Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Baxtiyor Rasulov | Rasmiy kanal

baxtiyorrasulov
Andijon davlat pedagogika instituti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin 👉 @adpirektoribot
Подписчики
6 390
24 часа
-10
30 дней
-1 350
Просмотры
1 016
ER
15,9%
Посты (30д)
12
Символов в посте
1 155
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 11, 04:46
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🟥
🟥
🟥
🟥
🟥
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI «YANGI O‘ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI»DAN 15 TA MEDAL BILAN QAYTDI
Andijon davlat pedagogika instituti sport klubi terma jamoasi «Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi»da munosib ishtirok etib, viloyat va institut sharafini yuksak darajada himoya qildi. Jamoa musobaqalar yakunida 2 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza, jami 15 ta medalni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 7-o‘rinni egalladi.
Erishilgan natija alohida e’tiborga loyiq: ishtirokchi jamoalar orasida eng ko‘p — 15 ta medal aynan Andijon davlat pedagogika instituti talabalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu bo‘yicha jamoa respublikada 2-o‘rin. Bu ko‘rsatkich institutda ommaviy sportni rivojlantirish va talabalarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning yaqqol samarasidir.
Jamoaga ikkita oltin medalni keltirgan talabalarning nomlari faxr bilan tilga olinadi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash turida G‘ofurov Omadbek G‘ayratjon o‘g‘li, suzishning 50 metr erkin usul (individual) turida esa Rafikdjanov Alisher Zokirjon o‘g‘li birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, olimpiada chempioni bo‘ldi.
Eng salmoqli natija yengil atletikada bo‘lib, sportchilarimiz bu turda 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medalni jamg‘ardilar. Kumush medallarni G‘apirjonov Dilshodbek Sherzod o‘g‘li (1500 va 3000 metr yugurish), Erkinjonov Shaxzodbek Sherzodbek o‘g‘li (200 metr yugurish) hamda Muborakov Maxammadqodir Zufarjon o‘g‘li (uch hatlab va uzunlikka sakrash) qo‘lga kiritdi. Bronza medallar esa Erkinjonov Shaxzodbek (100 metr yugurish) va G‘ofurov Omadbek (uch hatlab sakrash) hissasiga yozildi.
Suzish bo‘yicha jamoa 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza — jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Kumush medal sohibi To‘lanboyev Asadbek Zafarbek o‘g‘li (100 metr chalqancha usul) bo‘ldi. Bronza medallar Sobirova Kibriyoxon Shuxratjon qizi (100 metr chalqancha usul), Qobiljonov Muhammadtolib To‘lqinbek o‘g‘li (100 metr erkin usul) hamda aralash 4x50 erkin usul estafetasida ishtirok etgan Odilova Muxlisa Erkinjon qizi, Rafikdjanov Alisher, Abdug‘opporova Ruxsoraxon Sardorbek qizi va Qobiljonov Muhammadtolibga nasib etdi.
Shuningdek, gandbol bo‘yicha qizlar jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Stol tennisining aralash juftlik turida esa Ikramov Omadillo Ikboljon o‘g‘li bronza medal sohibi bo‘ldi.
Kecha Andijon shahar temir yo‘l vokzalida olimpiada ishtirokchilari va murabbiylarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim chinakam bayram ruhida — guldastalar, qarsaklar va olqishlar ostida kechdi.
Tantanada institut rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligida institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda sportchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Rektor o‘z tabrik so‘zida g‘olib va sovrindorlarni qutlab, ularning matonati va izchil mehnati institut uchun katta iftixor ekanini ta’kidladi. Sportchilarni yuqori natijalarga tayyorlagan murabbiylar mehnatiga ham alohida minnatdorlik bildirildi.
Farzandlarining g‘alabasidan faxrlangan ota-onalar marosimda hayajonli daqiqalarni boshdan kechirdilar. Talaba-sportchilar esa qo‘lga kiritilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan, kelgusi musobaqalarda yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishga intilishlarini bildirishdi.
Mazkur tantana institutda yoshlarni jismonan baquvvat, ma’nan yetuk va vatanparvar etib tarbiyalashga qaratilgan sa’y-harakatlarning yorqin ifodasi bo‘ldi.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

June 08, 10:41

Channel photo updated

June 08, 09:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Hurmatli vatandoshlar!
O'zbekiston Milliy terma jamoasi tariximizda
ilk bor jahon chempionatida
ishtirok etmoqda.
Bu — barchamiz uchun faxr!
Guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo terma jamoalariga qarshi
har bir o'yinda jamoamizga omad tilaymiz.
Biz ishonamiz — Milliy terma jamoamiz
bu mundialda yana bir tarix yozadi!
🇺🇿
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi o'g'lonlarimizning yonida.
Har bir o'yinni
birga kuzatamiz, birga qo'llab-quvvatlaymiz.
Chunki biz — bir jamoamiz! Bir yurak, bir maqsad, bir g'alaba!
Olg'a, O'zbekiston!
⚽️
🔥
#OlgaOzbekiston
#MilliyTermaJamoa
#ADPI
#BizBirJamoa

@BaxtiyorRasulov

May 25, 03:05
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Avtomobilsiz_kun
Bugun, 25-may kuni respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” aksiyasida men ham faol ishtirok etdim va institutga jamoat transportida yetib keldim.
Yo‘l davomida Andijon shahrining go‘zal manzaralarini tomosha qilish, insonlar bilan samimiy muhitni his etish va shahrimizdagi bugungi ekologik tashabbus kayfiyatini ko‘rish o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Mazkur aksiya nafaqat ekologiyani asrash, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoat transportidan foydalanish madaniyatini oshirish hamda atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Barchani bu kabi ezgu tashabbuslarda faol bo‘lishga, tabiat musaffoligini asrashga va ekologik madaniyatni yuksaltirishga chorlab qolaman.

@BaxtiyorRasulov

May 23, 09:39
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟥
🟥
🟥
🟥
🟥
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Namangan viloyati musiqali drama teatrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan
“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli tanlovning final bosqichida respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari jamoalari qatorida
Andijon davlat pedagogika institutining “Taraqqiy” jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tanlov davomida jamoalar
“Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”
hamda
“Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya”
shartlari asosida o‘z bilim, mahorat va ijodiy salohiyatlarini namoyish etdilar.
Ayniqsa, Andijon davlat pedagogika instituti vakillari tomonidan namoyish etilgan sahna chiqishlari, adabiyot va ma’naviyatga oid bilimlarning puxtaligi hamda jamoaviy uyg‘unlik hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra institutning
“Taraqqiy” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mutlaq g‘olibiga aylandi.
Mazkur yutuq institut jamoasining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati, yoshlarning adabiyot va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir amaliy natijasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz,
tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Xususan, 1-o‘rin sohiblariga 40 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

May 22, 08:14
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
“Talaba-yugur” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Bugun Andijon shahrida “Silk Road — Andijon” doirasida “Talaba-yugur” hamda “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa 3 kilometr masofada tashkil etilib, unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, sportchilar hamda yoshlar keng qamrovda ishtirok etdi. Startga minglab yuguruvchilar chiqib, musobaqa yuqori sport ruhi va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Unda
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi rektor
Baxtiyor Rasulov
boshchiligida faol qatnashdi. Quvonarlisi, institut talabalari yuqori natijalarni qayd etib, institut sha’nini munosib himoya qildilar.
🏆
Ayniqsa, 3 kilometr masofada erkaklar o‘rtasida institut talabasi
Qabulov Zuxriddin faxrli 3-o‘rin
ni egalladi. Shuningdek, ko‘zi ojiz talabalar o‘rtasidagi bahslarda
Bektosheva Gulnora faxrli 2-o‘rin
ni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

May 22, 07:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

JONLI EFIRDAN MAXSUS REPORTAJ |   RASSOMLAR FESTIVALI 2026 20.05.2026
Telegram
|
Youtube
|
Instagram
|
Facebook

May 21, 13:25
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

#Ogohlik
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar!
So‘nggi kunlarda Andijon davlat pedagogika instituti rektori B. Rasulov nomidan turli
soxta (feyk) akkauntlar
ochilib, xodimlarga
turli topshiriqlar berish, qo‘ng‘iroq qilish,
shuningdek,
shaxsiy ma’lumotlar va tasdiqlash kodlarini so‘rash
holatlari kuzatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, ushbu
akkauntlar institut rektoriga tegishli emas
va ular
firibgarlik maqsadida tashkil etilgan
.
⚠️
Agar sizga:

telefon orqali qo‘ng‘iroq qilinsa;
— Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali yozilsa;
— SMS tasdiqlash kodi, parol, bank kartasi ma’lumotlari yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar so‘ralsa;
— turli havolalar yuborilib, ularga kirish talab qilinsa,
ASLO hech qanday ma’lumot bermang va yuborilgan havolalarni ochmang.
📌
Shuningdek, bunday holatlarga duch kelsangiz:
— soxta akkauntning skrinshotini saqlab qolishingiz;
— mas’ullarga yuborishingiz;
— imkon qadar akkauntni
“Spam”
va
“Report”
qilishingiz so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, institut rektorining yagona rasmiy va shaxsiy Telegram akkaunti —
@rasbahmax
Ushbu akkauntdan tashqari barcha akkauntlar soxta hisoblanadi.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

May 21, 03:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#ADPI
#Yoshlar_kuni
#Sport
#Andijon
ADPIda tonggi badantarbiya — sog‘lom hayot sari muhim qadam
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube

May 21, 02:24
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Andijonda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi mavsumi g‘oliblari taqdirlandi
18–19-may kunlari Andijon viloyatida
“Talabalar teatr studiyalari”
ko‘rik-festivalining 2026-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tanlovning final bosqichi amaldagi g‘olib — Andijon davlat pedagogika instituti mezbonligida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati musiqali drama teatrida tashkil etildi. Unda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 9 ta oliy ta’lim muassasasining teatr studiyalari o‘z ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimi Andijon viloyati Yoshlar markazi saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori
Abdumalik Akramov
so‘zga chiqib, festival ishtirokchilarini samimiy tabrikladi hamda yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishi ularning ma’naviy-ijodiy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shundan so‘ng Ushbu festivalni tashkillashtirishda mezbonlikni yuqori darajada tashkil etganligi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi bilan Andijon davlat pedagogika instituti rektori
Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich
hamda institut birinchi prorektori
Parpiyev Muxammadjon Tolibovich
taqdirlandi.
Festival yakunlariga ko‘ra:
3-o‘rin:
Central Asian Medical University;
Qarshi davlat universiteti.
2-o‘rin:
Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Farg‘ona davlat universiteti.
1-o‘rin (mutlaq g‘oliblar):
Termiz davlat universiteti;
Buxoro davlat tibbiyot instituti.
G‘olib va sovrindorlarga diplom, esdalik sovg‘alari hamda maxsus mukofotlar topshirildi.
E’tiborlisi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
tomonidan final bosqichida namoyish etilgan
9 ta spektakl to‘liq formatda tasvirga olindi.
Ushbu spektakllar yaqin kunlarda respublika telekanallari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali
yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram
🟦
Facebook
🟦
Instagram
🟦
YouTube