” jamoasi 3:1 hisobida ustun keldi.
“Tarix 4-kurs” – “Tarix 1-kurs”
uchrashuvida esa tajribaliroq
"Tarixchi talabalar"
g‘alaba qozondi. 4:2
“Kimyogarlar” – “Arsenal”
hamda
“Universal” – “Storm ADPI”
jamoalari o'rtasidagi bahs bir xil 2:0 hisobida yakunlandi.
“Tarix 2-kurs”
jamoasi esa
“Pedagogika 2-kurs”
ustidan 2:1 hisobida ustun keldi.
Turning ayrim uchrashuvlarida jamoalar murosa yo'lini tanladilar:
Amaliy matematika 1-kurs – Tarixchilar (0:0),
Ximik – Sparta (2:2),
Tarix kechki – Geografiya 3-kurs (1:1),
Myunxen – Geografiya 4-kurs (1:1).
Shu tariqa 1-tur o‘yinlari yakunlandi. guruh bosqich o'yinlari davom etadi. Hali oldinda javob o'yinlari ham bor demak, hali jamoalarda imkoniyatlar yetarlicha. Musobaqaning keyingi bosqichlarida yanada keskin va qiziqarli bahslar kutilmoqda.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
Andijon davlat pedagogika institutida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashar davom etmoqda
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
Andijon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari Bobur shaharchasida hasharda ishtirok etdilar
Bugun, 14-mart kuni Andijon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Bobur shaharchasida obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar.
Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash va yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, jamoat joylari va yo‘laklar tartibga keltirilib, yashil hududlar tozalandi, atrof-muhitni dekorativ bezatish ishlari olib borildi. Shuningdek, hududdagi mavjud bo‘sh maydonlarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik muhitni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ezgu tadbirda institut jamoasining faol ishtiroki hududlarning yanada obod bo‘lishiga xizmat qilish bilan birga, talaba-yoshlar qalbida tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga ham zamin yaratmoqda.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
🟦
🟦
Gender tenglik: barqaror rivojlanishning asosi
Andijon davlat pedagogika institutida “Gender tengligi – barqaror rivojlanish asoslaridan biri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi Fuqarolik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida “Iqbol” gazetasi tahririyati hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘tkazilgan seminarda loyiha tashkilotchilari, ekspertlar, institut professor-o‘qituvchilar, talabalar, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Batafsil:
https://uza.uz/posts/831534
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
🟦
🟦
Talaba-yoshlar hasharda faol
Andijon davlat pedagogika institutida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik va faollikda o‘tmoqda.
Hasharda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda.
📰
Batafsil:
https://uza.uz/posts/831696
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube
Andijon davlat pedagogika institutida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashar davom etmoqda
Bugun, 14-mart kuni Andijon davlat pedagogika institutida
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda. Mazkur hashar mamlakatimizda hududlarni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar doirasida o‘tkazilmoqda.
Hashar jarayonida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, ta’lim muassasasi hududini yanada obod va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Tadbir davomida institut hududi va unga tutash maydonlarda tozalash ishlari olib borilib, yashil hududlar tartibga keltirildi, gulzorlar parvarish qilindi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, hashar davomida bo‘sh maydonlarga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududning ekologik muhitini yaxshilashga qaratilgan ishlar bajarildi. Bu esa nafaqat institut hududining obodligini ta’minlash, balki yoshlar orasida tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.