Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Аndijon viloyat АKM | Rasmiy kanal

andijonakm
Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazining telegram kanali Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👇 https://andijon.taplink.ws Maxsus bot: @andakmbot Manzil bot: @andtakmbot
Подписчики
799
24 часа
-1
30 дней
7
Просмотры
244
ER
30,54%
Посты (30д)
65
Символов в посте
751
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 24, 14:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 08:40
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

KLUBNING  QIZIQARLI MASHG’ULOTI
Yosh avlodning ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg’ayrat yoshlarni tarbiyalash jamiyatimizning muhim maqsadlari sifatida maydonga chiqqan. Bu borada kutubxonalarning ham o’rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Andijon shahar Prezident maktabi o’quvchilari ishtirokida “Kutubxona — ikkinchi oilam” klubining “Suvda nima cho‘kadi?” mavzusida qiziqarli va ma’rifiy mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg’ulot avvalida o’quvchilar bilan mavzuga oid kitoblar doirasida suhbat o’tkazildi. Qiziqarli suhbat mazkur maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Farruhbek Ibaydullayev bilan birga amaliy mashg’ulotlarga ko’chirildi. O’quvchilar  buyumlarning suvda cho‘kishi va yoki aksincha, suv yuzasida turib qolishini turli  amaliy tajribalar orqali bevosita kuzatdilar.
✍️
Batafsil...
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
Youtube

October 22, 04:38
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Tibbiyotga oid yangi adabiyotlar — bilim va salomatlik garovi!
Bobur nomidagi viloyat axborot –kutubxona markazining ikkinchi qavatida joylashgan “Madaniy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori ” da tibbiyot sohasiga oid yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazma tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, soha mutaxassislari hamda kitobxonlar uchun inson salomatligi, kasalliklarning oldini olish va tibbiy bilimlarni boyitishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob — bilim sari, bilim esa sog‘lom hayot sari yetaklaydi!

October 21, 13:28
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Axborot-kutubxona markazi jamoasi o’rtasida haftaning har chorshanba kunida o’tkaziladigan “Ma’naviyat soati”ning aynan o’zbek tilimizning bayramiga to’g’ri kelishida ham ramziy ma’no bor. Xodimlar bilan bugungi “ma’naviyat bayrami”da tilimiz jozibasi, boy tarixi, uni asrab-avaylash, unga bo’lgan hurmat va ehtiromni rivojlantirish borasidagi adabiyotlarni aholi, ayniqsa, yoshlarimiz orasida keng targ’ib etish borasida fikrlar almashildi.

October 21, 11:53
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

ONA TILIM, FAXRIM, G‘URURIM!
O’zbek tilimizga davlat maqomi berilgan kunga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarimiz  barcha ishtirokchilarni tilimizga bo’lgan hurmat va e’tiborini namoyon etishga asosiy omil bo’lmoqda.
Shahrimizdagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Metrologiya instituti Andijon filiali hamkorligida o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan adabiy-musiqali kecha  turli soha vakillarini mushtarak maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Dastlab, tadbirda  o‘zbek  tilimizning  boy tarixi, bugungi taraqqiyoti, jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ona tilimizning davlat tili sifatidagi mavqeyi, uning sofligini saqlash hamda kelajak avlodga boy ma’naviy meros sifatida yetkazish har birimizning muhim vazifamiz ekanligi ta’kidlandi. Ona tilimizning nufuzini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor  qaratildi.
Batafsil...
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 21, 11:15
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

"O’zbek tilim – jonu dilim”
O’zbek tilimizga davlat maqomi berilib, e’tirof etilgan 21-oktyabr sanasida Elektron o’quv zalimizda ham o’quvchi yoshlar tilimizga bo’lgan munosabatlarini izhori sifatida onlayn viktorinada faol bo’lmoqdalar.
Bugungi intellektual bellashuvda 36-maktabning 8-sinf oʼquvchilari zo’r qiziqish bilan ishtirok etdilar va bilimlarini sinovdan oʼtkazdilar.
Viktorina savollari o’quvchilarimizni o’zbek tilimizga bo’lgan hurmat va e’tiborini yanada oshirishga, javoblarini tanlashda esa bir-birlari bilan bo’lgan o’zaro hamjihatlik, fikr almashish ular o’rtasidagi do’stlikni ham mustahkamlashga zamin yaratdi. Viktorinamiz davom etadi.
Facebook
|
Instagram
|
Telegram

October 21, 11:02
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

TIL — MILLAT  KO’ZGUSI
21-oktyabr sanasi yurtimizda o‘zbek tiliga davlat  tili maqomi berilgan kun, “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida tarixiy voqea bo‘lganligi barchamizga ma’lum. Shu munosabat bilan mazkur kunga atalgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’quvchi yoshlar orasida ko’tarinki ruhda o’tkazilmoqda.
O’quvchilar qalbida o’zbek tilimizga bo’lgan hurmat va muhabbatni yanada kuchaytirish, ularni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ona tilimizni asrab-avaylashga chorlovchi bugungi tadbir shahrimizdagi tibbiyot litseyi bilan hamkorlikda o’tkazildi. Tadbir davomida mutaxassislar tilning inson hayotidagi ahamiyati, uning millat tarixi, madaniyati va ma’naviyati bilan chambarchas bog’liqligi haqida so’z yuritdilar.
Shuningdek, tilni qadrlash, undan to’g’ri va o’rinli foydalanish, uni kelajak avlodga sof holda yetkazish har bir insonning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi.
O’quvchilarning badiiy chiqishlari, samimiy fikrlari va faol ishtiroki tadbirga o’zgacha fayz bag’ishladi

October 21, 10:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 21, 10:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 21, 09:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram