
Azizbek Xasanov
Giyohvandlikka qarshi kurashish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrib chiqildi
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
aholi salomatligi va millat genofondini
giyohvandlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish
yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
Narkojinoyatlarning zamonaviy usul va shakllari inobatga olinib,
gʻayriqonuniy narkolaboratoriya
tashkil etish,
narkotiklarning noqonuniy muomalasi
ga rahnamolik qilish,
bangixona tashkil etish
kabi qilmishlar uchun
alohida javobgarlik
belgilanmoqda. Shuningdek,
10 dan ortiq
xavfli qilmish boʻyicha
jazo choralari ogʻirlashtiriladi
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Qabul_2026
#Abituriyent
Abituriyentlar va ota-onalar diqqatiga!
Termiz davlat pedagogika institutida qabul komissiyasi huzuridagi
"Call-center"
markazi o'z ish faoliyatini boshlaganini ma'lum qilamiz. Qabul jarayonlari bilan bog'liq barcha savol va murojaatlar uchun mazkur raqamlarga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
+998 76 363-32-30
+998 76 363-32-31
+998 76 363-33-48
+998 76 363-32-28
TerDPI
"Call-center"
operatorlari qabul jarayonlariga doir barcha savollarga soat
09:00
dan
18:00
gacha javob berishadi.
Tushlik vaqti:
13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni:
Yakshanba
Eslatma, onlayn ro'yxatdan o'tish
my.uzbmb.uz
sayti orqali amalga oshiriladi.
✍️
TerDPI matbuot xizmati
✅
Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram
✅
Telegram
#Deputat_va_fuqaro_uchrashuvi
Surxondaryo viloyati Kengashi deputati
A.Xasanov
tomonidan
Sho‘rchi tumanining “Kushon” mahalla fuqarolar yig‘inida
saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida deputat tomonidan
2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, okrug hududida bajarilgan loyihalar hamda fuqarolar murojaatlari
ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududdagi
62-maktab stadioni atrofida yugurish yo‘lagi barpo etish, aholi bandligini ta’minlash, kadastr hujjatlari
bilan bog‘liq masalalarni hal etish, hududni elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, shuningdek suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari ko‘tarildi.
Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rishni talab etuvchi masalalar deputat nazoratiga olinib, ular bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga
deputatlik so‘rovlari yuborilishi
belgilandi.
Murojaatlarni o‘z vaqtida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash fuqarolarning turmush tarzini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi
✍️
️
TerDPI matbuot xizmati
✅
Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram
✅
Telegram
🇺🇸
“Siz sudga chaqirildingiz” — navbatdagi firibgarlik tuzog‘i
⚠️
Telegram foydalanuvchilari yana yangi firibgarlik sxemasiga duch kelmoqda. Kiberjinoyatchilar messenjer orqali fuqarolarga go‘yoki sudga chaqirilgani haqida xabar yuborib, unga APK fayl yoki shubhali havolani ilova qilmoqda.
⚡️
Aslida esa bunday xabarlarning maqsadi — qurilmangizga zararli dastur o‘rnatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish yoki bank kartalaringizga noqonuniy kirish imkoniyatini yaratishdir.
❗️
Unutmang:
➡️
Sud organlari rasmiy hujjatlarni tasodifiy Telegram akkauntlari orqali yubormaydi;
➡️
Noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarni yuklab olmang;
➡️
Shubhali havolalarga kirmang;
➡️
Har qanday xabarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
🥷
Firibgarlar usullari o‘zgarishi mumkin, ammo ularning maqsadi bitta – sizning ishonchingizdan foydalanish. Hushyor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi
🏅
“Yangi Oʻzbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi davom etmoqda
Bugun,
6-iyun kuni musobaqalarning ikkinchi kunida
respublikamizning barcha hududlaridan saralangan
2 mingga yaqin talaba-sportchi
sportning bir qator turlari bo‘yicha
g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasida voleybol (qizlar), Mirzo Ulug‘bek tumani 1-son sport maktabi sport majmuasida voleybol (o‘g‘il bolalar), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida gandbol, Olimpiya shaharchasi Markaziy stadionida yengil atletika hamda Milliy futbol markazida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/174353
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#ochilish_marosimi
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi
video lavha
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#ochilish_marosimi
#fotojamlanma
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimidan fotojamlanma
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#ochilish_marosimi
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
5-iyun kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning respublika final bosqichi tantanali ravishda ochildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili
Odil Abdurahmonov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Sport vaziri
Adham Ikromov,
oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari
hamda respublikaning barcha hududlaridan kelgan talaba-sportchilar ishtirok etdi.
Mutasaddilar talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar. Tadbir davomida badiiy chiqishlar, sport namoyishlari va konsert dasturi tashkil etildi.
11-iyunga qadar davom etadigan musobaqalarda mamlakatimizning eng kuchli talaba-sportchilari turli sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining
yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global iqtisodiy jarayonlar, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, ta’lim sohasida erishilayotgan natijalar haqida so‘z yuritilib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta’lim hamkorligi izchil rivojlanayotgani, filiallar faoliyati va kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekistonda
xorijiy oliygohlarning 32 ta, jumladan, Rossiya oliy taʼlim muassasalarining 15 ta filiali
faoliyat yuritmoqda. Bu
Rossiyaning xorijdagi eng yirik universitetlar tarmog‘i
hisoblanadi.
Shu bilan birga,
kasbiy taʼlim, ayniqsa, amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash
dasturlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Onlayn taʼlim servislari
mazkur sohadagi samarali hamkorlik mexanizmi boʻlishi mumkin. Bunday servislarning ishga tushirilishi
yoshlarga hatto eng chekka hududlarda ham zarur bilimlarni olish
imkonini beradi. Bu
mehnat mobilligi modelini tubdan o‘zgartiradi
va
uni tashkil etishni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi.
Shu munosabat bilan Prezidentimiz
Inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini
yaratishni taklif etdi. Uning vazifasi –
taʼlim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashdan iborat.
Ushbu tizimda
taʼlim dasturlari, til o‘rgatish va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan bog‘lanish imkoniyatlari
birlashtirilishi mumkin.
Yoshlar uchun bu
yangi iqtisodiyot sari aniq-ravshan yo‘nalish
boʻladi.
Biznes uchun tayyor kadrlar bazasidan foydalanish
imkoniyatidir. Universitetlar va kollejlar uchun
bozorning real talabi bilan aloqa vositasidir
. Oʻzbekiston va Rossiya uchun esa
eng oliy qadriyat bo‘lgan insonlarga uzoq muddatli sarmoyadir
,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
💰
✍️
🤩
🤩
🤩
🤩
❓
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar imtiyozdan qanday foydalanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son
qaroriga
muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:
➖
Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni
1200 ball va undan yuqori
natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
➖
Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (
matematika va chet tili
) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga
qo‘shimcha davlat granti
asosida o‘qishga qabul qilinadi.
📥
2026/2027-o‘quv yili
qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali
35787 DI kodi
bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi:
1️⃣
Standart tartib (Score Report):
Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab
10 ish kuni ichida
yetkaziladi.
2️⃣
Tezkor xizmat (Rush):
Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda
4 ish kuni ichida
Agentlikka taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonida test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish
bugundan, ya’ni 5-iyundan boshlandi va 25-iyunga qadar
davom etadi. Abituriyentlardan sertifikatlar vaqtida yetib kelishi uchun yuborish jarayonini kechiktirmasliklari so‘raladi.
❗️
Eslatma,
agentlik tomonidan
faqat DI kod (35787)
orqali kelib tushgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida
mutlaqo hisobga olinmaydi
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram