
BARSAMANIYA | RASMIY KANAL
❓
Xulian Alvares transferi amalga oshmay qoldimi?
🎙️
Xulio Salinas (Barselonaning sobiq futbolchisi):
“U hozir kelmaganidan xursandman va umid qilamanki, yanvarda ham kelmaydi.
Menimcha, uni sotib olish xato bo‘lardi.
U juda ajoyib futbolchi, uning sifatiga hech kim shubha qila olmaydi. Ammo Barselona unga to‘lashga tayyor bo‘lgan summa menimcha, juda ham oshirib yuborilgan.
Menimcha, Barselona futbolchilarni yaxshiroq sotib olishni va yaxshiroq sotishni biroz o‘rganishi kerak.
Menimcha, Barselona taklif qilgan 130 million yevro juda katta, juda katta summa.
Barselonaning ehtiyojlarini hisobga oladigan bo‘lsak, agar men Atletiko Madridda sport direktori bo‘lganimda, Ferran Torresni olishga harakat qilardim va ustiga Barselona menga pul ham to‘lashi kerak bo‘lardi.
Masalan, Ferran Torres + 80 million yevro.
Menimcha, bu Atletiko Madrid uchun juda ajoyib kelishuv bo‘lardi.”
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
🚨
🎖️
| «Barselona»ning mavsumni ajoyib boshlashiga jamoaning jismoniy holati yaxshilangani ham sabab bo‘lmoqda.
Flickning iltimosiga binoan olib kelingan Benjamin Kugel juda talabchan bo‘lib, individual mashg‘ulot rejalariga katta e’tibor qaratmoqda. Uning ta’siri allaqachon butun tarkibda sezilmoqda.
«Barselona» «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda 120 km masofa bosib o‘tdi — bu niderlandiyaliklar ko‘rsatkichidan (113,7 km) 6,3 km ko‘proq.
Bu avvalgi mavsumlarga nisbatan katta o‘sish. Taqqoslash uchun, «Barselona» o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘yinida «Atletiko»ga qarshi atigi 112 km yugurgan, «Atletiko» esa 118 km masofa bosib o‘tgan.
[bonagerman]
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
🚨
«Barselona» Hansi Flick qo‘l ostida muhim rivojlanish ko‘rsatgan Gerard Martinning shartnomasini yaxshilashni rejalashtirmoqda. Klub uning o‘sishini yaxshilangan moliyaviy shartlar orqali mukofotlamoqchi. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi…
🚨
«Barselona» Hansi Flick qo‘l ostida muhim rivojlanish ko‘rsatgan Gerard Martinning shartnomasini yaxshilashni rejalashtirmoqda. Klub uning o‘sishini yaxshilangan moliyaviy shartlar orqali mukofotlamoqchi.
Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi va tovon puli €100 millionni
tashkil etadi.
[ffpolo]
🔥
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
Klub keyingi mavsum uchun forma namunalarini taqdim etdi.
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
Klub qarzi 1,84 mlrd $ ga yetdi. Bu yil soʻngiga qadar 2 mlrddan oshishi kutilmoqda. Qarzning qisqarish oʻrniga oshib borishiga sabab Turkiya qurilish kompaniyasining Camp Nou qurilishini kechiktirganida. Aslida Camp Nou shu yozda topshirilishi kerak edi va klub Espi Barça loyihasidan 250 mln $ yillik daromadni bu mavsumdan olishni boshlashi kutilgandi. Biroq bu kechikish sabab klub bankka toʻlaydigan foizlari 90 mln $ ni tashkil etmoqda. Espi Barça loyihasini yakunlash uchun ham yana kredit olinmoqda...
Yaxshi tomoni klub yillik daromadini 1 mlrddan oshdi.Lekin bu yoz Monjuika oʻyinlar koʻchirilishini hisobga olsak bu daromadlar keskin kamayadi. Monjuik ijarasi uchun ham pul ajratiladi. Endi hammasi Camp Nouning qachon topshirilishiga bogʻliq.
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
🎙️
Sesk Fabregas («Komo» bosh murabbiyi):
«Barselona qo‘rqinchli. Jamoaning hozirgi formasi juda qo‘rqinchli.
Kecha o‘yinni tomosha qildim. Ishoning, “Feyenoord” juda yaxshi jamoa, ammo “Barselona” sizni yomon ko‘rsatib qo‘yadi, chunki ular har bir vaziyatda yechim topa olishadi.
Ularga qarshi yakkama-yakka himoyalanishingiz mumkin. “Feyenoord” Rodri yoki Pedriga qarshi shunday qilishga harakat qildi. Ammo “Barselona” har tomondan yechim topa oladi.
Qaysi futbolchi maydonga tushishidan qat’i nazar, jamoaning saviyasi juda yuqori bo‘lib qolaveradi.»
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
UCL dagi keyingi oʻyin Galatasaroyga qarshi.
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy
🚨
RASMIY: «Barselona»ning maoshlar limiti 432 million yevrodan 582 million yevroga ko‘tarildi. Bu klub uchun ajoyib yangilik!
📈
🔵
🔴
@Barsamaniya_Rasmiy