
Feruza Mamarasulova|Psixolog
Feruza Mamarasulova|Psixolog
pinned «
https://youtu.be/4x_Us3phmb0?si=-LKDiL5KZHuSXZS9
»
Bolaning xulqi siz haqingizda nima deydi?”
Biz ko‘pincha bolaga qarab baho beramiz:
“Bu juda qaysar”,
“Bu injiq”,
“Bu hech gapga quloq solmaydi”.
Lekin bolaning xulqi faqat u haqida emas.
U siz haqingizda ham juda ko‘p narsa aytadi.
Bola sizning ohangingizni, kayfiyatingizni, ruhiy holatingizni sizdan oldin sezadi.
U hali so‘z bilan gapira olmaydi, lekin tana bilan gapiradi:
qaysarligi, yig‘lashi, indamasligi, jizzakiligi — hammasi signal.
Agar bola ko‘p yig‘lasa — “meni tingla” degani.
Agar tez jahli chiqsa — “men xavfsiz emasman” degani.
Agar o‘ta itoatkor bo‘lsa — “xato qilsa bo‘lmaydi” degani.
Agar har narsani ko‘ngliga yaqin olsa — “men himoyasizman” degani.
Bolaning xulqi hech qachon bo‘sh joydan paydo bo‘lmaydi.
Har bir o‘zgarish ortida siz va uy ichidagi atmosfera turadi.
Shu sababli tarbiya — faqat bola bilan ishlash emas.
Tarbiya — avval ota-onaning ichki dunyosini tartibga solishdan boshlanadi.
Bolaga qarab: “U shunaqa bo‘lib qoldi” demasdan,
o‘zimizga bir savol berishimiz kerak:
“Mening holatim, mening kechirayotgan hislarim unga qanday ta’sir qilyapti?”
Bola sizning aynaningiz.
U siz aytmagan narsani ham ko‘radi, sezadi, o‘zida aks ettiradi.
Sizningcha, hozir farzandingiz sizdan nimani sezayapti?
Izohlarda yozib qoldiring.
https://youtu.be/4x_Us3phmb0?si=-LKDiL5KZHuSXZS9
https://t.me/bolalarda/1205
https://www.instagram.com/mrs_mamarasulovas_psychology?igsh=N2N2eHc2dWsxbnE3
. Tez Kunda
🌀
Tarbiya…
Biz farzandimizga mehr, sabr, e’tibor, intizom berishni o‘ylaymiz.
Lekin biz unga avvalo o‘zimizni beramiz.
Qanday bo‘lsak, shunday — himoyasizmi, bezovtami, befarqmi, mehrga tashnami — bizning “ichimiz” bolaning “asosiy dunyosi”ga aylanadi.
Chunki tarbiya — bu dars emas.
Bu — shaxsiyatdan shaxsiyatga o‘tadigan energiya.
Agar sizda hali ham o‘tmish yaralari bo‘lsa, ularni bolangizdan yashira olmaysiz. Chunki bola siz yashirgan narsani ham his qiladi.
Bola tarbiya orqali emas, taqlid orqali ulg‘ayadi.
U siz aytgan gapni emas, siz yashayotgan haqiqatni ichiga oladi.
🌱
Agar farzandingizga tarbiya, muhabbat, ishonch berishni istasangiz, avval o‘zingizni tarbiyalashingiz kerak.
…
Har bir bolaning bolaligi — ota-onasining bolaligidan boshlanadi.
O‘zingizda joy topmagan, o‘zingizni qabul qilmagan, sevishni o‘rganmagan bo‘lsangiz — buni bolaga bera olmaysiz.
Chunki inson o‘zining ilk “odamligi”ni bolaligida his qiladi.
Shuning uchun:
Har bir ota-ona — o‘z bolaligidagi erkinligi darajasida ota-onadir.
Chunki har bir insonning asl mohiyati — uning bolaligidir.
Ota-ona bo‘lish — bu kasb emas. Bu — yurak holati. Bu — sizning bolaligingiz bilan yuzlashuv.
Feruza Mamarasulova|Psixolog
pinned «
Assalomu alaykum!
😊
Qadrli kanalimiz a’zolari, sizni BOLALAR PSIXOLOGIYASI Telegram kanalida xush ko‘rdik!
🤗
Ushbu kanalda farzandingiz bilan bog‘liq barcha savollaringizga javob topasiz.
🧐
»
Ba’zida zamon bolalariga boqib, lol qolasan, kishi…
🤔
Biri o‘ta qiziquvchanligi va bilag‘onligi bilan barchani hayratga solsa, yana biri esa siz qo‘ygan talablarga umuman mos kelmaydi. Bunday bolalarni boshqarish ham mushkul.
😳
Xo‘sh, bunday bolalar bilan qanday munosabatda bo‘lish ma’qul?
🤷♀️
Menimcha, yangi ming yillik bolalari bilan munosabatda shubhasiz,
yangicha yondashuv va ilm kerak!
☝️
“Farzandim meni eshitmayapti.”
“Uning nimani xohlashini tushunmayapman.”
“Sabr-toqatim yetmayapti.”
…deyishdan oldin, avvalo, o‘zingizga savol bering:
⁉️
• Siz bolangizni eshitdingizmi?
• Siz uning qalbiga quloq tutdingizmi?
• Hech uning ichki olamiga nazar soldingizmi?
Balki, farzandingiz unga yetishmayotgan
mehr va e’tiborni
shu yo‘l bilan olmoqchidur…
‼️
Menimcha, bu nozik qalblarga
tarbiya emas, avvalo MEHR berish kerak!
💯
Keling, ushbu kanalda farzandga mehr berishni birgalikda o‘rganamiz!
💞
👨👩👧👦
🥰
Assalomu alaykum!
😊
Qadrli kanalimiz a’zolari, sizni
BOLALAR PSIXOLOGIYASI
Telegram kanalida xush ko‘rdik!
🤗
Ushbu kanalda farzandingiz bilan bog‘liq barcha savollaringizga javob topasiz.
🧐