
605 Agency
Mijozlarimizga rahmart*
Texnomart* 17 yoshga to‘ldi va bu bayramda mijozlar hissasi katta.
Shunga, kompaniyaning tug‘ilgan kunida uni hozirgacha ishlab kelishiga hissa qo‘shgan mijozlarga rahmat aytish uchun "rahmart*" texnomart hamkorligida reklama kampaniyasini chiqardik.
Buni yuqoridagi vizuallarda o'zingiz tomosha qilishingiz mumkin.
@agency605
Oldingi postda "CALORIYALY" brendingi haqida yozgan edik. Bu safar qilingan vizaullarning yana bir qismini ko'rishingiz mumkin.
@agency605
Chiroyly brending
CALORIYALY - O‘zbekistonda endi shakllanayotgan “fast casual” formatidagi sog‘lom ovqatlar restorani. Biz ular uchun neyming, logotip va emotsial aydentika ishlab chiqdik.
Eng muhim vazifa - bu tabiiy ovqatlar mazali va to‘yimli bo‘lishini ifodalovchi nom topish edi. “CALORIYALY” so‘zi esa aynan shu g’oyani ifodalovchi neyming bo’ldi.
Brend aydentikasida ham shu g’oyani ko’rsatdik: taomlar tabiiyligini ifodalash uchun logotip ranglari yashilda, to’yimliligini isbotlash uchun esa hamma shriftlari qalin qilindi.
Restoranni ichki va tashqi qismi uchun ham e’tibor tortadigan dizayn ishlab chiqildi.
@agency605
— TAF! TAF!
— Kim bu?
— Agentlik
— Qaysi agentlik?
— Yil agentligi
—————
- ТАФ! ТАФ!
- Кто это?
- Агентство
- Какое агентство?
- Агентство года
@agency605
+1
Kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jolbors Awards International’da iTV bilan hamkorlikdagi ishimiz bronza mukofotini oldi.
🥉
Bronze - Online Media Pharmacy / Digital: Special Project
iTV jamoasini ham ushbu sovrin bilan tabriklaymiz.
- - -
+1
Вчера на церемонии Jolbors Awards International в Ташкенте наша совместная работа с iTV была удостоена бронзовой награды.
🥉
Бронза - Online Media Pharmacy / Digital: Special Project
Также поздравляем команду iTV с этим достижением.
@agency605
Tabletka iTV — kontentlarga kreativ yondashuvimiz orqali iTV platformasi uchun ushbu kampaniyani chiqardik
Sababi, filmlar va seriallarni biz “zerikish, stress va kundalik hayotdan chalgʻituvchi, davolovchi dori” sifatida talqin qildik — va shu kreativ g‘oya asosida digital, tashqi reklama hamda offline-aktivatsiyalarni qamrab olgan kampaniya yo‘lga qo‘ydik.
Natijalar — brendning taniqliligi oshdi, foydalanuvchilar soni sezilarli ko‘paydi va Aybsiz seriali rekord darajadagi ko‘rishlarga erishdi.
@agency605
“Jigar, sizga sovg'a bor!"
Yangi yil bu sovg'alar bayrami. Shu sababli Texnomart* brendining yangi yil aksiyalari uchun "Hammaga sovg'a bor!" reklama kampaniyasini ishlab chiqdik.
Sovg'a ko'rinishidagi mashinalar, billboardlar va vizuallar shu kampaniyaning bir qismi edi.
@agency605
Korzinkaga ketdik, xo‘jayin!
Korzinka brendi bilan navbatdagi hamkorligimizda shaharning gavjum bozorlarida maxsus faolliklar o‘tkazdik.
"Xo‘jayin" kampaniyasi doirasidagi ushbu faollikda yuqori toifadagi avtomobillar yozning jazirama ob-havosida bozorga kelgan xaridorlarni Korzinka supermarketlariga bepul yetkazib qo‘yishdi.
Chunki xo‘jayinlar salqin do‘konda arzon narxlarda bozorlik qilishga loyiq.
@agency605
Korzinkada kim xo‘jayin?
Albatta siz, ya’ni mijozlar. Buning sababini esa “korzinkada siz xo‘jayin” reklama kampaniyasi doirasidagi videoroliklarimizdan bilib olsangiz bo‘ladi.
@agency605