
Akhror Web
200$ dan keyin boshqa nimani ham kutish mumkina :)
Telegram
|
Youtube
+ Ingiliz tilini bilmaydigan Vibe coder...
Telegram
|
Youtube
Odam degan 8.7k qator cod ham yozadimiya, agar yozgan bo'lsa demak u odam emas, agar odam bo'lmasa unda...
🤖
Telegram
|
YouTube
AI tufayli dasturchilar ishsiz qolishadimi?
Bu ko‘p dasturchilarni o‘ylantirgan, ba’zilarini esa allaqachon vahimaga solgan savol.
Biz rostan ham ishsiz qolamizmi?
Yo‘q, albatta. Statistikamizning so‘zlashicha, COVID-19 davridan boshlab job market sezilarli darajada o‘sishni boshlagan, nafaqat AQSH, balki Germaniya va Kanada kabi IT sohasida rivojlanib borayotgan davlatlarda ham shu holat kuzatilgan. To‘g‘ri, u paytda AI hali rivojlanib, ommalashib ketmagan edi deyishingiz mumkin, lekin biroz shoshilmasdan bu statistikani yaxshilab o‘rganishingiz kerak.
AQSHda 2022-yil mart oyida ko‘rsatkichlar pikka chiqqan, 230% dan oshgan. Lekin ko‘rib turganingizdek, bu jarayon ko‘tarilganidan ko‘ra tezroq pastga qulagan. Va bu aslida normal holat, desam ishonasizmi?
Ha, bu normal holat, lekin rasmdagi Everest tog‘imiz esa nenormal. Aslida bu yerda
overhiring
(ortiqcha ishga olish) kuzatilgan. Overhiringni kamaytirish uchun esa kompaniyalar
overfiring
(ortiqcha ishdan bo‘shatish) qilishgan va bunda AI juda zo‘r bahona bo‘lgan. Bu holatda investorlar “wauuu, bu company AI ga ko‘proq fokus qaratar ekan”, demaydimi axir
🤓
Web Dev Simplified
akamiz aytdiki, 12% job market o‘sishi ham aslida juda yaxshi natija ekan.
Endi boshida berilgan savolga qaytamiz: AI ishingizni olib qo‘yadi, ha, qachonki siz faqat code yozish bilan cheklanib qolsangiz.
Akamiz
yana bir gapni aytdiki, 2026–2027 yilda job market ko‘rsatkichlari ko‘tariladi va kompaniyalar asosan Junior Developerlarni ishga olishar ekan. Sababi oddiy: hozirgi juniorlar bir paytning o‘zida dasturlashni o‘rganib, AI toollardan professional darajada foydalanishni boshlashgan. Bu degani dasturchilarning imkoniyatlari hali ham katta, faqat AI ga moslashish kerak, deb o‘ylayman. Copilot chiqqanidan keyin uchuvchilarga ehtiyoj kamaymagandek, dasturlashda ham shunday. AI code yoza oladi, lekin uning ustida code yozishni va tahlil qilishni bilib, muammolarni fix qila oladigan Developer kerak.
Shuncha imkoniyatdan nega siz foydalanmayapsiz? Bu holatda faqat code yozish g‘alati tuyuladi axir. AI toollardan foydalanish sizga zarar emas, aksincha foyda: ham vaqtingiz tejaladi, ham yangi bilim, ham sifatli natija olib kela oladi. Shuning uchun kanalda bardavom bo‘lib, men bilan AI ni o‘rganing
🙂
Manbalar:
Statistika
Video
@mubinaai
Iltimos, Mijozingizni och qoldirmang...
😂
Jaydari misol )
Telegram
|
YouTube