
𝔸𝕥 𝕋𝕖𝕣𝕞𝕚𝕫𝕚𝕪 𝕞𝕒𝕤𝕛𝕚𝕕𝕚
🫂
Ассалому алайкум ва рохматуллоҳи ва барокатуҳу!
🩷
12.06.2026
🩷
26.12.1447
🌺
Саййидул айём — Жума муборак бўлсин!
💗
Бошлаган янги кунингиз хайрли ва баракали ўтсин!
💗
Ҳар бир эзгу мақсад ва режаларингизга Аллоҳ таоло осонлик берсин!
🏡
Хонадонингиздан тинчлик-тотувлик аримасин!
🤲
Аллоҳ сизни ва яқинларингизни ўз паноҳида асрасин.
🤲
🌺
🌱
🌺
🌱
🌺
🌱
🌺
🌱
🌺
🌱
▫️
https://t.me/attermiziyuzportal
📷
23. Сомирий 23-воқеа 1-қисм | 23. Somiriy 23-voqea 1-qism →
📖
Қуръонда келган қиссалар — шунчаки ҳикоя эмас, балки қалбни уйғотувчи ибратдир.
Ҳар бир қиссада сабр, иймон ва ҳикмат яширин.
💗
Кўриб, фарзандларимиз билан бирга ибрат олайлик.
🤩
https://t.me/attermiziyuzportal
💡
АТ-ТЕРМИЗИЙ МАСЖИДИ
🕌
📍
🧭
АНДИЖОН ВАҚТИ БИЛАН
12-июндан
15- июнгача
⏰
Беш вақт намозларининг такбир вақтлари
🕓
Бомдод 03:50
🕓
Пешин. 13:00
🕓
Аср 17:35
🕓
Шом 19:50
🕓
Хуфтон 21:35
☝️
Яқинларимизга ҳам юбориб қӯямиз
https://t.me/attermiziyuzportal
#Muslim_podcastda
#Duolar
📱
🗣
ALLOHIM MENI TO'G'RI YO'LGA HIDOYAT QIL!
(Tunda oʻqiladigan duo)
اللَّهُمَّ رَبَّ جِبْرِيلَ وَمِيكَائِيلَ وَإِسْرَافِيلَ فَاطِرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ أَنْتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ اهْدِنِي لِمَا اخْتُلِفَ فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِكَ إِنَّكَ تَهْدِي مَنْ تَشَاءُ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ
📖
Ma'nosi:
«Jabroil, Mikoil va Isrofilning Rabbi Yo Alloh! Osmonlar va Yerni yo‘qdan bor qilgan Alloh! G‘ayb va shahodat olamini biluvchi Alloh! O‘zing ixtilof qilingan narsalar xususida qullaring orasida hukm qilasan. Qullaring ixtilof qilgan haqqa izning ila meni hidoyat qil. O‘zing istagan kishingni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilasan».
📖
Payg'ambarimiz ﷺ
ning muborak 101 duolari
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal
#Muslim_podcastda
#Kun_hikmati
📱
🗣
ALLOHGA SUYANING!
Ulamolar bisotidan
Alloh hikmati bilan bandaga bir eshikni yopsa, rahmati bilan ikki eshikni ochadi.
🎙
Suhandon:
Muhammad Nur
📖
Saodatga yetaklovchi hikmatlar
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal
#Muslim_podcastda
#Ibratli_rivoyatlar
📱
🗣
SAHIY GUNOHKORNING XASIS MUSULMONDAN AFZALLIGI
📖
Ruhul-bayon tafsiridagi ibratli rivoyatlar
📝
Tarjimon:
Jaloliddin Nuriddinov
🎙
Suhandon:
Muhammad Nur
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal
Мўмин кишини доимо фақат рағбат қилувчи ва қўрқувда турувчи ҳолатда топасан. Рағбат ва раҳбат яъни, умид ва қўрқув эса фақатгина сабр устуни устидагина қад ростлайди. Зеро, мўминнинг қўрқуви уни сабр қилишга, умидворлиги эса уни шукр қилишга етаклайди.
“Сабрлилар заҳираси” асаридан.
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal
Эслатма
📜
Неъматларни шукр билан
(маҳкамлаб
)
боғлаб олинг
Умар ибн Абдулазиз раҳимаҳуллоҳ. Ибн Абу Дунёнинг «Китабуш шукр» асаридан
.
▫️
Изоҳ:
"Қоййидун ниъама биш шукри" -
яъни инсонга ато этилган соғлик, бойлик, тинчлик каби неъматларнинг бардавом бўлиши ва қўлдан чиқиб кетмаслиги фақатгина Аллоҳ таолога шукр қилиш орқали бўлади. Шукр — неъматнинг соябони ва уни қочиб кетишдан асровчи занжиридир.
Жунайд раҳимаҳуллоҳ:
"Шукр – Аллоҳ таоло лутф этган неъматлар билан Унга осий бўлмаслик ва ўша неъматларни маъсиятга сармоя қилмасликдир",
деди.
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal
#Muslim_podcastda
#Kun_hikmati
📱
🗣
ALLOHGA ELTUVCHI YO'L UZUNDIR
Ulamolar bisotidan
Allohga eltuvchi yo‘l uzundir. Bu yo‘lning oxiriga yetishing muhim emas, umring shu yo‘lda yakun topishi muhim.
🎙
Suhandon:
Muhammad Nur
📖
Saodatga yetaklovchi hikmatlar
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal
#Muslim_podcastda
#Kun_oyati
📱
🗣
VA
ALLOHGA TAQVO QILING, SHOYADKI, RAHM QILINSANGIZ
🤣
🗣
Oyat tafsiri:
Oyati karimada «birodar» deb tarjima qilingan so‘zimiz arab tilida birlikda «axun» kalimasi bilan ifoda qilinib, ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchisi – aka yoki uka, ya’ni tug‘ishgan birodar ma’nosida.
Ikkinchisi – do‘st, og‘ayni, ya’ni tutilgan birodar ma’nosida ham ishlatiladi.
Ammo xuddi shu so‘zning o‘zi jam sig‘asida kelganda, ma’nosiga qarab ikki xil shaklda keladi:
Birinchisi, «ixvatun» bo‘lib, tug‘ishgan birodarlar ma’nosini anglatadi.
Ikkinchisi, «ixvonun» bo‘lib, do‘stlashgan birodarlar ma’nosini anglatadi.
Qur’oni Karimning mo‘jizaligini qarangki, mo‘minlarning birodarligi haqida so‘z ketganda tug‘ishgan birodarlar ma’nosidagi «ixvatun» so‘zi ishlatilgan va bu bilan mo‘minlar xuddi tug‘ishgan aka-ukalardek ekanligi ta’kidlangan.
«Albatta, mo‘minlar birodardirlar».
Darhaqiqat, bu birodarlik din qardoshligi bo‘lib, dunyodagi barcha insoniy aloqalardan ustun turadi. Bu birodarlik Alloh uchun, dinu diyonat uchun, Islom-iymon uchundir va u o‘zaro muhabbat, tinchlik-omonlik va hamkorlik asosiga qurilgan bo‘ladi. Bu birodarlikka futur yetsa, zudlik bilan isloh qilishga o‘tmoq kerak.
Shuning uchun ham oyatda Alloh:
«bas, ikki birodaringiz o‘rtasini isloh qiling»,
deb ta’kidlamoqda.
Albatta, urushganlarning o‘rtasini sulh qilish oson emas, turli holatlar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham isloh qilmoqchi bo‘lgan taraf o‘ziga Allohning taqvosini qurol qilib olishi zarur. Faqat shundagina adolat bilan ish tutishga muvaffaq bo‘ladi. Oyatning oxiridagi amr shuning uchun keltirilgan:
«Va Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahm qilinsangiz».
Keyingi keladigan oyatlarda mazkur qimmatli va zaruriy birodarlikni buzuvchi ba’zi ijtimoiy kasallik bo‘lmish yomon odatlardan mo‘minlarni qaytarish uchun ko‘rsatmalar keladi.
📝
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📖
Tafsiri hilol, 26-juz
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
✅
Яқинларингизга улашинг!
https://t.me/attermiziyuzportal