
Muslim Ismoil
Yangiça alifboga ötayotgan ekanmiz-mi?
Menga yoqdi lekin, yaxşiga öxşayapti...
Arabist maqollaridan bir shingil
- Sertifikating qarisa ham, biliming qarimas.
- CEFR dan qo'rqqan TANALga kirmas.
- B1 avval musht ko'tarar.
- C1 ning ishini xudo o'nglar.
- B2 bilan bitmagan, C1 bilan bitar.
- B2 o'ylab aytar, C2 — o'ynab.
- C1 yarasiz bo'lmas.
- C2 boshga balo tegmas.
Ustoz boʻlaman desak, husnixat bilan ozroq boʻlsa ham shugʻullanib qoʻysak yaxshi ekan.
Baribir tushunarli va tartibli yozish yaxshi-da...
O'zlashtirgan qiymatli bilim va ko'nikmalarimizga yaxshilab e'tibor bersak, ko'proq bosim, talab bo'lgan davrlarda o'rganganimizni ko'ramiz.
Muallifda ham arab tilini o'rganish jarayoni ~15 yildan beri davom etayotgan bo'lsa, asosiy bazani dastlabki bosimga to'la ~1 yilda o'rganganini eslaydi.
Kitobxonlik ko'nikmasi ham tarix fanidan tayyorgarlik ko'rib yurgan qiyin davrlarida shakllangan ekan.
Bosimli davrlardan o'tayotgan bo'lsangiz, siz havas qilinadiganlardansiz.
Bunday imkoniyatlar hadeb, hammaga ham nasib qilavermaydi. Shunday ekan, qadrini bilib, foydalanib qoling.
Biz
jamoamiz
bilan birgalikda kichik so'rovnoma o'tkazayotgan edik
Sizning ishtirokingiz arab tili ta'lim sifatini yanada yaxshilashga bevositda yordam beradi.
Eng mazmunli va yaxshi javob bergan ishtirokchilar Hilol Nashr kitoblar do‘konidan vaucherlar bilan taqdirlanadi.
So‘rovnoma:
https://forms.gle/r2kjY3KGAAvGvLPK9
NOON akademiyamiz
ham ishga tushish arafasida, yaqin kunlarda qabulni ochamiz nasib qilsa.
Akademik ishlar bilan bo'lib blogga vaqt ajrata olmay qoldik.
Blogda suhbatimiz to'xtab turgan bo'lsa-da, akademiyamizda o'qituvchi va o'quvchilar uchun eng qulay, zamonaviy shart-sharoit va tizim qurishga harakat qilyapmiz.
Jamoamizdagi o'qituvchilar faqatgina sifatli ta'lim berish va o'z ustilarida ishlashga fokuslanishlari uchun maksimal imkoniyatlar yaratish ustida ishlayapmiz.
Bir nechta C2 ustoza va ustozlar jamoamizga qo'shilishmoqda, vaqti kelsa ular bilan ham tanishtiramiz.
Suhbatimiz to'xtab qolgani yo'q, dam olib turibdi xolos...
Biz gapirishligimizda hadeb "lik" qoʻshimchasini ishlataverishligimiz xato soʻzlashishlikka, gʻaliz gapirishlikka, uslubiy ravonlikni buzulishligiga sabab boʻlishligi mumkin. Shuning uchun bu qoʻshimchaligini ishlatishlikdan tiyilishlikka yoki oʻrnida ishlatishlikka harakat qilishligimiz lozim.
Yolgʻizlikda qilgan ishlarimiz, o'rganganlarimiz bizga chuqurroq ta'sir qiladi, ko'proq yuqadi.
Har kim o'zini juda yaxshi taniydi, bizni oʻzimizchalik hech kim yaxshi taniy olmaydi.
Inson qachon o'zini hurmat qilsa, boshqalarga aslini (yolg'izlikdagi holatini) ko'rsatishdan uyalmaydi.
Chunki hech kim qiymatli, chiroyli buyumini boshqalar ko'rib qolishidan xavotirlanmaydi.
Ko'ringani kabi bo'lmaganlar, aslida o'zini hurmat qilmaganlardir. Asli kabi ko'rinishdan qo'rqadiganlardir.
Soxtalik baribir seziladi, o'zini hurmat qilmaganlar qanchalik yaxshi ko'rinishga urinishmasin odamlarning oldida hurmati o'z-o'zidan tushib boraveradi.
Ich-ichlarida o'zlariga hurmat topa olmaganlar bu bo'shliqni tashqaridan, tashqi hurmatdan, qimmat yoki bilimli ko'rinish kabi usullar orqali to'ldirishga harakat qiladilar.
Haqiqiy boy boyligini ko'z ko'z qilavermaydi, haqiqatdan ham bilim egasi bilimli ko'rinishga ehtiyoj sezmaydi.
Kim yo'lni uzun sanasa, yurishi sekinlashadi.
Yo'lni uzun deb sanashimiz, agar yo'lda bo'lsak, himmatimizni, kuchimizni zaiflashtiradi.
Hali yo'lga chiqmagan bo'lsak, chiqmaslikka, boshlamaslikka undaydi.
O'rganish, amal qilish yo'li ham shunday. Uzun, katta sanasak qiyin ko'rinadi. Kichik bo'laklarga bo'lib, qisqa deb qarasak oson bo'laveradi.
Til o'rganish jarayoniga ham bir butun katta, uzun yo'l deb qaramasligimiz kerak.
A1 dan C2 gacha bo'lgan darajalarning har biriga alohida-alohida yo'l deb olsak, yaxshiroq harakat qilamiz, tezroq yetib boramiz.
Shunday qilsak, har bir yo'lning oxiriga yetishimiz bizga alohida muvaffaqiyat bera boshlaydi, ruhiyatimizni oshiradi, keyingi yo'lga otlanishimiz oson bo'ladi.