
Afisha.uz - Poytaxt tadbirlari
Ilon Mask SIda yaratilgan "Odisseya"ning birinchi qismini taqdim etdi.
xAI kompaniyasi Grok Imagine video generatori yordamida yaratilgan “Odisseya"ning yetti daqiqalik epizodini e’lon qildi. Video Grok Imagine’ning X’dagi rasmiy akkauntida
e’lon qilindi
.
Unda, shuningdek, loyiha Wonder Studios va rejissyor Deva Uoker ishtirokida yaratilgani aytiladi.
Batafsil:
https://www.afisha.uz/uz/cinema/2026/10/26/odyssey-series-made-grok-uz
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Rejissyor Zulfiqor Musoqovga Yangi Toshkentdan 3 xonali xonadon berildi.
Rejissyor Zulfiqor Musoqovga prezident sovgʻasi sifatida Yangi Toshkent hududida qurilayotgan koʻp qavatli uylardan 3 xonali xonadon
berildi
.
Batafsil:
https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/10/26/musoqov
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
"Dyuna 3" filmidagi roli uchun Zendaya nomzodi "Oskar" mukofotiga qoʻyiladi.
Zendaya “Dyuna 3” filmidagi Chani roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida Oskar mukofoti uchun nomzodi
qoʻyiladi
.
Chanining hikoyadagi roli uchinchi qismda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Film voqealari Pol Atreides (Timoti Shalame) imperiyada hokimiyatni qo‘lga kiritganidan deyarli 20 yil o‘tgach sodir bo‘ladi. Endi Pol o‘z hukmronligining oqibatlari bilan to‘qnashishi kerak bo‘lgan shafqatsiz imperatordir. Yangi tahdidlar, fitnalar va yaqinlashib kelayotgan qo‘zg‘olon fonida Chani muhim sirning markazida qoladi.
Batafsil:
https://www.afisha.uz/uz/celebrities/2026/10/26/zendeya-uz
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Cool Show
📍
“Sahna” stendap klubi
📆
30-oktyabr, 19:00
Stendap klubda “Cool Show” nomli improvizatsion shou
boʻlib oʻtadi
.
Shou maxsus mehmoni — rejissyor Sarvar Karimov. Dasturda rezidentlar istalgan tomoshabin bilan tanishib, suhbat quradi.
Chiptalar narxi: 50 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha.
Murojaat uchun:
(+998) 95−545−0303.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
"Yulduzlar oqshomi" gala konserti
📍
Milliy kino san'ati saroyi
📅
21-noyabr, 19:00
Mashhur ijrochilar ishtirokidagi tanish qoʻshiqlar yangraydigan, jonli ijro etiladigan va bayramona muhitdan iborat musiqiy oqshom
boʻlib oʻtadi
.
Chiptalar narxi: 200 000 soʻmdan 300 000 soʻmgacha.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Toshkentda BRT qurilishi sababli ikkita yo‘lda harakat cheklandi.
25-oktyabr kuni Toshkent shahrida Yangi Sergeli ko‘chasi va Amir Temur shoh ko‘chasida BRT avtobus yo‘laklarini qurish ishlari
boshlandi
.
Sergeli tumanida Yangi Sergeli ko‘chasining Choshtepa ko‘chasi bilan kesishmasidan SOUEAST xizmat ko‘rsatish markazigacha bo‘lgan 1 368 metr uzunlikdagi qismida quriladi.
Batafsil:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/10/26/brt-uz
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
“Paxtakor” — “An Nassr” futbol uchrashuvi
📍
"Paxtakor" stadioni
📅
2-noyabr, 18:45
Elit Osiyo chempionlar ligasi doirasida "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "An Nassr" jamoasini
qabul qiladi
.
Chipta narxi: 100 000 so‘mdan boshlanadi.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Toshkentda ish haftasi iliq boʻladi.
Ish haftasi boʻlgan 26-30 oktyabr kunlari uchun Toshkent shahrida kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti
e'lon qilindi
.
Batafsil:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/10/26/weather-uz
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Magic Safariʼda qushlar shoulari
📍
Magic Safari
📆
25-31 oktyabr
Qushlar shousida 50 dan ortiq rang-barang to‘tiqushlar ishtirok etadi. Koʻrgazma soat 15:00 va 17:00 da
bo‘lib o‘tadi
.
Park chiptalari narxi 50 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha, shoular narx ichiga kiritilgan.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Astronomiya kunlari
📍
Toshkent planetariysi
📆
18-oktyabr–18-noyabr
Planetariyda bolalar va kattalar uchun kosmik dastur — Astronomiya kunlari
bo‘lib o‘tadi
.
Dastur davomiyligi — bir yarim soat. Seanslar har kuni soat 11:00, 13:00 va 15:00 da o‘tkaziladi.
Chiptalar narxi: 95 000 so‘m.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube