
Аngor tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
Angor tumanida "Rahbar va tadbirkorlar" uchrashuvi o‘tkazildi
Angor tumanida tuman hokimligi mas’ullari, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Allaniyazov hamda Surxondaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i B.Hasanov ishtirokida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik va jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatini endigina yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining turli masalalari yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.
Murojaatlar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli mutasaddilarga tadbirkorlarning muammolarini qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter
#KUN_HIKMATI
✨
Har bir daraxt ham, kichkina urug'dan o'sib chiqadi.
Kuningiz xayrli boʻlsin!
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter
Hokim bog‘cha faoliyati bilan tanishdi
Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov Zartepa mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Oybarchin bolalari” maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning zamonaviy va sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ta’lim jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalarga yaratilayotgan sharoitlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter
⚡️
“EKSKLYUZIV” — ISHONCHLI VA BIRLAMCHI AXBOROT MANBAI
Bugungi tezkor axborot maydonida aniqlik, tezkorlik va xolislik eng muhim mezondir.
“EKSKLYUZIV”
telegram kanali jamiyat hayotidagi eng muhim voqea va hodisalarni faqat ishonchli manbalar asosida yoritib boradi.
📌
Kanalimizda:
🌍
Dolzarb yangiliklar
— ijtimoiy-siyosiy hayotning eng muhim voqealari;
🚫
Anti-feyk
— yolg‘on va asossiz xabarlarga rasmiy, aniq munosabat;
⚠️
Ogohlantirishlar
— aholi uchun muhim profilaktik materiallar va eslatmalar;
📊
Eksklyuziv tahlil
— voqealarning tub mazmun-mohiyatini ochib beruvchi sharhlar.
Biz axborotni shunchaki yetkazmaymiz, uning asl mohiyatini ham tushuntiramiz!
✅
Kanalga obuna bo‘ling:
👉
EKSKLYUZIV
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN “DO‘STLIK” OROMGOHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Angor tumani hokimi Qosim Mardonov 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Do‘stlik” nomli maktab oldi sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.
Oromgohda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, dam olish va sog‘lomlashtirish jarayonlari hamda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur oromgohda jami 100 nafar o‘quvchi 4 ta guruhga bo‘lingan holda dam olmoqda. Unda 1–6-sinf o‘quvchilari qamrab olingan bo‘lib, ularning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, kitobxonlik soatlari va turli qiziqarli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan.
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter
✅
E’LON
12-iyun
, juma kuni soat
08:00
dan boshlab aholi muammolarini oʻrganish, murojaatlarini tinglash maqsadida Angor tumani hokimligi binosida aholi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Unda tuman hokimi Qosim Mardonov hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Hurmatli fuqarolar, qabulga fuqarolik pasporti bilan kelishingiz so‘raladi. Murojaatlarni elektron onlayn tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun pasport ma’lumotlari talab etiladi.
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter
📢
Sud apparatiga ishga qabul qilish tartibi tubdan o‘zgaradi
Adolatli sud tizimi, avvalo, halol va malakali kadrlardan boshlanadi. Shu bois, Prezident Sh.Mirziyoyevning
“Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi
Farmoni
bilan bilan sud apparatiga ishga qabul qilishning mutlaqo yangi mexanizmi joriy etilmoqda.
❗️
Endilikda nomzodlarni tanlashda ochiq tanlov, shaffof tartib-taomillar va meritokratiya tamoyillari asosiy mezon bo‘ladi. Nomzodlarning bilim va ko‘nikmalari, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, halolligi hamda jamoada ishlash qobiliyati baholanadi.
💻
Shuningdek, “
vacancy.sud.uz
” portali va “SudHR” elektron platformasi ishga tushirilib, vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi, saralash va qabul jarayonlari raqamlashtiriladi.
✅
Bu o‘zgarishlar inson omilini kamaytirish, tanish-bilishchilik va sub’yektiv yondashuvlarning oldini olish, sud tizimiga bilimli va halol kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.
📌
Natijada sud apparatining professional salohiyati yuksalib, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yanada oshadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
⚖️
Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati
Prezident Farmoni
bilan sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etilishi belgilangan.
✅
Mazkur xizmat
sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish
bilan shug‘ullanadi.
📌
Farmonga muvofiq, sud apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu orqali manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengayadi.
✅
Shuningdek, sud tizimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarning kasbiy va shaxsiy sifatlari, halolligi hamda korrupsiyaga qarshi barqarorligi baholanadi. Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari asosida tashkil etiladi.
✅
Yana bir muhim jihat — korrupsiya va qonunbuzilish holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallari yaratiladi.
📌
Ko‘zlangan asosiy maqsad — sud tizimida shaffoflik, halollik va qonuniylik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iborat.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
⏳
Bugun 11-iyun, payshanba
✍️
2026-yil 11-iyun kuni Angor tumanida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter
#KUN_HIKMATI
✨
Madaniyatning balandligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.
Maksim Gorkiy
Kuningiz xayrli boʻlsin!
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
You tube
🌐
Web-site
📱
Twitter