
KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌱
Issiqxona egalari uchun yangi talablar va moliyaviy imtiyozlar
belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi
586-son qarori
bilan Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xo‘jaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
➡️
Yangi tartib qaysi hududlarda amal qiladi?
Maxsus ekologik tartib Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq etiladi.
➡️
1-dekabrgacha qanday talablar bajarilishi kerak?
Mazkur hududlarda ko‘mir, briket va biomassa pelletlari bilan isitiladigan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgacha ekologik toza isitish tizimlariga o‘tishi lozim.
Bunda tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, quyosh va geotermal energiya, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Qattiq yoqilg‘idan foydalanishni davom ettirish uchun esa bir vaqtning o‘zida quyidagi talablar bajarilishi shart:
- Qozonxonalarni avtomatik boshqaruv va chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
- Uzluksiz avtomatik monitoring tizimini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining axborot tizimlariga ulash;
- Uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lish;
- Onlayn kuzatuv kameralari, elektr ta’minoti va zaxira generatorini o‘rnatish;
- Hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish.
🚫
Nimalarni yoqilg‘i sifatida ishlatish taqiqlanadi?
❗️
Issiqxonalarda avtomobil shinalari, mazut, bitum, plastmassa, polimer plyonkalar, rezina, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini hamda shu kabi zararli materiallarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
💰
Issiqxona egalari qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
➡️
50 foiz subsidiya.
2028-yil 1-yanvarga qadar ekologik toza isitish texnologiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari, energiya tejamkor ekranlar va tegishli jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektar uchun 50 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
➡️
350 million so‘mgacha foizsiz mablag‘.
Avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilish uchun har bir stansiyaga 350 million so‘mgacha mablag‘ 7 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratilishi mumkin.
➡️
3 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit.
2026–2027-yillarda elektr, quyosh, geotermal energiya va kogeneratsiya asosidagi isitish tizimlariga o‘tish loyihalari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Kredit loyiha qiymatining 50 foizigacha, har bir gektar uchun esa 3 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
⚠️
Talablar bajarilmasa nima bo‘ladi?
🔵
2026-yil 1-dekabrdan belgilangan ekologik talablarga javob bermaydigan issiqxonalarga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilmaydi. Avval berilgan xulosaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatiladi hamda elektr, gaz va suv ta’minotidan uzish choralari ko‘riladi.
🔵
Shuningdek, maxsus hududdagi issiqxonalarda har yili
15-oktabrdan 15-martgacha
ekologik monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
🔵
Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf tug‘diruvchi holatlar aniqlansa, issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba 10 kungacha vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
#Vakansiya
Buxgalter yo‘nalishi bo‘yicha 100 ga yaqin vakansiya!
Mutaxassislarni qanday vazifalar kutmoqda?
🔵
Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy operatsiyalarni rasmiylashtirish;
🔵
Daromad va xarajatlar hisobini yuritish;
🔵
Soliq va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
🔵
Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash;
🔵
Moliyaviy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish.
📍
Joylashuv:
O‘zbekiston bo‘ylab
💰
Maosh:
vakansiyaga qarab belgilanadi
📋
Talablar:
ish beruvchining talablariga muvofiq belgilanadi.
O‘zingizga mos ishni tanlang va hoziroq ariza topshiring
:
➡️
Oson ish platformasi
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
Ijtimoiy reyestrda turgan fuqarolarning xonadonida qo‘şimcha daromad olishlari uchun davlat tomonidan yordamlar körsatilmoqda.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
Bayramga ajoyib sovğa: Özbek alifbosini takomillaştiriş töğrisidagi qonun imzolandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi
.
“Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça,
alifbodagi özgarişlar ortiqça xarajatlarsiz, bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Darsliklar, peşlavhalar va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugaganidan keyingina almaştiriladi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
🇺🇿
Bir so‘zda tarix, bir tilda millat yashaydi!
Urxun bitiklaridan Navoiy satrlarigacha, ajdodlar nidosidan bugungi avlodning ilk so‘zlarigacha — ona tilimiz millatimizning mangu ovozi bo‘lib yangramoqda.
Til — o'tmishimiz xotirasi, bugunimiz iftixori, ertamizning ovozi!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
🇺🇿
ONA TILIMIZ — MILLIY G'URURIMIZ!
Qadrli yurtdoshlar!
🗓
Sizlarni
21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni
bilan samimiy tabriklayman!
Mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida ham davlat tilida ish yuritish, rasmiy hujjatlar va axborot materiallarida adabiy til me’yorlariga rioya etish, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har bir fuqaroning burchidir.
Barchangizga bu yo‘lda mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman!
Botir Zaxidov,
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
#Qonunchilikda_yangilik
Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha namunaviy qoidalar tasdiqlandi
📑
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Boshqaruv samaradorligi agentligi
hamda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining
qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha
namunaviy ichki mehnat tartib-qoidalari tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra:
🔹
Tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan xodim murojaat qilish huquqiga ega.
🔹
Murojaatchining shaxsi va shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanadi.
🔹
Rahbar ustidan berilgan shikoyat yuqori turuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.
🔹
Murojaat yuzasidan tekshiruv
15 kun ichida
yakunlanadi, zarur hollarda muddat
30 kungacha
uzaytirilishi mumkin.
🔹
Jabrlangan xodimni himoya qilish uchun vaqtinchalik choralar ko‘riladi.
🔹
Jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik hamda shahvoniy shilqimlik holatlari tasdiqlansa, mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
📌
Hujjatga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari
2026-yil 1-dekabrga qadar
o‘z ichki mehnat tartib-qoidalarini mazkur talablar asosida qayta ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim.
Yangi tartiblar ish joyida xavfsiz, hurmat va o‘zaro ishonchga asoslangan mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
3 yil davomida mehnat ta’tiliga chiqmasdan ishlash mumkinmi?
Ayrim xodimlar yillar davomida mehnat ta’tilidan foydalanmaydi. Bunga esa ko‘pincha o‘z huquqlarini yetarli darajada bilmaslik sabab bo‘ladi.
📗
Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, har bir xodimning yillik mehnat ta’tili olish huquqi kafolatlangan.
🟥
Batafsil videoda.
📲
Ushbu ma’lumotni yaqinlaringiz va hamkasblaringizga ham ulashing.
🔔
Bandlik vazirligi kanaliga a’zo bo‘lib, mehnat huquqlariga oid foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
Kerakli usta uzoqda emas — telefoningizda!
🔧
Santexnik, elektrik yoki mohir chilangar — shu kabi zarur mutaxassisni topish juda oson!
📲
“Mening Ishim”
mobil ilovasi orqali o‘zingizga yaqin, ishonchli ustalarni
bir zumda toping.
🔍
Har bir usta haqida:
— tajribasi
— xizmat narxi
— ish namunasi (portfolio)
— mijozlar fikri va reytingi
📞
Tanlang va darhol bog‘laning!
👷♂️
Ustamisiz?
Endi mijoz izlab yurishga hojat yo‘q —
“Mening Ishim”
ilovasi bilan barchasi qulay va bepul.
🚀
Hoziroq yuklab oling va imkoniyatdan foydalaning:
⬇️
Play market
/
AppStore
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
#infografika Andijon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasining 9 oylik faoliyati sarhisob qilindi 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Andinjon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar tomonidan…