Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bayroqdor

bayroqdor
Harbiy sohaga oid yangiliklar, shaxsiy nuqtai nazar, umuman hamma narsa. YouTube: 👇 https://youtube.com/@bayroqdor?si=QnUcDvGEHnxxjXJk
Подписчики
13 478
24 часа
-13
30 дней
-270
Просмотры
4 506
ER
33,43%
Посты (30д)
166
Символов в посте
383
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 23:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bu yil Oltin to‘pni yutish uchun yaqqol favorit yo‘q edi. Ammo uch kishi boshqalardan alohida ajralib turdi. Sezganingizdek, gap Yamal, Mbappe va Keyn haqida.
Ochig‘i, bu uchalasining hech biri haqida "mana shu eng loyig‘i", deyolmaysiz.
Mbappe o‘zi qatnashgan turnirlarning barchasida "golyador" bo‘ldi, rekordlar o‘rnatdi. Ammo birorta ham jamoaviy sovrin yutmadi. Yamal bilan esa bunining aksi yuz berdi. U futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan eng yuqori cho‘qqi, ya'ni jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq yirik o‘yinlarning hech birida jamoasining lideri bo‘lmadi. Bu yutuqqa undan ko‘ra murabbiy va jamoadoshlari ko‘proq hissa qo‘shdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Oltin to‘p sovrini Harri Keynga nasib etgan. Ochig‘i, kamina Mbappening muxlisi bo‘lsam-da, qolgan ikkala maqtanchoqdan o‘zining bosiqligi bilan ajralib turadigan, klub va milliy jamoada og‘ir yuklamani zimmasiga olishdan qochmaydigan futbolchi muvaffaqiyat quchgani uchun xursandman.
Jurnalistlar ovoz berish jarayonida ayni shu omilni, ya'ni Keyn shaxsiyatini ham ham hisobga olishini oldindan sezgandim. Shu bois bu kamina uchun kutilgan yakun bo‘ldi.
@bayroqdor

October 26, 07:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"70 mln dollarlik portfelda taxminan 20 mln teshik bor" – Mahmud Usmon
IFBC shar'iy kengashi a'zosi Mahmud Usmon Iman Invest kompaniyasi rahbarining iddaolariga javob qaytardi. Xalqaro auditorning aytishicha, u Iman'dan ulush talab qilmagan, aksincha buni yetimxonaga o‘tkazishni so‘ragan.
Mahmud Usmon, qolaversa, kompaniyaga hissa qo‘shganlar noto‘g‘ri menejment sabab ta'sischi Rustam Rahmatovni boshqaruvdan chetlatmoqchi bo‘lganini ta'kidlagan. Shuningdek, tegishli xulosalarni e'lon qilish uchun vaqt talab etilganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatma: tomonlarning bir-birlariga nisbatan da'volari hozircha tegishli organlar yo mustaqil taraflar tomonidan o‘rganilmagan.
@bayroqdor

October 25, 22:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Endi uni ishdan bo‘shatishmasligini bilganidan so‘ng Mourinyo qanday uxlashi haqida.
@bayroqdor

October 24, 11:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

O'zbekistonning J-10CE hamda qozoq qardoshlarimizning Su-30 qiruvchi uchoqlari birgalikda parvoz qilmoqda.
#
@bayroqdor

October 22, 17:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

​
Qozog‘iston qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulot
Unda (ehtimol) Rossiya o‘zaro kelishuv asosidan tekinga yetkazib bergan S-300 va Sovet Ittifoqidan meros qolgan S-200 tizimlarini ko‘rish mumkin.
@bayroqdor

October 22, 17:16
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Qo‘shma Shtatlarning Abrams, Rossiyaning T-90S tanklari. Iroq armiyasi har ikkala standartni ham o‘z saflariga muvaffaqiyatli integratsiya qila olgan.
@bayroqdor

October 22, 12:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Netanyaxu arab davlatlari Falastin uchun qayg‘urmasligini eslatdi
Jurnalist isroil Bosh vaziriga xuddi shu masalada savol bilan yuzlandi:
– Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar Falastin davlatini tashkil etishni muayyan shart sifatida qo‘ygani haqida eshitdik.
– Do‘stlar, agar sizlar shu bema’nilikka ishonsangiz... Ha, omma oldida ular shunday deyishadi. Men esa o‘zim eshitayotgan gaplarni sizlarga aytmoqchi emasman.
Arab dunyosidagilar falastinliklarga sizlar qanchalik qayg‘ursangiz, taxminan shunchalik qayg‘urishadi.
@bayroqdor

October 22, 03:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tramp okeanlarning biri o‘z nomi bilan atalashini xohlagan
"Men Google Maps’ga qo‘ng‘iroq qilib, Atlantika okeanining nomini "Tramp okeani"ga o‘zgartirishni so‘radim.
Sundar (Google bosh ijrochi direktori) esa "Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Bu safar bunday qilmayman. Janob, okeanlar boshqacha. Ular ko‘plab mamlakatlar hududini qamrab oladi. Iltimos, bizdan buni so‘ramang", dedi.
Shuning uchun, ehtimol, bu fikrdan voz kechamiz. Atlantika okeani o‘z nomida qolsin.

Yana
o‘sha
gap: Tramp ahmoqona gaplar aytadi va unga qarsak chalishadi.
@bayroqdor

October 22, 03:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

AQSH prezidentining maxsus vakuli Putinni "insonparvar" deb atadi
"Siz prezident Trampning insonparvar ekanligi haqida ko‘p gapirasiz.
Sizning o‘zingiz ham insonparvarsiz, janob. Buni e’tirof etaman va sizni buning uchun olqishlayman", degan Stiv Vitkoff.
@bayroqdor

October 22, 03:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kim uchundir bu odatiy tonglardan biri.
@bayroqdor