Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

bektemirhokimligi
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy telegram kanali
Подписчики
8 070
24 часа
30 дней
3 930
Просмотры
228
ER
3,89%
Посты (30д)
330
Символов в посте
786
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Прочая
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
April 25, 08:11
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Tuman hokimi qurlish ishlar bilan tanishdi
🤩
Bektemir tumani hokimi N.Abduraxmanov tumanda olib borilayotgan qurilish ishlar bilan tanishish doirasida tumanning “Rohat” mahallasida joylashgan 580-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'ldi.
🤩
Mazkur muassasada mavjud 455 o‘ringa qo‘shimcha ravishda 420 o‘rinli, zamonaviy 3 qavatli bino qurilish ishlari yakuniy bosqichda. Tuman hokimi jarayonni ko'zdan kechirib, sifat va qulaylik birinchi o'rinda bo'lishi kerakligini yana bir bor ta'kidlab o'tdi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
🌍
Web-site
🕊
Telegram
📺
YouTube
📱
Instagram
📱
Facebook
🕊
X

April 25, 08:06
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

Yosh oilalar uchun hayot maktabi: Yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi

Bektemir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv kursi dasturi asosida yosh nikohlanuvchilar “Maishiy zo‘ravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusidagi maxsus kurslarga jalb etildi.
📄
Mazkur kurslar doirasida “Oilaviy munosabatlarda huquqiy bilim va zo‘ravonliksiz hayot”, “Baxtli oilaviy hayot psixologiyasi”, “Reproduktiv salomatlik”, “Ota-onalik ijobiy ko‘nikmalari” hamda “Ma’naviy qadriyatlar va sog‘lom oilaviy muhit” mavzularida seminarlar tashkil etildi.

Seminarda tuman FHDYO bo‘limi mudirasi, tuman imom-xatibi va otinoyisi mazmunli ma’ruzalari tinglandi.
🔼
Tadbir yakunida yosh nikohlanuvchilarga Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
Web-site

Telegram

YouTube

Instagram

Facebook

X

April 25, 07:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
RASMIY OGOHLANTIRISH
:
#Feyk_xabarlar
Soʻnggi paytlarda Telegram foydalanuvchilariga goʻyoki "Telegram xavfsizlik xizmati" (Telegram Support) nomidan soxta xabarlar kelishi koʻpaymoqda
(namuna suratda keltirilgan).

Hech qanday shubhali havolalarga (linklarga) kirmang!

Shaxsiy maʼlumotlaringizni yoki telefoningizga kelgan SMS kodni hech kimga bermang. Firibgarlar aynan shu kod orqali profilingizni egallab olishadi.
🚫
Bunday xabar kelgan zahoti akkauntni "Block" (Bloklash) qiling va "Report" (Shikoyat qilish) tugmasini bosing.
🛡
Xavfsizlik chorasi: Sozlamalar boʻlimidan albatta "Ikki bosqichli tasdiqlash" (Ikki bosqichli autentifikatsiya) funksiyasini yoqib qoʻying.
Telegram
|Youtube
|Instagram

April 25, 07:45
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🤔
“Inson uchun” III an’anaviy ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi!
🇺🇿
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida III an’anaviy “Inson uchun” ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
🤔
Ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etiladi.
🟡
Ko‘rgazma davomida mehmonlar:
— imkoniyati cheklangan shaxslar mehnati bilan yaratilgan mahsulotlar bilan tanishadi;
— inklyuziv ish o‘rinlari yaratgan tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot oladi;
— ijtimoiy mas’uliyat, teng imkoniyatlar va bandlik masalalariga bag‘ishlangan tashabbuslar bilan tanishadi.
📍
Manzil
: Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” majmuasi
📅
Sana
: 12–13-may
“Inson uchun” ko‘rgazmasi — bu nafaqat mahsulotlar namoyishi, balki inson qadri, mehnat, imkoniyat va ijtimoiy hamjihatlikni targ‘ib etuvchi muhim maydondir.
____________
🤔
Состоится III традиционная выставка «Inson uchun»!
🇺🇿
Национальным агентством социальной защиты 12–13 мая текущего года в комплексе «Узэкспоцентр» в городе Ташкенте будет организована III традиционная выставка «Inson uchun».
🤔
На выставке будет представлена продукция, производимая субъектами предпринимательства, трудоустраивающими лиц с ограниченными возможностями.
🟡
В рамках выставки гости смогут:
— ознакомиться с продукцией, созданной трудом лиц с ограниченными возможностями;
— узнать больше о деятельности предпринимателей, создающих инклюзивные рабочие места;
— познакомиться с инициативами, посвящёнными социальной ответственности, равным возможностям и вопросам занятости.
📍
Место
: город Ташкент, комплекс «Узэкспоцентр»
📅
Дата
: 12–13 мая
Выставка «Inson uchun» — это не просто демонстрация продукции, а важная площадка, продвигающая ценность человека, труд, возможности и социальную солидарность.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

April 25, 07:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda erishilgan makroiqtisodiy natijalarni sanab o‘tdi.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 25, 07:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston ilk bor iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoriga kirdi.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 24, 15:00
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по анализу экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца текущего года.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#iqtisodiyot
#tahlil
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 24, 12:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha Prezidentimiz
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi
qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.
Bugun
barcha viloyat hokimlari
mazkur tumanga o‘zi borib,
yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.
Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun
Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish
zarurligi qayd etildi.
Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida
viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish
topshirildi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ko‘p davlatlar mahsuloti raqobatdosh bo‘lishi uchun sanoat va servisda
“Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni
qo‘llamoqda.
Mamlakatimizdagi
50 ga yaqin tadbirkorlar
buni chet elda ko‘rib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.
“Lekin,
bu kam.
To‘qimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi
uyushmalar
nega buni ommalashtirishni o‘ylamaydi?
Tadbirkorga tushuntirib,
“diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa
bo‘ladi-ku!”
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil
100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlarni
joriy qilish, bunga
30 million dollar grant jalb qilish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 11:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda
sanoat va eksport masalalari
ham ko‘rib chiqildi.
Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani
tanqid qilindi.
Ushbu
13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish
topshirildi.
Ichki bozorda
mis taklifi ko‘paytirilgan
bo‘lsa-da,
qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani
ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda
elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga
bajarildi.
Elektrotexnika eksporti uchun
100 million dollar resurs
berib,
aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish
imkoniyati yaratildi. Lekin
birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga
e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga
ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish
topshirildi.
Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada
ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook|
Instagram|
X