Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Asaka tuman MMTB

asakamtb
Bizning maqsadimiz sifatli ta'lim berish.
Подписчики
2 073
24 часа
-2
30 дней
-92
Просмотры
467
ER
22,53%
Посты (30д)
76
Символов в посте
661
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 03:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#SavolJavob
#Maktabgaça_taʼlim
❓
Davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bola ta’minoti uçun ota-onalar badal tölovini qanday amalga oşiriş mumkin?
✅
Davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bola ta’minoti uçun ota-onalar badal tölovini farzandingizning JShShIR raqami orqali amalga oşiriş imkoniyati
yaratildi.
👉
Tölovlarni:
➖
mobil ilovalar orqali;
➖
bank kassalarida naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oşirişingiz mumkin.
❗️
Bu muhim:
tölovni tasdiqlaşdan oldin quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekşiriş tavsiya etiladi:
👉
bolaning F.I.Sh va JShShIR raqami;
👉
maktabgaça ta’lim taşkiloti raqami va guruh nomi;
👉
tölov summasi miqdori.
▶️
Batafsil videoyöriqnomada
👆
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

October 26, 15:30
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📹
Асакадаги 67-мактаб: янги имкониятлар ва ўзгаришлар
Асакадаги 67-мактаб фаолияти, яратилган шароитлар ва таълим жараёни билан танишинг. Ташкил этилганига кўп бўлмаган муассаса раҳбарияти ва ўқитувчилари олдига улкан мақсадларни қўйиб, бир ёқадан бош чиқариб ҳаракат қилишмоқда.
📹
Батафсил видео
👇
👇
👇
👉
https://youtu.be/wus0xXrmUJo
📱
Андижон янгиликлари

October 26, 15:30
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📹
Asakadagi 67-maktab: yangi imkoniyatlar va o‘zgarishlar
Asakadagi 67-maktab faoliyati, yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan tanishing. Tashkil etilganiga ko'p bo'lmagan muassasa rahbariyati va o'qituvchilari oldiga ulkan maqsadlarni qo'yib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishmoqda.
📹
Batafsil video
👇
👇
👇
👉
https://youtu.be/wus0xXrmUJo
👉
https://t.me/aktual_uztv

October 26, 09:57
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

StudEXPO–2026 xalqaro talabalar körgazmasida 18 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasidan 350 nafarga yaqin yoş iştirok etdi
2026-yil 23-oktabr kuni University of Business and Science tomonidan
“StudEXPO–2026: Computer Science and Design” xalqaro talabalar körgazmasi va tanlovi
taşkil etildi. Tadbir yoşlarning
kasbiy salohiyatini namoyon etiş, innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş
hamda
xalqaro tajriba almaşinuvini
rivojlantirişga qaratildi.
Joriy yilda yil ilk bor xalqaro miqyosda bölib ötgan mazkur tadbir 2026-yil 29-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğiziston Respublikasiga taşrifi doirasida bölib ötgan Özbekiston–Qirğiziston III rektorlar forumi davomida University of Business and Science hamda Öş davlat universiteti örtasida erişilgan kelişuv asosida taşkil etili.
Körgazmaning tantanali oçiliş marosimida Namangan viloyati hokimi, senator
Şavkatjon Abdurazzaqov
, viloyat hokimining sunʼiy intellekt masalalari böyiça maslahatçisi
Şerzod Tursunov,
hududdagi
oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari
, şuningdek, Öş davlat universiteti va Bişkek davlat universiteti
rahbarlari iştirok etdi.
Joriy yilgi tanlovda University of Business and Science talabalari bilan bir qatorda
18 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasidan 350 nafarga yaqin yoş qatnaşdi.
Iştirokçilar beşta yönaliş böyiça öz bilim va könikmalarini namoyiş etdi:
✅
dasturlaş, mobil va veb-ilovalar;
✅
robototexnika, avtomatlaştiriş va sunʼiy intellekt;
✅
uç ölçamli modellaştiriş va harakatli animatsiya;
✅
illyustratsiya va grafik dizayn;
✅
dasturlaş olimpiadasi.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/237949
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 26, 09:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda
"Asaka tumanidagi 48-umumta’lim maktabi faoliyati"
sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Mazkur holat bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:
Murojaatda tilga olingan A.H ismli shaxs fuqaro hisoblanib, ta’lim tizimida hech qanday lavozimda faoliyat yuritmaydi hamda ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonlariga aralashuvi aniqlanmagan.
Shu bilan birga, Asaka tumanidagi 48-umumta’lim maktabi faoliyati tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan mas’ul xodimlarning faoliyatiga belgilangan tartibda huquqiy baho berish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tegishli intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

October 25, 01:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI!
👮‍♂️
🏫
Asaka tumani 4-maktab o‘quvchilari ushbu kasb bayrami munosabati bilan ko‘chalarda, bozorda hamda tuman IIB bo‘limida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarini samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdilar.
💐
O‘quvchilarimizning samimiy tabriklari va iliq tilaklari bayramga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.
👏
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha ichki ishlar xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿
Tinchlik va osoyishtalik — eng ulug‘ ne’mat!

October 24, 06:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Joriy yilning 24-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Asaka tumani 7-umumta'lim maktabidagi ahvol" sarlavhasi ostidagi xabarlar nazoratga olinganligi va oʻrganish ishlariga yoʻnaltirilganligini ma'lum qilamiz.
Oʻrganish yakunlariga koʻra batafsil ma'lumot berilishi rejalashtirilganligini bildirib qolamiz.

October 21, 12:24
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami!
Bugun 30-MMTB
O‘zbek tili bayrami
ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tadbir davomida go‘zal she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari orqali
ona tilimizning go‘zalligi va bebaho qadriyat
ekanini yana bir bor his etdilar.
Til — millat ko‘zgusi, elning g‘ururi!
Ona tilimizni e’zozlash, uni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir.

October 21, 03:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI, G‘URURIM!
Andijon viloyati Asaka tumani 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ko‘tarinki ruhda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va ma’rifatimiz timsoli ekanligi, uning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi. O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi dilbar she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va mazmunli badiiy chiqishlar namoyish etilib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va muhabbat yanada yorqin namoyon bo‘ldi.
Ona tili — ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros, qalbimizning sadosi, millatimizning ruhi va kelajagimiz poydevoridir. Uni ardoqlash, sofligini asrash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Ona tilimiz bor ekan, millatimiz bor, o‘zligimiz bor, g‘ururimiz bor!
💚
O‘zbek tilimizning nufuzi yuksalaversin, dovrug‘i dunyo uzra taralaversin!
🇺🇿

October 20, 06:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yurtimizda qutlug' va tarixiy sana – 21-oktabr yaqinlashmoqda. Aynan shu kuni g'ururimiz bo'lgan o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Til – millatning ko'zgusi, uning beqiyos boyligi va o'zligidir. Shunday ekan, har birimiz o'z ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni doimo qadrlashimiz va kelajak avlodga sof holda yetkazishimiz shart!