Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Beshariq tumani hokimligi

beshariq_tumani_AX
Бешариқ тумани ҳокимлиги расмий канали
Подписчики
6 880
24 часа
20
30 дней
-350
Просмотры
684
ER
14,2%
Посты (30д)
344
Символов в посте
677
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 25, 08:40
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Ҳокимлик қабули: Ҳар бир мурожаат – эътиборда!
---------------------------------
📌
Бугун Бешариқ туман Халқ қабулхонаси биносида туман ҳокими ўринбосари Гулчехра Юлдашева бошчилигида жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини ҳал этишга қаратилган анъанавий қабул бўлиб ўтди.
🖇
Қабул жараёнида 25 нафар фуқаролар рўйхатга олинган бўлиб, 20 га яқин мурожаатлар тингланди.
📍
Мазкур қабулда тумандошларимиз томонидан ишга жойлашиш, ичимлик суви, бола пули тайинлаш, солиқ тўловига ёрдам, ортиқча солиқ тўлови масаласини ҳал этиш, иш ҳажмини кўпайтириш, боғ ташкил этиш сингари турли масалалардаги мурожаатлар рўйхатга олиниб, тегишли масъуллар иштирокида кўриб чиқилди, ҳар бир мурожаат асослича ўрганилиб, қонуний йўл билан ечими ҳал этилиши назоратга олинди.
✍️
Саҳифа:
beshariqpress

April 25, 04:20
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

Бешариқ тумани— гуллаб-яшнамоқда!
--------------------
📌
Бешариқ тумани марказий кўчаларида гулу-гулзорлар барпо этиш ҳамда ободонлаштириш ишлари изчил ва фаол тарзда олиб борилмоқда.
🖇
Ҳудудда манзарали гуллар экилиб, яшил ҳудудлар кенгайтирилмоқда.
📍
Мазкур ишлар нафақат туманимиз кўринишига чирой бағишламоқда, балки аҳолига кўтаринки кайфият улашиб, экологик муҳитни яхшилашга ҳам хизмат қилмоқда.
✍️
Саҳифа:
beshariqpress

April 25, 00:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Об_ҳаво

April 24, 15:45
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha birinchi chorak yakunlari tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
boʻlib oʻtdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по анализу экономического роста в регионах и отраслях в первом квартале и приоритетным задачам на период до конца текущего года.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#iqtisodiyot
#tahlil
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 24, 13:29
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

DIQQAT! Marg’ilondagi Burhoniddin Marg’iloniy turizm majmuasiga hozircha tashrif buyurish tavsiya etilmaydi - qurilish ishlari davom etmoqda.
https://gov.uz/margilan
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X|
Telegram

April 24, 12:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Joriy yilda
53 milliard dollar xorijiy investitsiya
jalb qilish maqsad qilingan.
“Qachonki rahbarlar birinchi qadamdan boshlab,
to‘g‘ri loyiha tanlasa va shunga mos salohiyatli investor topsa, shunda investitsiyada sifat bo‘ladi

,
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyotga katta samara beradigan loyiha, texnologik yechim bo‘yicha
eng to‘g‘ri variantlarni tanlashda,
loyihani qaysi hududda joylashtirish, qaysi investor bilan ishlash afzalligini aniqlashda
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim.
Mutasaddilarga
sun’iy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o‘rganib, qayerda, qanday loyiha qilish bo‘yicha yechim beradigan platformani ishga tushirish
topshirildi.
Investor va konsalting kompaniyalariga
ushbu platformadan
“yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish
uchun sharoit yaratiladi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yurtimizda
xorijiy investitsiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona
faoliyat yurityapti.
Lekin
ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan.
Shu bilan birga, yana
767 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanyapti.
“Nega buni aytyapman? Bularning
mablag‘i, tadbirkorlik ko‘nikmasi, ichki va tashqi bozorda hamkori, ko‘pchiligida brendi bor
”,
– dedi Prezidentimiz.
Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga
shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi
uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab,
ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani
yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga
eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish
muhim ekani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bu borada
alohida dastur
ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tumanlardagi
markaziy ko‘cha, aholi gavjum joylarning katta qismida davlat idoralari joylashgan.
“Ko‘kdala tajribasi”
asosida
19 ta tuman-shaharda davlat idoralarini yagona ma’muriy markazga ko‘chirish
boshlanmoqda. Lekin
qolgan hokimlar
o‘zi tashabbus ko‘rsatib,
idoralarni bitta binoga olib kelib, elektr, gaz, suv va ta’mirlashga ketadigan xarajatini tejash, tayyor infratuzilmasi bor joylarni tadbirkorlarga taklif qilishni o‘ylamayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Vaholanki, shuning o‘zidan
davlat idoralarida yiliga 1 milliard 800 million kilovatt-soat elektr va 340 million kub metr gaz tejaladi.
Bu ishlarni barcha tumanlarda tashkil qilish orqali biznes uchun
5 million kvadrat metr joy ochish
bo‘yicha
besh yillik dastur
tayyorlash topshirildi. Joriy yil
26 ta tumanda davlat idoralarini bir joyga ko‘chirish boshlanishi shartligi
qayd etildi.
Yangi ma’muriy markazlar qurishda
har bir xodimga to‘g‘ri keladigan maydon o‘rtacha 15 kvadrat metrdan oshmasligini
ta’minlash topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘tgan yili
yashirin iqtisodiyot
bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.
Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot
Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori
bo‘ldi.
Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda
, o‘tgan yili
faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona
yanvar-fevral oylarida
1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani
aniqlandi. Shuningdek,
12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani
oqibatida
40 milliard so‘m soliq
tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida
1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.
Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga
xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya
qilib berildi. Endi barcha hududlarda
ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X

April 24, 12:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

So‘nggi olti oyda
908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnoma
tuzib, hamkorlarda vaziyat o‘zgargani uchun
hali eksportni boshlay olmagani
qayd etildi. Ayrim hokimlar
ularga yordam berish o‘rniga vaziyatni o‘z holiga tashlab qo‘ygani
tanqid qilindi.
Oqibatda birinchi chorakda eksport
Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denovda 2 karradan ziyod
kamaygan. Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumanlari, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida
esa
70 foizga ham
yetmagan.
Ushbu tuman hokimlari
birinchi yarim yillikda o‘sishni ta’minlamasa, xulosa qattiq bo‘lishi
qayd etildi.
Umuman, hozirgi sharoitda eksportchilarni
yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikat, logistika kabi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha yagona yondashuv
bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Bu borada
natijaga yo‘naltirilgan yaxlit tizim qilish
yuzasidan taklif kiritish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X