
Beshariq tumani hokimligi
📌
Beshariq tuman Kengashi Kotibyat mudiri Q.Ismatullayeva tumandagi Vita Med xususiy klinikasida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida mazkur tibbiyot birlashmasida yaratilgan shart-sharoitlar, davolash jarayonlari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat klinikadagi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlarning o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashuvi,shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonining samaradorligi yuzasidan fikr almashilib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xulosa qilib aytganda, deputatlik nazorati tibbiy xizmatlar sifati va aholi manfaatini ta’minlash bilan birga, davlat muassasalarida ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi
.
🏫
Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi
Beshariqda suvda cho‘kishning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri
Beshariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor
Ozodbek Boymurodov
tomonidan yozgi cho‘milish mavsumida suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida hayotda sodir bo‘lgan real voqealar asosida sahnalashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi fuqarolarga tushuntirildi.
Shuningdek, mayor Ozodbek Boymurodov tomonidan aholi vakillariga murojaat yo‘llanib, ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik, fuqarolardan esa faqat ruxsat etilgan va xavfsiz hududlarda cho‘milish, mast holda yoki yolg‘iz suvga tushmaslik, bolalarni suv havzalari yaqinida qarovsiz qoldirmaslik so‘raldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish har bir insonning hayoti va salomatligini asrashda muhim omil ekani ta’kidlandi.
✍️
Sahifa:
beshariqpress
Бешариқ далаларида ғалла ўрим-йиғими қизғин паллага кирди
-------------------------------
📌
Бу далаларда етиштирилаётган ҳар бир бошоқ - халқимиз дастурхони, хонадонларимиз баракаси ва юртимиз озиқ-овқат хавфсизлигининг мустаҳкам таянчидир.
🖇
Туман ҳокими Илёсбек Новиков ғалла ўрим-йиғими жараёнлари билан яқиндан танишиб, далаларда олиб борилаётган ишлар, техникаларнинг шайлиги ҳамда ҳосилни қисқа муддатларда йиғиб олиш бўйича амалга оширилаётган чора-тадбирларни кўздан кечирди.
🔍
Бугун минглаб деҳқон ва фермерлар, механизаторлар ҳамда соҳа фидойилари тонгдан то кечгача меҳнат қилиб, бир йиллик заҳмат самарасини йиғиб олмоқда. Ғалла - шунчаки ҳосил эмас. У ризқ, у меҳнатнинг қадри, у мамлакат барқарорлиги ва фаровонлигидир.
🖇
Ҳоким томонидан ўрим ишларини сифатли ва уюшқоқлик билан ташкил этиш, ҳосилни нес-нобуд қилмасдан йиғиб олиш ҳамда техникалардан самарали фойдаланиш юзасидан масъулларга тегишли кўрсатмалар берилди.
📍
Бугун Бешариқ далаларида кечаётган бу қизғин меҳнат — эртанги фаровонлик ва дастурхонларимиз тўкинлигининг мустаҳкам пойдеворидир.
📸
#Ғалла_2026
#Бешариқ
❗
Narkojinoyatlarga qarshi javobgarlik keskin
kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
taqdimot bilan tanishdi.
✅
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga
“Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar”
nomli yangi bob kiritilmoqda.
⚡️
Endilikda noqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etish, narkotiklar savdosiga rahnamolik qilish, bangixonalar tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli jinoyatlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
✍️
Sahifa:
beshariqpress
➡️
Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish tartibi haqida bilasizmi?
🟢
OAV faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabgor yoki uning vakili elektron raqamli imzosidan foydalangan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun
"Litsenziya" axborot tizimi
yoki
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(
my.gov.uz
) orqali ariza yuboradi.
🧾
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
🫥
ta’sischi tashkilot haqidagi ma’lumotlar;
🫥
OAVning nomi, tili va turi;
🫥
maqsad va vazifalari;
🫥
ixtisoslashuvi;
🫥
tarqatilish hududi va shakli;
🫥
davriyligi;
🫥
moliyalashtirish manbalari;
🫥
tahririyat haqidagi ma’lumotlar;
🫥
hajmi.
📎
Arizaga "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 11-moddasi talablari asosida ishlab chiqilgan tahririyat nizomi ilova qilinadi.
⌛
Taqdim etilgan hujjatlar
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 8 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Talablar bajarilgan taqdirda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.
⏩
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-371-son qaroriga muvofiq, OAVlarni ro‘yxatga olish hamda noshirlik va matbaa faoliyati boshlangani yoki tugatilgani haqida xabardor qilish vakolatlari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga yuklatilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
20 минг аҳолининг орзуси ушалмоқда!
-----------------------------
📌
Бешариқ туманида аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш борасидаги йирик лойиҳалардан бири жадал суръатларда амалга оширилмоқда.
🖇
Туман ҳокими Илёсбек Новиков бошчилигида мутасадди раҳбарлар Абдувай, Янги Қашқар, Янгиқўрғон ва Янги Рапқон маҳалла фуқаролар йиғинларида олиб борилаётган қурилиш ишларини жойига чиққан ҳолда ўрганди.
🔍
Мазкур лойиҳа доирасида умумий узунлиги 33,8 километр бўлган янги ичимлик суви тармоқлари барпо этилмоқда. Энг муҳими, шу кунгача марказлашган ичимлик суви тармоғидан фойдаланиш имкониятига эга бўлмаган 20 минг нафардан зиёд аҳоли хонадонларига илк бор тоза ичимлик суви кириб боради.
🖇
Бу нафақат инфратузилма объекти, балки минглаб оилаларнинг кўп йиллик орзуси, аҳоли фаровонлиги ва саломатлиги йўлида қўйилаётган муҳим қадамдир.
🔍
Ўрганиш давомида қурилиш ишларининг сифати, муддати ва лойиҳанинг ўз вақтида якунланиши масалалари муҳокама қилиниб, масъулларга аниқ вазифалар белгилаб берилди.
📍
Бешариқда инсон қадри ва аҳоли манфаатларини таъминлашга қаратилган бундай эзгу ишлар изчил давом этмоқда. Тез кунларда мазкур маҳаллалардаги минглаб хонадонларда тоза ичимлик суви оқиши — аҳоли учун энг катта қувончли янгиликлардан бири бўлади.
✍️
Саҳифа:
beshariqpress
Азиз тумандошлар!
📌
Бугун
"Рапқон"
маҳалла фуқаролари йиғинида туман ҳокими Илёсбек Новиков бошчилигида туман раҳбариятининг оммавий сайёр қабули бўлиб ўтади.
🕰
Қабул вақти: 16:00 да
📍
Мурожаат ва муаммоларини ҳал этилиши истагидаги фуқароларни, мазкур қабул жараёнига таклиф этамиз.
✍️
Саҳифа:
beshariqpress
#кун_ҳикмати
Янги тонг - янги имкониятдир. Агар кеча муваффақиятсизликка учраган бўлсанг, бу ҳали ҳаммаси тугади дегани эмас. Сенда бугун қайтадан бошлаш имкони бор!
✨
Ассалому алайкум! Ҳайрли тонг тумандошлар! Яхши ниятлар билан бошланган кунингизни Аллоҳ яхшиликлар билан тўлдирсин!
✍
Саҳифа:
beshariqpress
📌
Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi deputatlari Tovul sog‘lomlashtirish bolalar oromgohida bo‘lib bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonda oromgohda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik choralarining holati, oziq-ovqat ta’minoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Tovul oromgohida joriy mavsumda 5 ta navbatda jami 600 nafar o‘g‘il-qizni bag‘riga oladi. Oromgohda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan ma‘sullarga tegshli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🏫
Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi.
Бешариқ туманида "Шукроналик тўйи" маданий-маърифий тадбири кўтаринки руҳда ўтказилди
-----------------------------
📌
Бешариқ тумани Яккатут маҳалла фуқаролар йиғинида "Долзарб 90 кунлик" лойиҳаси доирасида ҳамда Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан "Шукроналик тўйи" маданий-маърифий тадбири ташкил этилди.
🖇
Тадбирни туман ҳокими ўринбосари Отабек Алиматов очиб бериб, мустақиллик йилларида мамлакатимизда амалга оширилган кенг кўламли ислоҳотлар, халқимиз фаровонлиги ва юрт тараққиёти йўлида эришилаётган ютуқлар ҳақида тўхталиб ўтди.
🔍
Тадбир давомида таниқли санъаткорлар, маҳаллий ҳаваскор ижодкорлар ҳамда ёш, умидли ижрочиларнинг чиқишлари иштирокчиларга байрамона кайфият улашди. Куй-қўшиқлар, миллий қадриятларимиз ва шукроналик ғояларини тарғиб этувчи чиқишлар тадбирга алоҳида файз бағишлади.
📍
Мазкур тадбир аҳоли ўртасида ватанпарварлик туйғуларини мустаҳкамлаш, миллий қадриятларимизни асраб-авайлаш ва Мустақиллигимизнинг 35 йиллигини муносиб кутиб олишга хизмат қилади.
✍️
Саҳифа:
beshariqpress