Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Birinchi liga

birinchiligauzb
O'zbekiston Birinchi ligasiga oid ma'lumotlar, xabarlar va onlayn hisoblarni yoritib boruvchi rasmiy kanal O'zPFL rasmiy kanali @UzPFL
Подписчики
8 482
24 часа
7
30 дней
-268
Просмотры
2 857
ER
33,68%
Посты (30д)
179
Символов в посте
369
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
October 26, 15:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔵
Jamshid Azizov (Nasaf farm jamoasi murabbiy)
🗣
"Juda murosasiz va keskin kurashlarga boy o‘yin guvohi bo‘ldik. Uchrashuvdan avval Oqtepa jamoasining o‘yin uslubini atroflicha o‘rganib chiqqandik. Tahlillarimiz davomida raqibning asosiy ustunligi to‘p nazoratida ekanini aniqladik. Shundan kelib chiqib, maydonning ikkinchi zonasida to‘pni egallash va o‘yin nazoratini qo‘lga olishni rejalashtirgandik.
O‘ylaymanki, tanlagan taktikamiz ma'lum darajada o‘z samarasini berdi. Futbolchilarimiz maydonda berilgan ko‘rsatmalarni bajarishga harakat qilishdi. Afsuski, bugun bizga omad yetishmadi ".
📲
https://t.me/BirinchiLigaUZB

October 26, 15:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
Sobir Usmonxo'jayev (Lokomotiv FJ jamoasi bosh murabbiyi)
🗣
“Bugun qiziqarli va keskin o‘yin bo‘ldi. Afsuski, jamoamiz yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda oqsadi. Shu sababli uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. O‘ylaymanki, imkoniyatlarimizdan unumli foydalanganimizda, o‘yin taqdirini asosiy vaqtning o‘zidayoq hal qilishimiz mumkin edi.
Albatta, musobaqada chempion bo‘lishni maqsad qilganmiz. Biroq shuni alohida ta’kidlashni istardimki, ushbu musobaqada ishtirok etayotganimizning o‘zi biz uchun katta imkoniyat. Birinchi ligadagi ishtirokimiz orqali klubimizning asosiy va U21 jamoalariga, shuningdek, ayrim Proliga klublariga futbolchilar yetkazib bera oldik.
Shu jihatdan qaraganda, klubimiz qoshida farm jamoasi tashkil etilgani va uning Birinchi ligada qatnashayotgani o‘z samarasini bermoqda. Bu nafaqat yosh futbolchilarning rivojlanishi, balki ularning professional futbolga qadam qo‘yishi uchun ham muhim imkoniyatdir.
Fursatdan foydalanib, bizga shunday sharoit yaratib berayotgan klubimiz rahbariyatiga barcha futbolchilar va murabbiylar nomidan katta minnatdorlik bildiraman”.
📲
https://t.me/BirinchiLigaUZB

October 26, 14:58
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🦁
Feruzbek Mahmudjonov (Sherdor jamoasi bosh murabbiyi)
“Lokomotiv jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bugun juda shiddatli va qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘ldik. Dastlab hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldik, ammo afsuski, ustunlikni saqlab qola olmadik.
Umuman olganda, mavsum davomida qayd etgan natijalarimizdan ko‘nglimiz to‘ldi. Nasib etsa, bu bilan to‘xtab qolmaymiz va oldimizga yanada katta maqsadlar qo‘yib, harakat qilishda davom etamiz. Fursatdan foydalanib, musobaqani mavsum davomida yuqori saviyada tashkil etgan barcha tashkilotchilarga minnatdorlik”
.
📲
https://t.me/BirinchiLigaUZB

October 26, 14:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🗻
Murodjon Tanikulov (Oqtepa jamoasi murabbiyi)
🗣
“Avvalo, tashkilotchilarga katta rahmat aytmoqchiman. O‘yin a’lo darajada tashkil etildi. Nasaf kuchli jamoa ekanini yaxshi bilardik. Shu sababli bosh murabbiyimiz Server Jeparov bilan birgalikda raqibni atroflicha o‘rganib chiqdik va shunga mos ravishda jamoamizni uchrashuvga tayyorladik.
Bugungi g‘alabadan juda xursandman. Maydonda bor kuchini ishga solgan barcha futbolchilarimizga minnatdorlik bildiraman. Nasib etsa, bosh sovrin uchun oxirigacha kurashamiz".
📲
https://t.me/BirinchiLigaUZB

October 26, 12:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

1️⃣
Birinchi liga. Chorak finalning dastlabki ishtirokchilari aniqlandi
📲
https://t.me/BirinchiLigaUZB

October 26, 12:11
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

1️⃣
Birinchi liga. 1/8 final
bosqichi
🦁
SHERDOR 1:1 LOKOMOTIV FJ
🔴
⚽️
Shohjahon Eshboyev, 26 (1:0), Muhammadjon Abdurashidov, 45 (1:1)
🦁
✅
✅
✅
❌
❌
🔴
✅
✅
✅
✅
📲
https://t.me/BirinchiLigaUZB

October 26, 12:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

1️⃣
Birinchi liga. 1/8 final
bosqichi
🦁
SHERDOR 1:1 LOKOMOTIV FJ
🔴
⚽️
Shohjahon Eshboyev, 26 (1:0), Muhammadjon Abdurashidov, 45 (1:1)
🦁
✅
✅
✅
❌
❌
🔴
✅
✅
✅
✅
🗻
OQTEPA 2:0 NASAF FJ
🔵
⚽️
Humoyunmirzo Po'latov, 90 (1:0), Abdulaziz Bobirov, 90+3 (2:0)
🟥
Sardor Ravshanov, 84 (Nasaf FJ)

October 26, 11:38
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🟢
🦁
SHERDOR 1:1 LOKOMOTIV FJ
🔴
⚽️
Muhammadjon Abdurashidov, 45 (1:1)

October 26, 11:37
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🟢
🦁
SHERDOR 1:0 LOKOMOTIV FJ
🔴
⚽️
Shohjahon Eshboyev, 26 (1:0)

October 26, 11:24
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🗻
OQTEPA 2:0 NASAF FJ
🔵
⚽️
Humoyunmirzo Po’latov, 90 (1:0), Abdulaziz Bobirov, 90+3 (2:0)