
Apple Developer Academy UZ
🇮🇹
ARTE dasturiga qabul qilinganlar ro’yxati va qabul qilinmaganlar application ID raqamlari e’lon qilindi:
https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/arte26-27_ranking.pdf
🇮🇩
Balidagi Apple Developer Academy uchun xujjat topshirish muddati: 15.06.2026 https://developeracademy.apps.binus.ac.id
🇮🇹
Qo'shimcha qabul qilinganlar ro'yhati e'lon qilindi:
https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/call_26_27_devacademy_ranking_update1.pdf
221-237 o'rindagi talabgorlar qo'shimcha qabul qilindi. Ular ichida masalan, Akhrarova Munisa bor, tanishingiz bo'lsa xabar berib xursand qilishingiz mumkin. Kuzgacha, odatda noyabr oyigacha qo'shimcha qabul qilinganlar ro'yxati ushbu sahifada e'lon qilib boriladi:
https://www.developeracademy.unina.it/en/enrollment/
Xujjat topshirish muddati: 15.06.2026gacha
🇮🇹
Apple Developer Academy akademiya bitiruvchilari uchun ARTE dasturi uchun qabulni e'lon qildi: https://www.developeracademy.unina.it/en/arte-2026-2027/
🎉
Apple Developer Academy talabasi Elbekni Swift Student Challengeda g’olib bo’lganligi bilan tabriklaymiz. Kelajakdagi ishlarida unga omad tilaymiz!
🎉
Apple Developer Academy bitiruvchisi
Aziza
Anorbank
da
iOS Developer
pozitsiyasida faoliyatini davom ettishi bilan tabriklaymiz! Aziza akademiyadagi o'rgangan bilimlari va ko'nikmalari juda ham foydali bo'lganligini takidlaydi.
Hozirda akademiya bitiruvchilaridan
Shokhjakhon
Italiyadagi
iPratico
,
Nurbek
Tune Consulting
korxonalarida faoliyatini olib bormoqda.
Firdavs
esa
Hong Kong
da o'qishini davom ettirmoqda.
Apple Developer Academy UZ
pinned «
ℹ️
Foydali ma'lumotlar:
▶️
Apple Developer Academy to'g'risida video
🤔
Men Apple Developer Academyga xujjat topshira olamanmi?
📄
Apple Developer Academy uchun xujjat topshirish yo’riqnomasi
✅
Test to'g'risida qisqa va batafsil
🗣
Suhbat to'g'risida qisqa…
»
Boraymi yoki bormaymi deb o'ylanayotgan bo'lsangiz, boring! Chunki shu paytgacha borganimdan afsuslandim degan talabani ko'rmadik.
Masalan biz borganimizda, Italiya bo'ylab sayohat qildik. Path of Gods, biz hiking qilgan joylar ichidagi eng chiroyli joy bo'lgan edi. Sorrento biz cho'milgan joylar ichidagi eng chiroyli joylardan biri bo'lgan.
Yevropa bo'ylab kruizda sayohat qildik. Port shunchalik yaqin ediki, kruizga chiqish uchun, darsdan chiqib tramvayda borgan edik.
O'zbekistonlik talabalar har hafta yig'ilib, nimadir pishirib, ertalabdagi poezd ketishigacha Catan o'ynar edik. Rim, Venetsiya va boshqa shaharlarga birga sayohat qilgan edik.
Ha, ko'chalarida ahlat yigishtirilmay yotishi mumkin, lekin napoliliklar ko'ngli ochiq insonlar. Jinoyat darajasi internetda yozilganday u darajada yuqori emas.
Akademiya to'lagan stipendiya bizning hamma harajatlarimizni to'liq qopladi, ortib ham qolgan edi. Akademiya taqdim etgan qurilmalarni hozirda ham ishlatmoqdamiz.
Boring, afsuslanmaysiz!