Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

A.Avloniy instituti ''Ta'limi xizmatlari markazi''

avloniyqaytatayyorlov
🏢 A.AVLONIY INSTITUTIDA TASHKIL ETILADIGAN "QAYTA TAYYORLASH" KURSLARI HAQIDA MA'LUMOT BERIB BORILADIGAN KANALGA XUSH KELIBSIZ! MUROJAAT UCHUN: 555080667 (2)
Подписчики
5 715
24 часа
3
30 дней
99
Просмотры
1 164
ER
20,37%
Посты (30д)
18
Символов в посте
897
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Prezident o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi
📌
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat rahbari lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni
imzolaganini ma’lum
qildi.
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!, - deya yozadi Saida Mirziyoyeva
Ma'lumot uchun eski alifbodagi matnlarni
@yozuvbot
orqali yangi alifboga
oson o‘zgartirish mumkin.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Milliy_sertifikat
Umumtaʼlim fanlardan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari belgilandi
🔶
Geografiya, ona tili va tarix
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
📆
Unga ko‘ra, imtihonlar
2026-yil 23-26- va 31-oktyabr
kunlari o‘tkaziladi, jumladan:
✔️
23-oktyabr kuni geografiya fanidan;
✔️
24–26-oktyabr kunlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot fanidan;
✔️
31-oktyabr kuni tarix fanidan.
💼
Bunda geografiya fanidan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.
🆔
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani
my.gov.uz
veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
🪪
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna
– Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbek tilining kelajagi — ta’limdan boshlanadi!
21-oktabr — O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan videorolikda
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi
tomonidan 2026-yilda
o‘zbek tilini o‘qitish va ommalashtirish yo‘nalishida
amalga oshirilgan ishlar va erishilgan
natijalar yoritilgan.
📚
38 ta yangi o‘quv-metodik material
— maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov va kichik guruhlari uchun 28 ta mashg‘ulot ssenariysi hamda 10 ta mashq daftari ishlab chiqilgan.
👩‍🏫
166 nafar milliy master-trener
— 51 nafar maktab o‘qituvchisi va 115 nafar maktabgacha ta’lim tarbiyachisi o‘zbek tilini o‘qitishning zamonaviy metodikalari bo‘yicha amaliy seminarlarda tayyorlangan.
📖
198 ta ijodiy asar
—
“Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar”
respublika tanloviga kelib tushgan ishlardan 23 tasi saralab olingan. Ular asosida turli yoshdagi bolalar uchun
uchta badiiy to‘plam nashr etish rejalashtirilgan.
💻
Raqamli ta’lim:
o‘zbek tilini o‘qitishga oid mashg‘ulot materiallari va pedagoglar uchun o‘quv resurslari
raqamlitalim.trm.uz
portaliga joylashtirilgan.
Learnuzbek.ai
platformasini takomillashtirish bo‘yicha metodik takliflar ishlab chiqilgan. Kelgusida
sun’iy intellekt asosidagi virtual ustoz va bepul onlayn kurslarni
rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
🏫
1 000 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti
— o‘zbek tilini o‘qitishning yangi metodik yondashuvlarini sinovdan o‘tkazish uchun tanlab olingan.
🎥
Amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil — videorolikda.
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo‘lsin!
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli
– Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich
– Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 20, 11:38
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

October 20, 11:38
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

October 20, 11:38
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

October 20, 11:38
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram