Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bank ishi fakulteti

bankishiofficial
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Bank ishi fakulteti rasmiy telegram kanali Официальный канал факультета Банковское дело Official channel of the Faculty of Banking 📸 Instagram: @bank_ishi_official Murojaat uchun: @bankishifakultetimurojaatbot
Подписчики
1 880
24 часа
-10
30 дней
-50
Просмотры
679
ER
36,12%
Посты (30д)
32
Символов в посте
579
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
June 16, 10:49
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

P.S:
Video rolikni biri bo'libdi...
⚡️
🔥
O'zbekiston
😬
vs
Kolumbiya
🤩
O'yin bo'yicha fikrlar va hisobni taxmin qilib ko'ringlarchi
👇
👇

June 15, 13:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
Diqqat!
Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori nomidan tarqatilayotgan
"xodimlar ma’lumotlari sizib chiqishi bo‘yicha tekshiruv ishlari" haqida rasmiy ko‘rinishdagi xabar - mutlaqo
soxta (feyk)!
Bunday xabarlar fuqarolarni, xususan rahbar xodimlarni
chalg‘itish maqsadida
tarqatilmoqda.
📌
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xabarlarni
“tergov ishlari”, “xavfsizlik xizmati bog‘lanadi”, “hech kimga aytmang”
kabi iboralar bilan yubormasligini ma’lum qilamiz.
❗️
Iltimos, bu kabi soxta xabarlarga
ishonmang
va ularni boshqalarga
tarqatmang
.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

June 14, 03:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xotin-qizlar huquqlari va xavfsizligi — doimiy himoyada
Toshkent davlat transport universiteti tomonidan talaba-qizlar va xotin-qizlarni tazyiq hamda shilqimlik holatlaridan himoya qilishga qaratilgan yangi tizim yuzasidan qisqa videorolik tayyorlandi.
📌
Mazkur tizimning asosiy maqsadlari:
— xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash;
— xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirish;
— tazyiq va shilqimlik holatlariga tezkor munosabat bildirish;
— murojaat qiluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini to‘liq ta’minlash.
📲
Agar siz tazyiq, shilqimlik yoki boshqa nojo‘ya holatlarga duch kelsangiz, quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
@otv_himoya_bot

June 12, 17:58
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#JahonChempionati
#BizBirgamiz
🇺🇿
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi
futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizga zafarlar yor bo‘lsin!
🇺🇿
Olg‘a, O‘zbekiston!
⚽️
Biz birgamiz!
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

June 12, 08:41
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Ўзбекистонда аҳолининг банклардан қарздорлиги рекорд даражага чиқди — 230,8 трлн сўм
Марказий банк
маълумотларига кўра
, 2026 йил 1 май ҳолатида аҳоли ва бизнеснинг банклар олдидаги умумий қарзи
629 трлн сўмга
етди. Бу ўтган йилнинг шу даврига нисбатан
63,5 трлн сўмга ёки 11,2 фоизга кўп
.
☑️
Эътиборлиси, айнан аҳоли қарздорлиги тез суръатларда ўсмоқда. Бир йил ичида аҳолининг банклардаги кредитлари
190,4 трлн сўмдан 230,8 трлн сўмгача
кўпайиб,
21,2 фоизлик ўсиш
қайд этилди.
☝️
Агар 2020 йилда аҳолининг банклардан олган кредитлари атиги
43,8 трлн сўм
бўлганини ҳисобга олсак, бугунги кунда мазкур кўрсаткич
5 баравардан ортиққа ошган
.
📍
Кредит ҳажми бўйича
Тошкент шаҳри мутлақ етакчи
бўлиб турибди. Пойтахтда жами кредитлар қолдиғи
290 трлн сўмдан ошган
бўлиб, бу мамлакатдаги барча кредитларнинг қарийб
ярмига (46,1%)
тенг.
☑️
Банклар кесимида энг катта кредит портфели
Ўзмиллийбанк
ҳисобига тўғри келмоқда —
107,4 трлн сўм
. Кейинги ўринларда
Агробанк (89 трлн сўм)
,
ЎзСҚБ (61,7 трлн сўм)
,
Асакабанк (40,2 трлн сўм)
ва
Халқ банки (36,7 трлн сўм)
жойлашган.
🏠
Аҳоли энг кўп маблағни
ипотека кредитлари
учун олган —
83,9 трлн сўм
. Шунингдек,
микроқарзлар (50,1 трлн сўм)
,
микрокредитлар (44,3 трлн сўм)
ва
автокредитлар (39,6 трлн сўм)
ҳам юқори улушга эга.
Рақамлар шуни кўрсатмоқдаки, сўнгги йилларда кредитлар аҳоли ҳаётининг ажралмас қисмига айланган ва қарздорлик ҳажми тарихий юқори даражаларга чиқишда давом этмоқда.
👍
Каналга уланиш
👉🏻
@Bankxabar

June 12, 07:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Olg‘a, O‘zbekiston!
🇺🇿
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram

June 08, 09:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟥
🟥
🟥
🥳
Bugun
TDIU YI
a’zosi,
Bank ishi fakulteti Media yo'nalishi koordinatori Izzatulayev Yusuf Rahimzodaning
tug‘ilgan kuni.
🎉
Yoshlar Ittifoqi hamda Bank ishi fakulteti jamoasi nomidan
Yusufni
tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz.
😊
O‘qish va kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz!
🇺🇿
Bank ishi fakulteti Yoshlar kengashi
Bizni kuzatishda davom eting
📱
Telegram
📱
Instagram

June 06, 10:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum! Tijorat banklarida depozit xizmatlarini rivojlantirish va mijozlar mamnunligini baholash maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. So‘rovnomani to‘ldirish 3–5 daqiqa vaqt oladi. Javoblar umumlashtirilgan holda ilmiy-amaliy tahlil uchun…

June 06, 10:20

Assalomu alaykum!
Tijorat banklarida depozit xizmatlarini rivojlantirish va mijozlar mamnunligini baholash maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomani to‘ldirish 3–5 daqiqa vaqt oladi. Javoblar umumlashtirilgan holda ilmiy-amaliy tahlil uchun foydalaniladi.
🔗
Havola: [
https://forms.gle/iJKMZmQm9D9B8VCJ8
]
Ishtirokingiz uchun katta rahmat!

June 05, 10:07
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

⚡️
TDIU Career Club (Bank ishi fakulteti)
jamoasi talabalar va soha ixlosmandlari uchun eng dolzarb mavzulardan birini muhokama qilishda davom etadi!
Bu galgi onlayn ovozli chatimiz mehmoni — taniqli raqamli kontent yaratuvchisi, bank, moliya va iqtisodiyot yo‘nalishlarida chuqur tahlillari bilan mashhur ekspert,
@kvadratuzz
blogi asoschisi Muhammadzoir Kimsanboyev.
📌
Suhbat davomida quyidagi muhim mavzular yoritiladi:
🏦
Bank tizimi sirlari: Banklar aslida nima uchun kerak va ulardan qanday samarali foydalanish mumkin?
💰
Moliyaviy savodxonlik: Kredit qarzlariga tushib qolmaslik, shaxsiy budjetni to‘g‘ri boshqarish va moliyaviy intizom qoidalari.
📈
Karyera va marketing: Bank sohasida zamonaviy rivojlanish yo‘llari hamda iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun amaliy tavsiyalar.
💬
Suhbat davomida siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri spikerga berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
• ​​
🗓
Suhbat kuni va vaqti: 7-iyun, 15:00

📍
Lokatsiya:
@CLUBKARYERATDIU
(Rasmiy Telegram kanali)
​Suhbat jonli efir formatida bo‘lib o‘tadi, do‘stlaringizni taklif qilishni unutmang!
Kelajakdagi moliyaviy muvaffaqiyatingiz bugungi bilimlardan boshlanadi!