Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Aliy ibn Vohid

aliyibnvahid
•Maxfiy ilm tomon yo’l… •Ishq yo’liga safar…
Подписчики
966
24 часа
1
30 дней
-2
Просмотры
544
ER
0,58%
Посты (30д)
17
Символов в посте
264
December 04, 00:26

Biz shunday qavmmizki, bizlarni Alloh Islom bilan Aziz qilgan.
Agar Islomni qo’yib boshqa narsalar bilan aziz bo’lmoqchi bo’lsak, Alloh bizni hor qiladi…
Umar ibn Xattob

November 30, 08:21

Umid qilaman…

November 26, 12:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

•Istig’for

November 24, 16:01

Vaqt uzoqlashsa ham, natija kechiksa ham,
sabr qilgan inson albatta nasibasini oladi…

November 23, 04:19

Ustozlarni dunyoga nisbatan bir gaplari bor edi:
O’zingni o’liklar safiga qo’sh…

November 21, 03:06

Kutish…
Kutish juda qiyin lekin go’zal bo’lgan ish, kutish oshiq uchun bor bo’lishdir, chunki yo’q narsa kutilmaydi…
Kutish sadoqat demakdir…
Sadoqat esa sevgidandir..
Oshiq mashuqni go’zal gumon ila kutishchalik, go’zal kutish bo’lmasa kerak.
Ikki qalb uchun;
•Kutish-umid,
•Kutish-hech narsa evaz istamasdan sabr,
•Kutish-ko’zyoshlari diydor uchun oqadigan, qalb,
•Kutish-na vasvasalar, na vahimalar ta’sir qilmaydigan ishonch,
•Kutish-“Alloh sabr qilguvchilarni sevadi” degan hitob bilan vaslga istak,
•Kutish-Robbisi ularni aniq uchrashtirishiga va bu uchrashuv to “Jannat”ga qadar birga borishiga yaqiyn ishonch ila duo demakdir.
©
Aliy ibn Vohid

November 18, 07:38

Asl Boylik nimada o‘zi…
Boylik tushunchasi hammada turlicha, taassufki aksar insonlar nazdida boylik bu mo‘may daromad, million-million pul, qisqa qilib aytganda moddiyat…
Yo‘q do‘stlar, boylik pulda, moddiyatda emas, asl boylik boshqa narsalarda.
Misol uchun shunday insonlarni bilaman qo‘lida mol-dunyo ko‘p, ko‘p joyga qo‘li yetadi lekin qalbi hijir, ko‘ngli xaroba.
Yana shunday insonlarni bilaman arang kun kechiradi, zo‘rg‘a taomiga imkon qiladi lekin ko‘ngli bo‘lakcha, qalbidan sakiynat ufurib turadi.
Uning boyligi moddiyatda emas, boyligi amalidagi
ixlosda
, ko‘nglidagi
iymonda
, qalbidagi
halovatda
- mana shu asl boylik..
Bizlarni tarozilarimiz buzilgan, o‘lchovlarimiz noto‘g‘ri o‘lchaydi, qiymatni anglayolmaymiz.
Buni tarozining bir pallasiga 10kg temir, ikkinchi pallasiga 1kg oltin qo‘ysa qaysi biri og‘irroq bosadi va qaysi biri qiymatliroq bo’lishi misolida ko’rsak bo’ladi:
Metallni qiymatini bilmagan inson temirni tanlaydi, oltin va temirni farqini bilgan esa…
(Javobini bilasiz)
Endi o’zimizga savol beraylik:
Hayotimizdagi qaysi biri qiymatliroq va kim o’zi boy aslida?
#tafakkurqiling
@aliyibnvahid

November 16, 13:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sog’inch…
Qohiramda yuragimni bir parchasi qolib ketgan…

November 16, 10:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

•Muxr

November 15, 00:58

#duo
Ey meni yo’qdan bor qilgan zot, ey kuch qudrati tengsiz bo’lgan zot, ey meni egam, meni go’zal Allohim meni lahza qadar o’z holimga tashlab qo’ymagin. Toatingda sobit qilgin. Menga qalb hotirjamligi, sakiynatni va o’zinga bo’lgan ishqni bergin. Seni yod olib, sevib, yonib tafakkur qiladigan bir Hironi bergin…
Men senga muhtojman, judayam muhtojman ey Fazli, Karami tengsiz bo’lgan Robbim…
Meni O’zing tarbiyala, meni O’zinga ol…
@aliyibnvahid