Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Feruza Murod.

beadad_shukurlar
Ismu sharifim Feruza Murod. Hayotdagi qahramonlarim esa xotin-qizlar. Ular uchun yozaman ✍️
Подписчики
410
24 часа
1
30 дней
-35
Просмотры
29
ER
7,32%
Посты (30д)
34
Символов в посте
2 622
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
March 10, 15:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 10, 15:29

Agar biz yangi hayot modelini tanlasak, o’z ustimizda ishlab, kuchli bo’la olsak, uzoq yashab, foydali va mazmunli hayot kechirsak ular ham shunday yashashni o‘rganadi.
Robert Diltsning onasi haqida esa shuni aytish mumkin: u baribir vafot etdi, ammo yana ko‘p yillar mazmunli yashadi va butunlay boshqa sababdan olamdan o’tdi.
Feruza Murod tayyorladi
🍃
#dunyoqarash
#hayot
#qiziqarliFaktlar
#baxtliOila

March 10, 15:29

Mashhur psixolog Robert Diltsning onasi 1978 yilda ko‘krak saratoni bilan kasallandi.
Uni davolashdi, lekin natija bo‘lmadi. 1982 yilda shifokorlar Patricia Diltsni kasallikning to‘rtinchi bosqichida uyiga chiqarib yuborishdi. Shunda Robert shunday o‘yladi: “Agar u begona odamlarga, o‘z mijozlariga yordam bera olgan bo‘lsa, nega o‘z onasiga yordam berishga urinib ko‘rmasin?”
Dilts onasi bilan bir necha kun uyda deyarli yakkalanib ishladi va shu jarayonda psixologiyadagi muhim kashfiyotlardan birini qildi. U odamlar nima sababdan o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishga o‘zlari yo‘l qo‘ymasligini tushundi.
Dilts buni “cheklovchi e’tiqodlar” yoki “ong viruslari” deb atadi. Ular uchta ekan.
Onasi unga shunday dedi:
— O‘g‘lim, men seni menga qanchalik bog‘langaningni tushunaman va mening o‘lishimni xohlamaysan. Lekin saratonning 4-bosqichidan hech kim tuzalmagan. Shifokorlar ham endi hech narsa qilib bo‘lmasligini aytishdi.
Bu birinchi cheklovchi e’tiqod edi. Dilts buni “umidsizlik” deb atadi. Ya’ni: agar hech kim buni qila olmagan bo‘lsa, demak men ham qila olmayman. Bunga o‘xshash fikrlar: “Buni hech bir ayol qila olmaydi”, “Bizning mamlakatda buni hech kim qila olmaydi”, “Bizning pensionerlar buni qila olmaydi” va hokazo.
Ammo Dilts iste’dodli psixolog bo‘lgani uchun bu muammoni qanday yengish mumkinligini tezda tushundi: istisnolarni topish kerak edi. U onasiga gazetadagi maqolalar, tibbiy jurnallardan parchalar va teleko‘rsatuv yozuvlarini olib keldi. Ularda og‘ir kasalliklardan kutilmaganda tuzalib ketgan odamlar haqida hikoyalar bor edi. Bunday holatlar haqiqatan ham mavjud va tasvirlangan.
Ammo keyin yana bir to‘siq paydo bo‘ldi. Bu ikkinchi “ong virusi” — ojizlik edi.
— Ha, albatta, — dedi onasi. — Bunday odamlar bor. Lekin ular alohida, istisno odamlardir. Men esa oddiy, qari, zaif va kasal ayolman. Menda bunday kuch yo‘q.
Buni ham yengish mumkin edi. Dilts har bir insonda cheksiz imkoniyatlar bor deb hisoblar edi. U onasiga ularning oilasi bir paytlar juda kambag‘al yashaganini eslatdi. Shunday paytlarda ham onasi har doim chiqish yo‘lini topgan. “Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir” degan tamoyil bilan yashaganini eslatdi.
Onasi o‘sha voqealarni birma-bir eslay boshlagach, uning kayfiyati ko‘tarildi va o‘zini yaxshiroq his qildi. Ammo bu ham uzoq davom etmadi.
Ularning yo‘lida yana bir to‘siq paydo bo‘ldi: uchinchi va eng yashirin cheklovchi e’tiqod. Dilts uni “o‘zini arzimas deb bilish” deb atadi.
Onasi bu haqda uzoq gapirishni istamadi, ammo oxiri shunday dedi:
— Sen buvingni eslaysanmi? Mening onamni?
— Ha, eslayman.
— U nimadan vafot etganini eslaysanmi?
— Ko‘krak saratonidan.
— Uning singlisi-chi?
— Menimcha, qizilo‘ngach saratonidan.
— Men onamni ham, xolamni ham juda yaxshi ko‘rardim. Men ulardan yaxshiroq emasman. Agar ular saratondan o‘lgan bo‘lsa, nega men sog‘ayishim kerak?
Shunda Dilts shuni tushundiki, oila va ajdodlarga sadoqat ba’zan odamga zarar ham keltirishi mumkin. Onasi uchun sog‘ayish o‘z onasi o‘lgan kasallikdan tirik qolish, go‘yo ularga xiyonat qilishdek tuyulgan.
“Ajdodlarimiz shunday yashagan, demak biz ham shunday yashaymiz” degan fikr. Tanishingiz mumkin bo‘lgan holat.
Buni yengish eng qiyin bo‘ldi.
Ammo Dilts yana bir yo‘l topdi.
— Yaxshilab o‘ylab ko‘ring,— dedi u onasiga. — Agar mening singlim, sizning qizingiz bir kun kelib saraton bilan kasal bo‘lsa va shunday desa: “Onam shu kasallikdan o‘lgan, demak men ham o‘lishim kerak, chunki men uni juda yaxshi ko‘raman”, — shuni xohlayapsizmi?
— Nimalar deyapsan?! — dedi onasi g‘azablanib.
— Unda unga yaxshi namuna bo‘ling. Agar siz hozir tuzalishga qaror qilsangiz, u ham kasal bo‘lsa: “Mening onam tuzalgan, demak men ham tuzalaman”, — deydi.
Shunday qilib, Dilts shuni tushundi: o‘zini arzimas deb bilishni, o’ziga ishonchning pastligini yengish usuli bu kelajakda bolalar va keyingi avlod uchun namuna bo‘lishga intilishda ekan.
Bolalar ota-onasiga qarab yashashni o‘rganadi. Agar biz hayotdan voz kechib, faqat shikoyat qilib yashasak, keyingi avlod ham shunday qiladi.

March 08, 02:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 08, 02:43

Aziz va qalbi daryo ayollar!
🌷
Sizlarni 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlar hayotga baxtiyorlik, huzur, sabr va ilhom olib kiradigan go’zal qalb sohibalarisizlar.
Dunyo sizlarning mehringiz, donoligingiz va matonatingiz bilan yanada chiroyli.
Bugun sizlarga kichik eslatma va tilaklar:
🌸
O‘zingizning qadringizni biling, chunki siz bunga loyiqsiz. Shuningdek o‘ylaganingizdan ham latofatli va kuchlisiz.
🌸
Orzularingizdan hech qachon voz kechmang, chunki katta yo‘llar o’zingizga bo’lgan ishonchdan boshlanadi.
🌸
Qalbingizni asrang, chunki ichki xotirjamlik salomatlik garovi.
🌸
Bir-birlaringizni qo‘llab-quvvatlang, chunki ayollar birlashganda mo’jizalar yuz beradi.
Hayotingiz quvonchga, hurmatga va ilhomga to‘lsin. Har kuningiz o’zingiz kabi go‘zal va yorqin bo‘lsin!
Bayramingiz muborak, dilbar ayollar!

March 02, 17:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 02, 17:31

RUHAN va JISMONAN SALOMATLIGINGIZ KERAKMI O’ZI?
Ijtimoiy tarmoqlar chayqalayotganda, salbiy axborotlardan o‘zini himoya qilish: mental gigiyena haqida.
Bugungi kunda inson har kuni soniyalar ichida yuzlab axborotlar oqimiga duch keladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaladigan salbiy yangiliklar: falokatlar, urushlar, mojarolar, zo‘ravonliklar yoki turli tashvishli voqealar inson ruhiyatiga sezilmas, ammo kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunga kundalik hayotdagi shaxsiy tashvishlar ham qo‘shilganda, doimiy stress paydo bo‘lishi va bu holat turli psixologik hamda jismoniy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli zamonaviy davrda MENTAL GIGIYENA, ya’ni ruhiy salomatlikni ongli ravishda himoya qilish nihoyatda muhim ko‘nikmaga aylanmoqda.
AXBOROT ORTIQCHALIGI va UNING JISMONAN HAMDA RUHAN SALBIY TA’SIRI.
Psixologlar “axborot charchoqligi” deb ataladigan holatni ko‘p kuzatishmoqda. Inson miyasi tabiatan cheklangan miqdordagi stressli ma’lumotlarni qayta ishlashga moslashgan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda salbiy yangiliklarni ko‘rish, miyada xavf signalini uzluksiz faollashtirib turadi. Natijada organizm kortizol kabi stress gormonlarini ko‘proq ishlab chiqaradi. Bu esa bezovtalik, uyqusizlik, diqqatning pasayishi, hatto immunitetning zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
Muammo shundaki, inson ko‘pincha bu jarayonni sezmaydi. Biz oddiygina telefonni ochamiz, yangiliklarni ko‘ramiz va davom etamiz. Ammo ruhiyat bunday axborotni baribir qayta ishlaydi.
MENTAL GIGIYENA NIMA?
Mental gigiyena bu insonning ruhiy salomatligini saqlash va himoya qilish uchun qiladigan ongli odatlar tizimidir. Xuddi jismoniy gigiyena qanday qilib tanani kasalliklardan himoya qilsa, mental gigiyena ham ongni ortiqcha stressdan himoya qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar davrida mental gigiyena ayniqsa axborot iste’molini nazorat qilish bilan bog‘liq.
SALBIY AXBOROTLARDAN, BACHKANA VAYNLARDAN HIMOYALANISHNING SAMARALI USULLARI:
🌿
1) Axborot diyetasini shakllantirish:
Qanday ovqat iste’mol qilishimiz tanamizga ta’sir qilgani kabi, qanday axborot “iste’mol”qilishimiz ruhiyatimizga ta’sir qiladi. Shuning uchun yangiliklarni va salbiy axborotlar tarqatuvchi blogerlarni cheksiz kuzatish o‘rniga, kunning ma’lum vaqtida qisqa muddat bilan ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tavsiya etiladi.
🌿
2) Ijtimoiy tarmoqlarda filtr qo’llash:
Salbiy kontent tarqatadigan sahifalarni kuzatishni kamaytirish yoki ulardan voz kechish ruhiy muvozanatni saqlashga yordam beradi. Buning o‘rniga ilhom beruvchi, bilim beruvchi yoki tabiatga oid sahifalarni kuzatish foydaliroq.
🌿
3) “Raqamli tanaffuslar”qilish.
Kun davomida ma’lum vaqtni telefon va internetdan butunlay uzoq o‘tkazish miya uchun dam olish imkonini beradi. Masalan, kechqurun uxlashdan bir soat oldin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
🌿
4) Tabiat bilan aloqani kuchaytirish:
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabiat bag‘rida vaqt o‘tkazish stress darajasini sezilarli kamaytiradi. Hattoki oddiy sayr qilish ham insonning psixologik holatini tiklashga yordam beradi.
🌿
5)Ongli e’tibor (mindfulness mashlari).
Nafasga e’tibor qaratish, qisqa meditatsiya yoki yoga kabi mashqlar miyani tinchlantiradi va stress ta’sirini kamaytiradi.
AXBOROT TANLASH VA TARQATISH: bu ham MAS’ULIYAT.
Zamonaviy inson axborot oqimidan butunlay qochib ketolmaydi. Ammo u qaysi axborotni qabul qilish tanloviga ega. Ruhiy salomatlikni himoya qilish uchun ba’zan ayrim yangiliklarga e’tibor bermaslik bu befarqlik emas, balki ongli o‘zini himoya qilishdir.
Sizning aralashuvingiz yoki qiziqishlaringiz amaliy samaraga ega emasmi, u holda hissiyotlarga berilmang.
Bugungi tezkor axborot davrida eng muhim ko‘nikmalardan biri bu ruhiy muvozanatni saqlay oladigan axborot madaniyatini shakllanishdir. Chunki sog‘lom ong bu sog‘lom hayotning poydevoridir.
Feruza Murod
💕
🍃

March 01, 17:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 01, 17:09

ФАРЗАНДИНИ “ЎҚИТАДИГАН” МИЛЛАТ
Бир танишимнинг 5 нафар фарзанди - 4 ўғил, 1 қизи бор. Барча ўзбек оилалари каби эр-хотин иш, қозон-товоқ, тандир-ўчоқ дегандек яшаб келишади. Ўғиллар ҳар бир хонадондаги каби табиатан ўт-олов, аммо ота-она “суви” билан “ўчиб” туришади, мол-қўй, рўзғор оғирлиги кичик бошларига тушиб, анчагина эзилиб қолишган. Баъзан кўришганимизда, улардан “энг катта орзуинг нима?” деб сўрасам, кўзларини катта-катта очиб қарашади, биламанки, бемаъни савол бердим. Чунки бу болаларнинг фақат ўзларига тегишли орзулари йўқ – улар учун орзу ва унинг миқдорини болаларнинг ўрнига ота-онаси белгилаб ва ҳатто қарор беради. Бу қонун фақат бу оилага эмас, миллатимиз, юртимиздаги кўпчилик оилалар ва ота-оналарга тегишли. Бир шахс ҳаётига “хўжайинлик қилиш”, унинг ўрнига қарор қабул қилиш – биз ўзбекларга “йўргакда теккан касаллик”. Айтгандек, ўзбекистонлик ўғил болаларнинг буюк орзулари уларнинг ота-оналари бўйи кабидир: Россияда ишлаш ва отаси, онасини Хажга олиб бориш. Бундан 20-30 йиллар аввалгидек, шифокор, ўқитувчи, астронавт, археолог бўлиш орзулари аллақачон болаларимиз хаёллари, тасаввурларидан “учиб” кетган – рўзғор қийинчиликлари ҳақида мурғакларга сўзлана-сўзлана, кўрсатила-кўрсатила.. Вахоланки, ўзбек оилаларида “боланинг олдида гаплашиладиган ва гаплашилмайдиган мавзулар борлиги” аслида йўқ мавзу. Оиланинг бахтсизлиги, қийинчиликлар, эр-хотин ва ёки ёлғиз онанинг бақир-чақири, қарғишлари, дунёдаги жамики омадсизликларда ота ёки онани (эрни, хотинни) айблаш, қоралаш каби юк остида вояга етган бола дунёга муҳаббат билан эмас, нафрат, адоват билан боқиши - беш қўлдек аён. Аслида бизларни БУГУН ҳайратга солиб тобора “болалаб кетган” коррупция, бошболдоқлик, ўғрилик, қабихлик, очкўзлик каби иллатлар асоси оиладандир. Болани тарбиялайдиган бизнинг айтган сўзимиз эмас, қилган ҳаракатимиздир, бизнинг бу дунёга, одамларга муносабатимиз фарзандимизни тарбиялайди. Бугунги жамиятимиздаги воқеалар асоси – бизнинг асл юзимиз, ўзбекнинг виждонининг кўзгуси, аслида.
Ўша танишимнинг ягона қизи ҳақида айтдим. У бошқача қиз - ота-онаси, акаларининг уруш-жанжалини севмайди ва шундай пайтларда хаёл кучини “ёқиб” уларни эшитмасликка ҳаракат қилади. Мен у қизнинг ўз тасаввур дунёси борлигини биламан, чунки кичиклигимда мен ҳам шундай қизча эдим. Танишим қизини боғчага беролмаган, ортиқча пул сарфи деб билган буни ва бир томондан тўғри ҳам қилгандир. Чунки қизчанинг ўз дунёчаси бор эди, у бизнинг шафқатсиз дунёмизга бошқа кўз билан боқарди. Хаёллари бор эди қизчанинг. Жуда гўзал. 3 ёшидан бошлаб кўпинча ёлғиз қоларди уйда қизча. Ота ишда, она юмуш ва баъзан ғийбат учун қўни-қўшниникига чиқар, индамас қизини унутиб ҳам қўярди тез-тез. Қизча очиқса дастурхонга ўралган нондан олиб ер, чанқаса идишдаги сув ёки чойнакдаги чойдан олиб ичарди. Фақат кечқурунгина овқат бўларди бу уйда. Бошқа пайтлар қизча ҳовлидаги майсалар, момоқаймоқ, елкасига буғдой дони ортмоқлаган чумоли, дарахтлар ва ҳатто сув билан гаплашарди, тўғрироғи, улар қизчанинг дўстлари эди. Гаплашадиган кишиси бўлмаган болалар шундай қилишади. Атрофи тўла одам, аммо сен гапирган тилда гаплашмайдиган оиланг... Танишим ҳамиша алламбало ташвишларга кўмилган, бахтсиз (ёки ўзини шунга махкум этган), нотавон эридан нолигани-нолиган, болалари билан ҳеч қачон одам каби гаплашмайдиган ва ёки буни истамайдиган бир аёл. Унга бу ҳақда гапирсам, “улар ҳали бола, болалигини қилсин” дейди.
Хуллас, бир куни аёл қўшниникидан чиқаётиб, қизининг гуллар билан гаплашаётганини кўриб қолибди. Эртаси куни ҳам қизини зимдан кузатибди - бу сафар қизча ҳовлида донлаётган товуқ билан гаплашаётган экан. Шундан сўнг она бу ҳақда эрига ва бир нечта қўшниларга айтибди:”қизим руҳлар билан гаплашяпти!” Орадан 2 кун ўтмасдан қизчани бир домлага ўқитгани олиб борибди – кимдир уни "нафаси ўткир домла" деган экан. Сўнграки ҳафта яна бошқа бир муллага олиб бораётганини айтди..
Болаларининг дунёларини ўз қўллари билан парчалаётган жохил оналар-а!
Кичиклигидан уларнинг орзуларини синдираётган оталар-а!
Учар қанотларни қирқаётган бизлар-а!
Сабохат Рахмон.

March 01, 01:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram