Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Aziz Rakhimov | Mini

azizrakhimov_mini
Aziz Rakhimovning mini kanali. Ilhom kelganda yozaman. Asosan kitoblar.
Подписчики
3 760
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
24 052
ER
6,4%
Посты (30д)
Символов в посте
682
April 09, 08:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tez-tez qayta o'qiydigan kitoblarim ro'yxatini shakllantiryapman. Tokchada siyrat va Talebning kitoblari ham bo'lishi kerak edi. Ular boshqa joyda.

October 14, 09:08

Yangi loyiha boshlayapmiz.
Ommaga e'lon qilishdan avval bizni o'qiyotganlarning asosiy og'riq va muammolarini yaxshiroq tushunib olish biz uchun muhim.
Shu sababdan kichik so'rovnoma tashkil qildik. Siz qoldirgan javoblardan loyihani rivojlantirish yo'lida foydalanamiz.
So'rovnomada ishtirok etsangiz, loyiha sizga qiziq bo'lsa birinchi ishtirokchilardan bo'lishingiz mumkin.
So'rovnomada qatnashish

March 22, 06:41

10% ni qidirib
Internetdagi kontentning 90%i axlatligiga hech kim shubha qilmasa kerak.
Negadur kitobga kelganda hech kim shunday o’ylamaydi. Kitob ham kontent. Kitoblarning ham 90% i befoyda (yoki zarar)
Kitob chiqishidan avval uni faqat nashriyot tekshiradi. Aksariyot nashriyotlarga faqat sotuv kerak. Ichkaridagi ma’lumotlar o’ninchi darajada.
Til o’rganing. Bo’ladigan mualliflarni o’qing. Kitob soni emas, qanday kitoblarni o’qiyotganingiz muhim.
Men uchratgan 10% ga kiradigan mualliflar ro’yxati:
Horis Muxosibiy, Ibn Xoldun, Jaloliiddin Rumiy, Shayximiz, Ibn Ataulloh Sakandariy, So’fi Olloyor
Nassim Taleb, Matt Ridley, David Deutch, Vaclav Smil, Fyodr Dostoevskiy, Viktor Pelevin, Richard Feynman
Seneka, Mark Avreliy, Aristotel
Biznesda:
Tony Fadell, Ben Horowitz, Ken Iverson, Andy Grove, Vladimir Mojenkov
Ta’limda
:
Makarenko, Soloveychik, Barbara Oakley, Ushinskiy, Karol Dweck, Ken Robinson. Adam Gunesh
Yuqoridagi hamma mualliflarni umumiy ikkita xislati bor:
Gapirayotgan mavzusini o’zi yaxshi tushungan, amal qilgan. Tushunarli va sodda yozgan.
Tushunarli yozadigan amaliyotchilardan o’rganing.

January 20, 17:33

2023 kitoblari
What if - Randall Munroe 10/10
Absurd savollarga, ilmiy javoblar. Fikrlashni kengaytirish uchun, bolalarga fanni sevdirish uchun ideal kitob.
The learning game - Ana Lorena Fabrega 4/10
O’yin orqali o’rgatish haqida. Ta’lim haqida umuman o’qimaganlar uchun foydali bo’lishi mumkin. Men ko’p narsa o’rganmadim.
Same as Ever - Morgan Housel 8/10
Insoniyatning o’zgarmas axloqlari haqida. Tarixiy voqealarning takrorlanishi haqida yozilgan. O’ta qiziq. Faqat o’qib bo’lib nima o’rgandim o’zi deb o’ylaysiz.
Numbers Don’t lie - Vaclav Smil 9/10
Dunyoga tandiqiy qara olish uchun faqat raqamlardan foydalangan muallif. Fikrlashni o’stiradi.
THe Pleasure of Findings things out - Richard Feyman 7/10
Feynmanning turli ma’ruzalari yig’ilgan kitob. Fizikaga qiziqqanlarga foydali bo’ladi.
Compound Effect - Darren Hardy 6/10
Istiqomat, murakkab foiz haqida. Ilhomlantiradi. Atom odatlarni o’qiganlar uchun deyarli hech qanday yangilik chiqmaydi.
Letters on Ethics - Seneca 10/10
Senekaning shogirdiga turli mavzularda yozgan xatlari.
Risolatul Mustarshidyn - Xoris Muxosibi 10/10
Muallif amalda kuchli bo’lgani uchunmi tavsiyalari qattiq ta’sir qiladi.

July 04, 01:51

Oxirgi 6 oylik mutolaa
Olti oy oldingi o’zim - o’zimga ahmoq bo’lib ko’rinyapti.
Demak o’rganish to’g’ri tezlikda.
O'qigan kitoblarim orasida eng yaxshilari:
Plain Talk - Ken Iverson
CEO, managerlarga o’qitish kerak. Kichik tegirmonni Amerikani eng katta gigant zavodlaridan (Nucor) biriga aylantirgan menejerning boshqaruv prinsiplari. Nucor Good to Great kitobidagi 8ta tanlangan kompaniyaning bittasi ham.
Наедине с собой. Размышления - Mark Avreliy.
2000 yil oldin yashab o’tgan Rim imperatorining tafakkurlari. O’zgarmas inson tabiati haqida. O’qib ko’p narsalar o’sha-o’shaligini tushunasiz.
Trust me, I’m lying - Ryan Holiday
Media, Manipulatsiya ijtimoiy fikrning shakllantirish uchun yolg’onlar qanday ishlatilishi haqida. Shu ishlar bilan shug’ullanib yurgan odamning o’zi yozgan kitob. O’qigach yangiliklarga boshqa qaraysiz.
Fooled by Randomness - Nassim Taleb
Uchinchi marta o’qishim. Agar kitob qayta - qayta o’qishga arzimasa, bir marta o’qishga ham arzimaydi. Taleb ko'p marta o'qishga arziydigan muallif.
Six easy pieces - Richard Feyman.
Maktabdagi 3 yillik fizika darslaridan ko’ra 4 soatlik shu kitob ko’proq foyda keltirdi fan bo’yicha.
Tao of Charli Munger - David Clark
Charlining iqtiboslari sharhlangan kitob.
Excellent advice for Living - Kevin Kelly
Kevinning maslahatlarini bobomnikidek qabul qilaman. 71 yosh bo’lgani uchunmi, yoki ta’sirli yozgani uchunmi bilmadim.
Influence - R. Cialdini
Ikkinchi marta o’qishim. Marketingda kerak bo’ladi.
Братья Карамазовы - Достоевский
Badiiy asar o’qimasdim. Dostoevskidan boshlashga qaror qildim. Adashmabman. So’z boylik va tasavvurni kuchaytiryapti asar.
Profit first - Mike Michalawicz
Biznesdagi pul oqimi bo’yicha ko’p kutilmagan narsalar o’rgandim.
Courage is Calling - Ryan Holiday
Jasorat va uning foydalari haqida.
The Almanack of Naval Ravikant
Ikkinchi marta o’qishim. Bu safar ham 2 kunda tugadi.
Riyozus Solihin - Imom navaviy.
Mavzulashtirilgan Oyat va sahih hadislar to’plami.
Masnaviy terapiya - Nevzat Tarxan.
Mavlono rumiyning hikmatlari sharhlari bilan. Zamonaviy holatga moslashtirilgani yoqdi.
Xislatki hikmatlar sharhi - Ibn Atoulloh Sakandariy
. Bittada o’qib bo’lmaydigan. Qayta - qayta qaytish kerak bo’lgan asar. Har bir hikmatni kunlab o’ylab yursa bo’ladi.

June 28, 17:18

Yaqinometr:
Tabrik uchun shablon yoki samimiy tilak kelgani.

April 29, 06:48

Pul borligi uchun qilinadigan xarajatlar bor:
Yordamchi, qulay mashina (kiyim, uy) trener, kurslar. Ya’ni vaqt bo’shatish uchun qilinadigan xarajatlar.
Pul borligini ko’rsatish uchun qilinadigan xarajatlar bor:
Isrofli to’y, instasayohat, qimmat brendlar.
Adashtirib qo’ymang.

March 17, 14:57

Yozish = sekin o’ylash
Uch yil oldin shu kuni telegramda blog boshlagan edim. Pandemiyaning avji. Ishlar to’xtagan. O’ylashga vaqt paydo bo’lgandi.
Fikrlarni ommaga olib chiqish, intizom bilan yozishga harakat qilish, yozishga arzigulik narsa o’rganish atrofida auditoriya yig’ildi.
Yuzmingtalik kanallar oldida 18k o’quvchi kamdek ko’rinishi mumkin. Lekin shuncha odam istiqlol va turkiston saroylarini qo’shganda ham sig’maydi.
Yozganlarim o’quvchilarga foyda va o’zgarish olib kelganiga ishonaman. Lekin eng ko’p o’zgarib, foyda olgan o’zim bo’ldim.
Chunki
Yozish = sekin o’ylash. Boshqalarga tushuntiraman deb o’zingiz yaxshiroq tushunib olasiz.
Doim yozishga targ’ib qilaman. Botga esa yozishdan qiynalayotganlar murojaat qilaverishadi.
Aslida yozmoqchi bo’lgan odamga ko’p narsa kerak emas:
1. Boshlash uchun sabab
2. To’xtatmaslik uchun sabab
3. Yozish uchun mavzu
4. Yozgan ishiga doimiy feedback
Shularni yechishga yordam beradigan, yozish orqali o’ylashga o’rgatadigan yangi loyiha boshlayapmiz.
Essays loyihasi.
Qo’shimcha ma’lumotni
bot
orqali olishingiz mumkin.

March 09, 15:11

Time killer
Appstoreda best 10 time-killing games bo’limi bor ekan.
Time killing degani vaqtni o’ldirish.
Vaqtimizdan boshqa hech narsamiz yo’q. Biz vaqtni o’ldirayotgan paytimizda u bizni o’ldirayotgan bo’ladi.

January 20, 10:57

Anchadan beri doimiy kitob o'qiyman.
Lekin haqiqiy foydani,
Kitoblar uchun pul to'lashni boshlaganimdan keyin olishni boshladim.