
Amirxon Valijonov | Blog
BAХT NIMA O‘ZI?
🤔
Inson hayotidagi eng katta savollardan biri — baxt nima va unga qanday erishish mumkin? Abu Nasr Forobiyning “Baxtga yo‘llanma” asari asosida Abdukarim Mirzayev bilan inson, saodat, hayot mazmuni va haqiqiy baxt haqida suhbatlashdik.
✨
…
BAХT NIMA O‘ZI?
🤔
Inson hayotidagi eng katta savollardan biri —
baxt nima va unga qanday erishish mumkin?
Abu Nasr Forobiyning
“Baxtga yo‘llanma”
asari asosida Abdukarim Mirzayev bilan inson, saodat, hayot mazmuni va haqiqiy baxt haqida suhbatlashdik.
✨
Forobiy bundan asrlar avval baxt haqida nimalarni aytgan? Bugungi inson uning fikrlaridan nimalarni o‘rganishi mumkin?
🕗
Premyera — bugun 20:00 da
🌐
Suhbatni birgalikda
Youtubeda
tomosha qilamiz.
Ko’rish uchun bosing
👈🏻
Ko’rish uchun bosing
👈🏻
📷
Instagram
|
💬
Telegram
|
🍇
Uzum
@ibook_uz
Aslida ko'pchilikka birma-bir taklifnoma yuborib chiqmoqchi edim. Ish bilan ulgurmay qoldim.
😢
Ertaga 17:00 da Najot ta'lim Chilonzor filialida "Geografiya qasosi" kitobining taqdimotiga har biringizni qattiq taklif qilaman. Taqdimotga bir qator siyosatshunos mutaxassislar, tarjimon va blogerlar taklif qilingan. Joyimiz ko'p. Kitob juda qiziq, mazza qilib ketasiz, Xudo xohlasa.
🙂
Kitob haqidagi suhbatni 1 kunda 25000+ tomoshabin ko'rdi. Ko'z tegmasin, 3 oyda yaxshi auditoriya shakllantirdik. Kuzdan 2 barobar ko'proq kuch sarflaymiz. Yordamlariz uchun katta rahmat!
"O'smir" uchun bir-biridan qiziqarli variantlar keldi.
Qaysi birini tanlaymiz, kitobxonlar?
🤔
P.s: Uzr, chat yopilib qolgan ekan. Ochdim.
Dam olish kunida yana bir suhbat.
ibook podcastda "Geografiya qasosi" haqida kitob tarjimoni va mas'ul muharriri bilan gaplashdik. Siz ularni taniysiz.
Aytgancha, bayram muborak bo'lsin, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
SUHBATNI KO'RISH UCHUN BOSING
SUHBATNI KO'RISH UCHUN BOSING
5-sentabr 17:00 Najot ta'lim Chilonzor filialida "Geografiya qasosi" kitobining katta taqdimoti bo'lib o'tadi. Spikerlar: Farhod Karimov, Hamid Sodiq, Jahongir Akramov, Javonsher Rustamov.
Mahalliy OAV jurnalistlari, bloger va sohaga qiziqqan kitobxonlarni taklif qilamiz.
Dostoyevskiyning "O'smir" kitobi A5 (84/108 1/32) formatda 832 bet bo'ldi, biz 60/90 1/16 formatga o'girib, 672 bet qildik. Bugun-erta kitob muqovasi uchun variantlar tayyor bo'ladi. Katta ish bo'lgani sababidan Sizlar bilan bo'lishib boraman.
Sentabr oyida yana "Mukoshafatul qulub"ning to'liq tarjimasi ham nashrdan chiqadi. Arab tilidan qilingan tarjima A4 formatda 688 bet bo'ldi.
Bir kitob hayotni o'zgartirishi mumkinmi degan savol ko'p bo'ladi. Odatda buning iloji yo'q, deyishadi. Lekin men gaplashgan ko'pchilik odamlarni aynan bir holatdan ikkinchi holatga "Mukoshafatul qulub" o'zgartirgan.