Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'zbekiston bolalar tashkiloti

bolalartashkilotiuz
🇺🇿 O'zbekiston bolalar tashkilotining telegram sahifasi Instagram: https://www.instagram.com/bolalartashkiloti?igsh=b3l0bGJheHA4NGJo
Подписчики
12 693
24 часа
-17
30 дней
1 297
Просмотры
616
ER
4,85%
Посты (30д)
51
Символов в посте
588
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 17, 09:27
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
Navoiylik bolalar shaxmatchilarimizga omad tilaydi!
16–28-sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Har bir yurish — g‘alabaga bir qadam! Har bir g‘alaba — O‘zbekiston sharafi!
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube

September 17, 08:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎓
Keyingi talaba siz bo‘ling: Sardorlarimiz erishgan g‘alaba!
Muhtaram Prezidentimizning bolalarga bo‘lgan yuksak ishonchi hamda yaratib bergan keng imkoniyatlari natijasida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tizimida tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan eng faol sardorlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
914-sonli qarori
asosida mamlakatimizning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etildilar!
Bu natija shunchaki omad emas, balki yillar davomida olib borilgan jamoat ishlari, tashabbuskorlik hamda o‘z ustida tinim bilmay ishlashning amaldagi mevasidir. Sardorlarimiz o‘z bilim va tashkilotchilik qobiliyatlari bilan tengdoshlari orasida yetakchi ekanliklarini isbotlab, talabalik baxtiga erishishdi.
Keyingi g‘olib siz bo‘lishingiz mumkin! Bugundanoq harakatni boshlang, tashkilot loyihalarida faol bo‘ling, tashabbus ko‘rsating va yetakchilik ko‘nikmalaringizni oshiring.
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube

September 17, 07:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🙊
Imkoniyat - natijaga aylanganda!
Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyasiga asosan imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilingan Baxtiyorova Sarvinoz Dilshod qizi — Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Bosh sardorining ushbu imkoniyat va erishilgan natija haqidagi samimiy taassurotlari.
📚
Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar — bilim, intilish va faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning yorqin namunasidir.
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube

September 17, 06:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📱
Kunlik hayotimizda telefondan qancha vaqt davomida foydalanamiz?
🫂
Biz kuzatgan natijalarga koʻra, 5 kishi telefondan kuniga oʻrtacha 5 soat davomida foydalanmoqda. Bulardan ba’zilari 12 soatni tashkil etmoqda.
🤔
Xoʻsh, telefon bizga xizmat qilishi kerakmi yoki biz telefongami?!

Siz kuniga qancha vaqt smartfoningizdan foydalanasiz? Izohda yozib qoldiring…
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube

September 17, 05:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🚀
TEZ ORADA BOLALAR UCHUN YANGI LOYIHALAR!
Bugungi bola —g‘oya yaratadigan, texnologiyadan foydalanadigan, tabiatga befarq bo‘lmagan, ijod qiladigan va jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan shaxs bo‘lib ulg‘aymoqda.
🎯
Yangi loyihalarimiz bolalarning:
🤖
texnologiya va innovatsiyaga qiziqishini;
🎨
ijodiy salohiyatini;
🌱
ekologik madaniyatini;
🎤
o‘z fikrini erkin ifodalash ko‘nikmasini;
📚
bilim olishga bo‘lgan qiziqishini;
🤝
ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini rivojlantirishga qaratiladi.
Eng muhimi — bu loyihalarda bola tomoshabin emas, faol ishtirokchi bo‘ladi.
Bizning maqsadimiz — bolalar o‘z qobiliyatini kashf etish, sinab ko‘rish va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun maydon yaratish.
Tez orada barcha loyihalar haqida batafsil ma’lumot beramiz. Kuzatib boring!
#BolalarUchun
#YangiLoyihalar
#BolalarTashkiloti
#BolalarFaolligi
https://t.me/xasanboy_nabiyev

September 17, 05:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliardlik kelishuvlar bilan to‘ldirdi, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muloqotni yangi strategik tashabbuslar bilan boyitdi.

Государственный визит Президента нашей страны в Республику Корея наполнил особое стратегическое партнерство масштабными проектами и многомиллиардными соглашениями, обогатил диалог Центральной Азии и Кореи новыми стратегическими инициативами.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 16, 19:29
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tantanali start berildi!
“Boqiy shahar” majmuasida shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniri — 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining muhtasham ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri so‘zga chiqib, Prezidentimizning musobaqa ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan
tabrigini
o‘qib eshittirdi. Shuningdek, FIDE prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vishvanatan Anand ham so'zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Marosimning muhim va hayajonli lahzalaridan biri — o'yinlarni qaysi rangdagi shaxmat donalari boshlab berishini aniqlash uchun o'tkazilgan qura tashlash jarayoni bo'ldi.
Dasturning badiiy qismi tom ma'noda tarix va zamonaviylik bayramiga aylandi. Milliy madaniyatimizni aks ettiruvchi tomoshalar, betakror vizual 3D mapping hamda osmondagi maxsus yorug‘lik dronlari shousi yig'ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

397 ta jamoa ishtirokida mutlaq rekord o'rnatayotgan ushbu tarixiy musobaqada yosh va umidli shaxmatchilarimizga yorqin g‘alabalar tilab qolamiz!
#ChessOlympiad2026
#Samarkand
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Vebsayt

September 16, 13:47
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram


Farg'ona viloyati Quvasoy bolalari Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston Milliy terma jamoasiga omad tilaydi!
📆
15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz va barcha yurtdoshlarimizni shaxmatchilarimizga muxlislik qilishga chorlaymiz!
🇺🇿
Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a, shaxmatchilarimiz!
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube

September 16, 12:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


12 yoshda IELTS 7,5: Dang‘aralik yosh iqtidorning katta maqsad sari ilk qadami
Dang‘aralik 12 yoshli Muhammadrizo Jamoliddinov ingliz tilidan
C1 daraja
va
IELTS 7,5 ball
natijasini qo‘lga kiritib, mamlakatimizda ushbu ko‘rsatkichga erishgan eng yosh o‘quvchilardan biri bo‘ldi.
Bilimga chanqoq Muhammadrizoning navbatdagi ulkan maqsadi —
Garvard universitetida tahsil olish
.
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube

September 16, 11:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Samarqandda tarix yozilmoqda!

Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan terma jamoamizga omad tilaymiz!
🇺🇿
Olg‘a, O‘zbekiston!
Olg‘a, shaxmatchilarimiz!
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube