Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bahodir Ma’murov

bahodir_mamurov
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Maʼmurov Bahodir Baxshulloyevichning rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @buxdpi_murojaatbot
Подписчики
1 046
24 часа
30 дней
-95
Просмотры
874
ER
83,56%
Посты (30д)
18
Символов в посте
1 207
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 08:57
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#XalqaroHamkorlik
#FransiyaMadaniyatiKunlari
🇺🇿
🇫🇷
BuxDPI va Fransiya: do‘stona hamkorlikning yangi istiqbollari
👍
Buxoro davlat pedagogika institutiga
O‘zbekiston Respublikasidagi Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Fuk Ualid
tashrif buyurdi.

Tashrif davomida elchi institut rektori
Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich
hamrohligida oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy infratuzilma hamda ta’lim-tarbiya jarayoni uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
✔️
Shuningdek, mehmon institutning
“Yoshlar bog‘i”
da bo‘lib, ushbu maskandagi yaratilgan muhit va yoshlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif doirasida
“Yoshlar bog‘i”da yirik madaniy tadbir tashkil etish
bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
➡️
Uchrashuvda
Buxoro viloyati va Fransiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqlar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish
masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan,
joriy yil oktabr oyida Buxoroda Fransiya madaniyati kunlarini o‘tkazish
tashabbusi muhokama qilindi. Mazkur tadbir doirasida fransuz xalqining boy madaniy merosi, san’ati, musiqasi, kinematografiyasi, ilm-fani, adabiyoti hamda zamonaviy ijod namunalari Buxoro aholisi va xorijlik mehmonlarga keng namoyish etilishi
rejalashtirilmoqda.
📌
Ma’lumot o‘rnida:
2025-yil 5-oktabr kuni ham Buxoro davlat pedagogika instituti
“Sharq gavhari” ansambli
,
Fransiyaning mashhur
“Buyuk ipak yo‘li”
ansambli
hamda
“Panjrud”
ansambli
(Fransiya, Eron, Armaniston) hamkorligida Buxoroda katta konsert dasturi tashkil etilgan edi.
Mazkur uchrashuv va rejalashtirilayotgan madaniy tadbirlar Buxoro va Fransiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, madaniy almashinuvni kengaytirish hamda yoshlarni xalqaro madaniy muloqotga faol jalb etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 09, 11:58
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🎓
BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
👍
Buxoro davlat pedagogika institutida
2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash
, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️
Mazkur jarayon doirasida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Adilov Baxtiyor Alisherovich
tomonidan institutning 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
➡️
Shuningdek,
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B.Ma’murov boshchiligidagi shtab
faoliyati yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bitiruvchilar bandligini qisqa muddatlarda yakunlash, amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy nazoratga olish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida hududlarga mas’ul rahbarlar biriktirildi.
📌
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash — yoshlarning kelajagini mustahkamlash, ularning bilim va salohiyatini amaliyotga tatbiq etish hamda jamiyatdagi munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 09, 07:28
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

#OAV
👍
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murovning
“Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”
nomli maqolasi
“Xalq soʻzi”
gazetasining 2026-yil 9-sentabrdagi 187-sonida e'lon
qilindi
.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 05, 07:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📍
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, bu borada mavjud imkoniyat va resurslarni safarbar etish maqsadida viloyat hokimi  Botir Zaripov hamda barcha ishchi guruh a’zolari 4-sentabr kuni Shofirkon tumanida bo‘ldi.
🇺🇿
Viloyat hokimi o‘rinbosari
B. Adilov
boshchiligida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori
B. Ma’murov
, institut professor-o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlar ishtirokida tumandagi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar holati o‘rganildi.
🤩
O‘rganish jarayonida, avvalo,
bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, bugungi kunda ishsiz bo‘lgan yoshlarni mehnat bozoriga jalb etish
, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tashkil etilgan
Shtab faoliyati birma-bir ko‘zdan kechirildi
.
Maqsad — har bir yosh uchun munosib imkoniyat yaratish, uning bandligini ta’minlash va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir
Batafsil
👉
video rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 03, 04:13
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

#OAV
👍
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori
Bahodir Ma’murovning “Strategik sheriklarning ilmiy-ma’rifiy aloqalari mustahkam, intilishlari mushtarak”
nomli maqolasi
“Yangi Oʻzbekiston”
gazetasining 2026-yil 31-avgustdagi 179-sonida chop
etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 02, 10:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎥
#video_reportaj
“Birinchi qo‘ng‘iroq – yangi orzular va ezgu niyatlar boshlanishi”
👍
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov o‘zi ta’lim olgan Buxoro shahridagi 11-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostidagi
“Birinchi qo‘ng‘iroq”
tadbirida ishtirok etdi.
🇺🇿
🇺🇿
#Mustaqillik35yil
#kelajak
#mustaqilyurt

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 02, 06:14
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

“Birinchi qo‘ng‘iroq – yangi orzular va ezgu niyatlar boshlanishi”
🇺🇿
Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashi deputati, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov
o‘zi ta’lim olgan Buxoro shahridagi 11-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostidagi
“Birinchi qo‘ng‘iroq”
tadbirida ishtirok etdi.
🇺🇿
🇺🇿
Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar sari ilk qadam.
Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilar uchun bu kun hayotlaridagi eng unutilmas va hayajonli kunlardan biridir. Tadbirda 1-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarning beg‘ubor quvonchi, ota-onalarning faxri va ustozlarning samimiy tilaklari mujassam bo‘ldi.
👍
Bahodir Ma’murov uchun ushbu maskanning o‘rni alohida.
U o‘zining ilk bilim va tarbiya saboqlarini aynan shu maktabda olgan. Yillar o‘tib, ushbu dargohga rahbar va pedagog sifatida qaytib kelishi ustozlar mehnati, maktab tarbiyasi va ta’limning inson hayotidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.
📚
Tadbir doirasida
Buxoro davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi tomonidan maktab kutubxona fondini boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Institut rektori Bahodir Ma’murov
tomonidan maktab kutubxonasiga o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan turli mazmundagi badiiy, ilmiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar o‘qish uchun tuhfa qilindi.Mazkur ezgu tashabbus o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
🧳
Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan yangi o‘quv yilida ilk bor maktabga qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat
“Prezident sovg‘alari”
topshirildi. Bu ezgu an’ana nafaqat yoshlarni bilim olishga rag‘batlantiradi, balki ta’limning qadri va ahamiyatini chuqur his qilishlariga xizmat qiladi. Bu tashabbus yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi hamda ularning kelgusida yurtimiz ravnaqi uchun bilimli va ma’naviyatli shaxs bo‘lib ulg‘ayishlariga mustahkam zamin yaratadi.
🌱
Ushbu ezgu tashabbus bolajonlarni yangi o‘quv yiliga ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga undab, ularda bilim olishga bo‘lgan qiziqish va intilishni yanada kuchaytiradi. Birinchi kitob, ilk daftar va o‘quv qurollari — bola xotirasida maktab bilan bog‘liq eng yorqin xotiralardan biri bo‘lib qoladi.

Jaranglagan
ilk qo‘ng‘iroq esa har bir o‘quvchini
bilim sari, orzular sari, yangi marralar sari
chorlagandek yangradi.
🇺🇿
#Mustaqillik35yil
#kelajak
#yangio'zbekiston
#mustaqilyurt
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
You tube

September 02, 06:13
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 02, 06:13
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 02, 06:13
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram