Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sirotul mustaqim

ahlibayt313
Ushbu kanalimizda, baholi qudrat, Qur’oni Karim oyatlari hamda Muhammad Rasululloh (s.a.o.v)ning sahih hadislariga asoslangan qat’iy dalil va hujjatlar bilan, beg‘araz va xolis tarzda Islom dinining hayotbaxsh ta’limotlarini siz azizlarga taqdim etib bor
Подписчики
1 184
24 часа
—
30 дней
-30
Просмотры
311
ER
26,27%
Посты (30д)
46
Символов в посте
647
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 24, 11:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

◾️
Bugun, 13-jumodiyul-avval (24-oktabr) — imomat va viloyat himoyachisi hamda qurboni, olamlar ayollarining sarvari Fotimatuz-Zahro (salomullohi alayho)ning mazlumona shahid bo‘lgan kunlaridir (75 kunlik rivoyatga asoslanib).
◾️
Ushbu buyuk musibat munosabati bilan butun bashariyat najotkori, Mavlomiz Hazrati Baqiyatullohil A’zam Imom Mahdiy (ajjallallohu taolo farajahu sharif) og‘omizga va barcha Ahlulbayt (alayhimussalom) oshiqlariga tasliyat izhor qilamiz.
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 23, 13:10

Madinadan xabar kelar, ey vo-vaylo,
Hasan Husayn ona deyar, ey vo-vaylo.
Oqshom g‘usli kafan bo‘lib, ey vo-vaylo,
Zahro onam qabrga ketar, ey vo-vaylo.
🏴
Kirib kelgan Fotimiyya azodorlik kunlari bilan avval boshda butun bashariyat najotkori, Hazrat Zahro (salomullohi alayho) qasdlarini oluvchi Imom Zamon (ajjalallohu taolo farajahush sharif) og‘omizga va xonim Zahro (salomullohi alayho)ning barcha oshiqlariga tasliyat izhor qilamiz
.
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 23, 13:05

"
Manim onom javon ölub..."
🎙
Marhum
Muhammad Boqir Mansuriy
#
Ayyomi_Fotimiyya
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 23, 13:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

October 23, 06:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇫🇷
🏴‍☠
Fransiyadagi norozilik namoyishlarida isroil izlarini yo‘qotib qo‘ymang!
Videoda politsiya do‘konlarga hujum qilib, ularni vayron qilgan ayrim kishilarni qo‘lga olish uchun bostirib kirganini ko‘rasiz. Biroq to‘satdan ularning o‘zlari bilan hamkorlik qilayotgan, fuqarolik kiyimidagi shaxslar ekanini anglab qoladi!
Yoshlar orasiga singib kirib, tartibsizliklar uyushtirayotgan fuqarolik kiyimidagi shaxslar aks etgan ko‘plab tasvirlar tarqaldi.
Tramp tartibsizliklarda muhojirlar va musulmonlarni ayblaganida, bu voqealar ortida isroilning qo‘li borligidan shubhalanish kerak.
🇦🇱
Albaniya kabi boshqa mamlakatlarda ham isroilliklar ekani aytilgan va tartibsizliklarni boshqarayotgan shaxslar aks etgan videolar tarqalgan.
🇺🇸
🏴‍☠
🇪🇺
Dunyoni musulmonlar va muhojirlardan qo‘rqitish — isroil va AQShning navbatdagi hujumlari hamda jinoyatlarini oqlash uchun zamin yaratishdir. Ular Yevropani ham o‘z tomonlariga og‘dirmoqchi.
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 22, 09:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏴
Sizsiz ötadigan ilk Fotimiyya ayyomiga yetib keldik...
😭
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 22, 05:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Madina osmoni dud bilan to‘lib,
Jannatda saslardi Payg‘ambar ey voy
Xadija dilbandi, Zahroyi Athar
Dar-u divor orasida yonardi ey voy
🏴
Assalomu alayki yo Fotimatuz Zahro
🏴
📅
Fotimiyya ayyomi joriy yilning 24-oktabrdan to 13-noyabr kuniga qadardir.
🔥
🥀
🔥
Birinchi azodorlik 23-24-25-oktabr kunlari. (75 kunlik rivoyatga ko‘ra)
🔥
🥀
🔥
Ikkinchi azodorlik 12-13-14-noyabr kunlari. (95 kunlik rivoyatga ko‘ra)
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 22, 05:30

Bismillahir Rohmanir Rohiym
⚫️
10-jumodiyul-avval — Jamal jangi kunidir.
⚔
Jamal jangi 36-hijriy yilda Iroqning Basra shahri yaqinida yuz bergan. Jangga sabab Talha bin Ubaydulloh, Zubayr bin Avvom va Oyisha binti Abu Bakr o‘ldirilgan xalifa Usmon ibn Affon qasosini olmoqlik bahonasida haq xalifa Imom Ali ibn Abu Tolib (a)ga qarshi qo‘shin to‘plab, Basra shahrini qo‘lga olib, Hazrati Amirul mo‘minin Ali (alayhissalom)ning u shahardagi namoyandasini shahardan chiqargan hollari bo‘lgan.
Jangning «
Jamal
» deb nomlanishiga sabab esa Hazrati Ali (a)ga qarshi chiqqan qo‘shinning ma’naviy boshlig‘i Oyishaning tuya (arab tilida tuya «jamal» deyiladi) ustida qo‘shinga boshchilik qilgani bo‘lgan. Bu jang Islom tarixida chuqur iz qoldirgan janglardan biri bo‘lib qoldi.
Bunga bir necha sabablar bor:
📌
Talha, Zubayr va Oyisha boshchiligida boshlangan bu jang Islom tarixida yuz bergan ilk doxiliy (ichki) jangdir.
🔹
Payg‘ambar (sallallohu alayhi va olihi vasallam)dan turli sanadlar bilan naql qilingan hadislarda Hazrati Amirul mu‘minin Ali (alayhissalom)ning «
Noqisin
» (ahd buzganlar), «
Moriqin
» (dindan chiqqanlar) va «
Qositin
» (haq yo‘lidan chiqib, botillikka moyil bo‘lganlar) bilan jang qilishlari bildirilgan.
📚
Alloma Amini, «Al-G‘adir», 1-jild, 337-sahifa.
◾️
Bu hodisa asosan, Jamal jangida Hazrati Amirul mu‘minin Ali (alayhissalom)ga qarshi urush qilganlar Payg‘ambar (sallallohu alayhi va olihi vasallam) taraflaridan «
Noqisin
» deb nomlanganlari bilan bog‘liqdir.
🔺
Bu jang ko‘plab insonlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Ahli sunna olimlaridan bo‘lgan Ibn Asir o‘lganlar soni o‘n mingga yaqin bo‘lganini bildirgan.
📚
Ibn Asir, «Al-Bidoya van-Nihoya», 10-jild, 473-sahifa.
Ba’zi tarixchilar esa bu jangda Amirul mu‘minin Ali (alayhissalom) qo‘shinlaridan besh ming nafar shahid bo‘lgani, qarshi tarafdan esa o‘n uch ming nafar kishi qatl etilganini bildirganlar.
📚
Mas’udiy, «Muruju-z-zahab», 2-jild, 289-sahifa.
Bu jang natijasida Talha va Zubayr ham o‘ldirilgan.
📍
Jamal jangi Hazrati Ali (alayhissalom)ning g‘alabasi va qarshi tarafning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
📚
Shayx Saduq, «Tavhid», 137-sahifa.
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 16, 12:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❇️
Imom Shahid Xomanaiy:
Hazrati Zaynab Kubro (salomullohi alayho)ning qahramonligi — Ashuro qahramonligining to‘ldiruvchisidir. Balki, bir ma’noda, Bibi Zaynab Kubro (salomullohi alayho) yaratgan qahramonlik Ashuro qahramonligini qayta tiriltirgan va uni saqlab qolgan.
Hazrati Zaynab Kubro (salomullohi alayho)ning buyukligini tarixdagi boshqa ulkan voqealar bilan taqqoslab baholab bo‘lmaydi. Uni aynan Ashuro voqeasining o‘zi bilan taqqoslash kerak. Insof bilan aytganda, bu ikki buyuk hodisa bir-biriga tengdir.
Bu ulug‘vor inson, Islomning, balki butun bashariyatning buyuk ayoli og‘ir musibatlar tog‘i qarshisida ham o‘z qomatini tik va mag‘rur tutishga muvaffaq bo‘ldi...
U dushmanlar bilan yuzma-yuz kelganda ham, musibatlar va achchiq hodisalarga duch kelganda ham, yuksak va mag‘rur tog‘ cho‘qqisidek mustahkam turdi.
U ibrat bo‘ldi, namuna bo‘ldi, peshvo bo‘ldi, yo‘l boshlovchi bo‘ldi.
✅
http://telegram.me/ahlibayt313

October 16, 12:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📹
isroil armiyasi kvadrokopteri tomonidan tasvirga olingan shahid qo‘mondon Yahyo Sinvorning hayoti va kurashining so‘nggi lahzalari.
✅
http://telegram.me/ahlibayt313