Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Bilim" axborot-kutubxona markazi

bilim_akm
🕘 Kutubxona ish vaqti: 📖 O'quv zali: Dush-Juma 8:00-21:00 gacha, Sha- Yaksh 9:00-17:00 gacha 👩🏻‍🏫 Abonement: Dush-Juma 9:00-18:00 gacha, Shan 9:00-17:00 gacha 📍 https://goo.gl/maps/iANqJcgjsiUUUc7k8 ☎️ Murojaat uchun tel.: 71 276-66-30
Подписчики
1 992
24 часа
-42
30 дней
-109
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
97
ER
4,87%
Посты (30д)
82
Символов в посте
968
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 12:44
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

2026-yil 27-oktyabr kuni
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi hamkorligida
“Biz kitobni sevamiz”
mavzusida davra suhbati va litseyning  yuqori bosqich o‘quvchilari o‘rtasida
“Ma’naviyat qalqoni” respublika
kitobxonlik ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida litsey rahbariyati hamda Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari so‘zga chiqdilar. Ular o’z ma’ruzalarida kitobxonlikning inson ma’naviyati va dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati, shuningdek, mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to'htaldilar.
Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan
“Ma’naviyat qalqoni”
ko‘rik-tanlovining 2-bosqichiga start berildi. Unda litseyning saralab olingan faol kitobxon o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar. Tanlov quyidagi ikki shart asosida o‘tkazildi.
1.
“Tezkor savol-javob” sharti:
Ishtirokchilarning o‘zbek tili tarixi, adabiyotga oid nazariy bilimlari, zukkoligi, hozirjavobligi va nutq ravonligi sinovdan o‘tkazildi.
2.
“Badiiy asar bilimdoni” sharti:
O‘quvchilar o‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti durdonalaridan o‘qigan asarlari, ularning mazmun-mohiyati hamda ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan teran fikr-mulohazalarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va mazmunli kechgan bellashuv yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar e’lon qilindi. Tanlovda faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi rahbariyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

October 28, 11:36
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

📚
2026-yil 28-oktyabr kuni
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida
kitobxonlarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida
, fondimizga kelgan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
☑️
Ko‘rgazmadan
turli mavzulardagi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar hamda kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan yangi adabiyotlar
o‘rin oldi.
☑️
Ushbu ko‘rgazma
kitobxonlarni yangi nashrlar bilan tanishtirish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va muntazam mutolaa qilishga undashga
xizmat qiladi.
🎁
🎁
🎁
🎁
🎁
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻
👇🏻
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Web sayti
|
Twitter
|
Bilim Audio
|
Manzilimiz

October 28, 07:37
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Kutubxona_OAV_nigohida
O'zbekiston radiokanalida Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi
direktor o'rinbosari Xudoyberdiyeva Sevara Nurxanovnaning
intervyusi efirga uzatildi.
🎁
🎁
🎁
🎁
🎁
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻
👇🏻
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Web sayti
|
Twitter
|
Bilim Audio
|
Manzilimiz

October 28, 05:07
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Kun_hikmati
‼️
Inson
gapirishni oʼrganishi uchun ikki yilga muhtoj boʼladi. Jim turishni oʼrganishi uchun esa, ellik yil kerak.
©️
Ernest
Xeminguey
🎁
🎁
🎁
🎁
🎁
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻
👇🏻
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Web sayti
|
Twitter
|
Bilim Audio
|
Manzilimiz

October 27, 11:03
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

☑️
2026-yil 27-oktyabr kuni
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan
poytaxtimiz aholisi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaani kundalik turmush tarziga aylantirish maqsadida
tashkil etilgan
“Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni
amalga oshirildi.
☑️
Loyiha doirasida kutubxona xodimlari
poytaxtimizning aholi gavjum joylarida, xususan, metro va avtobus bekatlari hamda xiyobonlarida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qildilar.
Targ’ibot davomida kitobxonlarga “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari AKM da
foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kutubxona fondidagi yangi kelgan o`zbek va jahon adabiyotlari
haqida atroflicha ma'lumot berib o'tdi.
☑️
Mazkur loyihadan maqsad-
aholining mutolaa madaniyatini shakllantirish
, hamda,
yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni oshirishda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga
alohida e’tibor qaratishdir.
🎁
🎁
🎁
🎁
🎁
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻
👇🏻
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Web sayti
|
Twitter
|
Bilim Audio
|
Manzilimiz

October 27, 09:26
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

2026-yil 23-oktyabr kuni
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Bektemir tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurildi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — markaz faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish hamda xodimlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida TAKM faoliyatidagi ijro intizomiga rioya etilishi va ish yuritish hujjatlarining belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilishi, axborot-kutubxona faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, o‘rganish davomida axborot-bibliografik xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, m
a’lumot-bibliografiya apparatini (MBA)
yuritishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda zamonaviy bibliografik qo‘llanmalar tayyorlash texnikasi bo‘yicha kutubxona xodimlariga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif yakunida faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish hujjatlarini sifatli yuritish hamda belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur amaliy-metodik yordam ko‘rsatildi.

October 27, 05:46
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

2026-yil 26-oktyabr kuni
Toshkent shahar
“Bilim” axborot-kutubxona markazi
mutaxassislari tomonidan
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari
hamda
“Kitobxonlar klubi”
a’zolari  ishtirokida yozuvchi, tarjimashunos olim, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Jumaniyoz Sharipov
tavalludiga bag‘ishlab
“Jumaniyoz Sharipov — so‘z san’atining fidoyi ijodkori”
hamda shoir va jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi
Bahodir Iso
tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan
“Asarlarida inson taqdiri va hayot haqiqati”
mavzularida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida taniqli yozuvchi, tarjimon, filologiya fanlari doktori Jumaniyoz Sharipovning hayoti va ijodiy faoliyati, shuningdek, shoir va jurnalist Bahodir Isoning adabiyot va jurnalistika sohasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar adiblarning ijodiy merosi, asarlarining mazmun-mohiyati va yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar. Bunday adabiy-ma’rifiy davra suhbatlari yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy adabiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

October 27, 05:24
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

Adib ijodi va milliy meros
✅
2026-yil 23-oktyabr kuni
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari ishtirokida
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining
100 yilligi munosabati bilan ''Adib ijodi va milliy meros” mavzusida davra suhbati
hamda adib asarlari taqdimoti o‘tkazildi.
✅
Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga atoqli adib
Odil Yoqubovning hayot yo‘li, sermahsul ijodiy faoliyati hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi
haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅
Tadbir doirasida yozuvchining
“Aya majuz” asari taqdimoti o‘tkazilib, unda aks etgan yuksak insoniy fazilatlar, badiiy xususiyatlar hamda asarning g‘oyaviy mazmun-mohiyati yuzasidan
qizg‘in fikrlar almashildi. Talabalarning milliy kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda buyuk adiblarimizning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
✅
Tadbir yakunida
yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va milliy adabiyotimiz durdonalarini chuqur o‘rganishning bugungi kungi ahamiyati
ta’kidlab o'tildi.
✅
Tadbirdan so‘ng talabalar uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida
yoshlarga kutubxonada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud kitob fondi, elektron resurslardan foydalanish tartibi va ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari
haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅
Mazkur tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad
yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan muhabbatni va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishdan
iborat bo’ldi.
🎁
🎁
🎁
🎁
🎁
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻
👇🏻
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Web sayti
|
Twitter
|
Bilim Audio
|
Manzilimiz

October 26, 10:22
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

#Kutubxona_OAV_nigohida
Чуваева, Н. Н. Архипелаг подлинности :
[о роли библиотек в жизни современного человека] / Н. Н. Чуваева //
Современная библиотека. – 2026. – № 7. – С. 12-16.
🎁
🎁
🎁
🎁
🎁
Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻
👇🏻
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Web sayti
|
Twitter
|
Bilim Audio
|
Manzilimiz

October 26, 05:46
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🎖
Kino uçun Oskar, ilmiy kaşfiyot uçun Nobel, kitob uçun-çi?
📚
Pulitzer
— Amerikaning bosma jurnalistika, musiqiy kompozitsiya va eng muhimi, adabiyot böyiça taqdim etiladigan boş mukofoti hisoblanadi.
🗣
Mukofot 1917-yilda jurnalist va gazeta noşiri
Jozef Pulitzerning
özi tomonidan ajratilgan mablaği evaziga taşkil etilgan.
☯️
Sovrinlar har yili
21 nominatsiya
böyiça beriladi. Har bir ğolib sertifikat va
$15000 miqdoridagi pul mukofoti
bilan taqdirlanadi.
Uşbu mukofot haqidagi qolgan ma'lumotlarni izohlarda davom ettirişni sizga qoldiramiz. Bu mukofot haqida kim nima biladi?
🕊
Kitobxonyoşlar
◀
obuna böling